Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

 
 
 
 
 


73 
UMUMIY XULOSALAR 
1. O`zbek xalqi azal-azaldan taomlarga, oziq-ovqatlarga, xususan, non, osh, 
tuzga ayricha munosabatda bo`lgan. Ularni muqaddas bilgan, rizq-ro`z, nasiba 
sifatida e’zozlagan, qadrlagan, ulug`lagan va farzandlarini ham shu ruhda 
tarbiyalagan. Natijada tilga olingan ne’matlar, yeguliklar borasida xalqona betakror 
qadriyatlar shakllanib, xalq og`zaki ijodida non, osh va tuz uzvli maqol va 
matallar, frazeologizmlar yuzaga kelgan hamda yillar davomida bu birliklar 
shaklan va mazmunan sayqallanib, boyib va mukammallashib borgan, bizgacha 
yetib kelgan.
2. Maqol va frazeologizmlar eng qadimgi davrlardan hozirga qadar yashab 
kelayotgan milliy lingvomadaniy birliklar bo`lib, milliy qadriyatlarga doir muhim 
ma’lumotlarni, xalqning dunyoqarashi, urf-odat, an’analari va turmush tarzini 
o‘zida mujassamlantiradi. Frazeologik va paremiologik birliklar lingvokulturologik 
birlik sifatida til va madaniyat munosabatini, madaniy qarashlarni ifodalashga 
xizmat qiladi.
3. Non, osh, tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik 
birliklarning lingvokulturologik tahlili til va madaniyat munosabati, milliy til va 
milliy madaniyat mushtarakligidan kelib chiqqan holda, kommunikativ
funksional-semantik, emotsional-ekspressiv xususiyatlarni atroflicha yoritish 
imkonini beradi. 
4. Non, osh, tuz uzvli parema va frazemalardagi semantika o‘xshatishga 
asoslanadi. O‘xshatish barcha xalqlarga xos, lekin uning ifoda shakli, namoyon 
bo‘lish xususiyatlari muayyan xalqning mental xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Non, osh va tuz uzvli maqol hamda iboralar asosidagi o‘xshatishlar xalqning milliy 
mentaliteti, orzu-umidlari, madaniyati, xususiyati, hayot kechirishi, oziqlanishi 
tarzi asosida yuzaga kelgan. 
5. Non, osh, tuz konseptlari lug‘aviy birlik sifatida barqaror birikmalarning 
tarkibiy qismini tashkil qilib, xalq dunyoqarashi, madaniy hayoti asosida 
shakllangan obrazli tasvirni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


74 
6. Non uzvli frazeologizmlar semantik jihatdan ijobiy yoki salbiy ma’no 
kasb etadi. Ijobiy ma’no bo‘yog‘iga ega non uzvli frazemalarda non konsepti 
“noni butun”, “noni ko`paysin”, “non topmoq”, “non sindirmoq”, “bitta noni 
ikkita bo`lmoq” kabi birikmalarni hosil qilsa, salbiy ma’noda “non ko`r qilsin”, 
“non ursin”, “nonini tuya qilmoq”, “noni yarimta”, “non yemas”, “non bermas”, 
“nondan benasib bo`lmoq” kabi birliklarni hosil qilganki, ular zamirida rizq-
nasibasi butunlik, halol mehnat qilish, duo, to`kinlikda yashash va qarg`ish, 
kambag`allik, ziqnalik, xasislik konseptlarini vujudga keltiradi.
7. Maqollarda sinekdoxa asosidagi ma’no ko‘chishi mavjud bo‘lib, ular 
nutqni qisqa, aniq, uslubiy bo‘yoqdor va ta’sirchan ifodalashda alohida ahamiyat 
kasb etadi.
8. Non, osh, tuz uzvli paremalar boshqa maqol va matallar kabi shaklan 
siqiq, mazmunan boy bo`lib, o`zbek xalqining mentalitetiga xos mehnatsevarlik
halollik, tantilik, mehmondo`stlik, bag`rikenglik, sabr va qanoatlilik kabi yuksak 
insoniy xislatlarni ulug`lovchi hamda yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashga 
xizmat qiluvchi noyob didaktik manbalardir. 
9. O`zbek adabiy tili va uning sheva, lahjalari hamda folkloriga xos 
variantlilik hodisasi non, osh, tuz uzvli frazeologik va paremiologik birliklarda 
ham yorqin kuzatiladi. Buni o`zbek tilining lahjalari o`ziga xos fonetik, leksik, 
grammatik xususiyatlarga egaligi va shevalarining ko`pligi bilan izohlash mumkin.
10.Umummilliy konseptlarni ifodalovchi maqol va matallar sintaktik 
jihatdan qo`shma gap shaklida bo`lib, hayotiy voqea-hodisalar, ijtimoiy 
munosabatlar, metaforik qiyoslar va pandnoma mazmunidagi sodda gaplar 
parallelizmi asosida shakllantirilgan.
11. Non, osh, tuz boshqa xalqlar kabi o`zbek xalqining qadimiy, azaliy va 
bardavom yashovchan kundalik, milliy qadriyatlari bilan bog`liqligi bois ular 
asosida shakllangan barqaror lisoniy birliklar mazmunan hamda mohiyatan 
umumiylik kasb etadi. Bizningcha non, osh, tuz xalqning yashash tarziga xos 
milliy qadriyatlarini ifodalovchi lingvomadaniy triadadir. 


75 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling