64
Sendaqa, hukumatning tuzini ichib, tuzlig`iga tuflaydigan nontepki kerak
emas. (С. Аҳмад, Ҳукм, 300-б.)
Tuzim ko`r qilgur iborasi qarg`ish ma’nosida qo`llanadi.
Bahridan o`tdim!
Tarlon ko`r bo`ladi, Tarlonni tuzim ko`r qiladi…(T. Murod, Ot kishnagan
oqshom, 123-b.)
Tuz yalab iborasi “O`zbek tilining izohli lug`ati” da qayd etilgan bo`lib,
“hech narsa yemay-ichmay, qorinni juda-juda ochqatib, och holda” degan
ma’noni bildiradi
1
.
Xatib domla panjshanba kunidan tuz yalab, ziyofatga borishga
hozirlanadi. (А.Қодирий, Обид кетмон.)
Tuzimni yalab frazemasi yuqoridagi
tuz yalab iborasi bilan omonimlik
hosil qiladi, ushbu frazemalarning omonimligi esa kontekstda yuzaga chiqadi.
“biror kimsaning mehmoni bo`lib, taomidan yemoq” degan ma’noni bildiradi.
Uyimga kelib tuzimni yalab, eshigimdan yaltiroq to`n kiyib chiqsalar, hammaning
og`zi yumiladi.(Ойбек, Қутлуғ қон, 219-б.)
Tuz tortmoq iborasi “O`zbek tilining izohli lug`ati”da qayd etilmagan,
badiiy matnlarda uchraydi.
“Rizqi qo`shilgan, ana shu joyda rizqi bor” degan
ma’noni bildirib, ijobiy baho semaga ega,
birikmaga teng, fe’l frazema:
Mayli, tuz
tortgan ekan, kiraman, – dedi. Lekin birovingniyam betingga qayrilib
qaramayman! (Т. Мурод, Бу дунёда ўлиб бўлмайди, 300-б.)
Do'stlaringiz bilan baham: