Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Qo‘llanish doirasi chegaralanmagan paremalar


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

1. Qo‘llanish doirasi chegaralanmagan paremalar millat vakillarining 
barchasi uchun umumiydir, ular barchaning nutqida bir xil darajada qo`llanadi, 
barchaga tushunarli bo`ladi: “Oshing halol bo`lsa, ko`chada ich”, “Do`stsiz 
boshim – tuzsiz oshim”, “Yoz bo`lsa-yu, qish bo`lmasa, osh bo`lsa-yu, ish 
bo`lmasa”, “Ish desa – ayyor, osh desa – tayyor”, “Osh qadrini och bilar, kiyim 
qadrini – yalang`och”; “Beli og`rimaganning non yeyishini ko`r”, “Hunar bo`lsa 
qo`lingda, non topilar yo`lingda”, “Bir kun tuz ihgan joyga qirq kun salom ber”, 
“Tuzini yeb tuzlig`iga tupurma”;  
2. Qo‘llanish doirasi chegaralangan paremalar, asosan, muayyan dialekt 
yoki sheva birligi bo`lib, umumtil va adabiy til doiralarida qo`llanmaydi. Masalan, 
“Osh ozga qoldi, bosh tozga qoldi”, “Qarindoshingni oshga chaqir, choshga 
chaqirma”, “Non – avliyo, osh – payg`ambar”, “Non chopon emas, ammo issiq 
tutadi”, “Osh totug`i – tuz”, “Oshga – qatiq, betga – soliq”.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


71 

Bob bo‘yicha xulosalar 
1. O`zbek tili lug`at boyligida osh uzvli frazeologizmlar va paremalar 
hamda ularning variantlari ham umummilliy konseptlarni ifodalovchi 
lingvokulturemalar sifatida alohida salmoqqa va ma’no mundarijasiga ega.
Bu osh, ya’ni palov o`zbek xalqi kundalik ijtimoiy hayotida muhim o`rin tutishi 
bilan izohlanadi. 
2. Osh uzvli frazeologizm va paremalar ham yuzaga kelish davriga ko`ra 
tarixiy bo`lib, asrlar davomida shaklan va mazmunan boyib takomillashib o`zbek 
xalqining to`y, aza va boshqa milliy marosimlariga xos azaliy qadriyatlarini 
ifodalovchi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazuvchi, bardavomligini saqlovchi 
umummilliy, lingvomadaniy vositadir.
3. Osh uzvli maqol va matallar, iboralar semantik jihatdan o`zbek xalqining 
oshga bo`lgan hurmat-ehtiromini va uning vositasida oilani, mehmonni qadrlash, 
mehnatni, kasb-hunarni sevish, ardoqlash, halol yashash kabi xalqona pand-u 
o`gitlar, tasavvurlarning obrazli ta’sirchan ifodasidir.
4. Tuz qadim-qadimdan mehmondo`stlik, to`kinlik, rozi-rizolik, rasolik 
ramzi sifatida barcha xalqlarda ulug`langan va qadrlangan. Turkiy xalqlar, 
jumladan, o`zbek xalqining barcha ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarida xuddi ana 
shunday qadriyatlar ifodasi sifatida qaralgan va ana shunday ijtimoiy etnik lisoniy 
madaniy munosabatlarni ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning 
tug`ilishiga asos bo`lgan. 
5. Tuz uzvli frazeologizmlarni o`zbek xalqining duolari, ezgu-tilaklari, 
olqishlari va o`z navbatida, qarg`ishlari sodda, ta’sirchan, betakror hamda milliy 
mantiqda ifodalangan. 
6. Non, osh, tuz boshqa xalqlar kabi o`zbek xalqining qadimiy, azaliy va 
bardavom yashovchan kundalik, milliy qadriyatlari bilan bog`liqligi bois ular 
asosida shakllangan barqaror lisoniy birliklar mazmunan hamda mohiyatan 
umumiylik kasb etadi. Bizningcha non, osh, tuz xalqning yashash tarziga xos 
milliy qadriyatlarini ifodalovchi lingvomadaniy triadadir. 


72 
7. Non, osh, tuz tarkibli maqol va matallar, birinchidan, xalq og`zaki ijodi 
mahsuli, ikkinchidan, barqaror paremiologik birliklar, uchinchidan, milliy 
qadriyatlarni ifodalovchi lingvomadaniy birliklar sifatida ham folklorshunoslik, 
ham tilshunoslik, ya’ni paremiologiya va lingvokulturologiya sohalarini 
tutashtiradi hamda ular uchun qimmatli xulosalar va materiallar beradi. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling