Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


) insoniylikka undov, chorlov ma’nosida


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

1) insoniylikka undov, chorlov ma’nosida: “Bir kun tuz ichgan joyga, 
qirq kun salom qil” 
2) me’yor va me’yorsizlik ma’nosida: “Tuz o`lchov bilan”, “Tuzsiz oshni 
it ichmas”, “Tuzsiz xamir tandirda turmas”, “Yemak tuz bilan, tuz o`lchov bilan”; 


67 
So`zlashda ham, taomda ham, barcha narsalarda me’yor bo`lishi tuz 
tarkibli paremalarda yorqin ifodalangan.  
Tuz uzvli paremalar quyidagi badiiy tasvir vositalari asosida sayqal 
topgan: 
Ellipsisda biron bir bo`lak, ba’zan morfologik ko`rsatkich, ba’zan esa 
fonetik birlik ma’lum bir sababga ko`ra tushirib qoldiriladi. Tushirilgan birlik 
garchi tuzilishi jihatdan mavjud bo`lmasa-da, mantiqiy jihatdan ma’lum bo`ladi. 
Demak, tushirilgan birlik matnga o`ziga xos badiiylik bera oladi. Tuz uzvli 
paremalarda ham ellipsis hodisasi ko`p uchraydi, ellipsis tuz zuvli paremalarda 
tasviriylikni oshirish, ta’sirchanlikni kuchaytirishga yordam beradi: “Ot tuz deydi, 
yigit – qiz”, “Tuya tuz deb yig`lar, yigit – qiz deb”, “Ovqatni tuz mazali qilar, 
odamni – so`z”, “Odam so`zi bilan sinalar, osh – tuzi bilan”; 
Mehnatsiz turmush – tuzsiz osh” maqolida o`xshatish san’ati orqali 
insonlarni mehnat qilishga chorlangan va mehnatsiz o`tkazilayotgan umrni, hayotni 
go`yoki tuzsiz oshga o`xshatilgan, tuz taomga maza ta’m berganidek, mehnat ham 
hayotni go`zal qilishi ta’kidlangan. Do`stsiz boshim – tuzsiz oshim maqolida ham 
do`stsiz yashashni, do`sti yo`q insonni go`yoki tuzsiz oshga o`xshatilmoqda, tuzsiz 
taom bo`lmaganidek, do`stsiz inson ham haqiqiy inson emasligi tasvirlangan. 
Antiteza grekcha antithesis qarama-qarshi qo`yish so`zidan olingan bo`lib,
badiiy asarda voqea yoki tushunchalarni bir-biriga qarshilantirish orqali bir-biriga 
zid tushunchalarni yaqqol ifodalash va ularga qiyosiy xarakteristika berish vositasi. 
Antiteza tuz uzvli paremalarning ham ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan: 
“Bor yerda bol ham arzon, yo`q yerda tuz ham qimmat”, “Tuzsiz oshning epi 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling