63
Men ikki kun tuz totayin dedim – totolmadim. Tomog`imdan tuz tugul, suv
o`tmadi. (Т. Мурод, Отамдан қолган далалар, 161-б.)
Tuz(i)ni oqlamoq (yoki halollamoq) frazemasi “O`zbek tilining
izohli
lug`ati” da qayd etilgan.
“Kim kimning sarf-mehnat zoe ketmaganini o`z faoliyati
bilan isbot qilmoq”. “Kimsaning bergan osh-tuzi, boqqani, parvarish qilgani zoe
ketmaganini isbot qilmoq, yaxshilikka yaxshilik qaytarmoq” degan ma’noni
bildiradi.
Bergan tuzimni halollamasang, bugun kecha enangdi o`zim olib
yotaman…(N. Eshonqul,
Urush odamlari, 6-b.)
Tuz totmaslik iborasi lug`atlarda qayd etilmagan. Nimadir sabab bilan
ovqatlanmaslik, och qolishlik.
Biz un so`rab borgandik…uch kun tuz totmagan
edik. (Н.Эшонқул, Бевақт
чалинган бонг, 291-б.)
Lekin ovqatdan shubhalangan Mirzo Ulug`bek hanuz tuz totgani yo`q.
(O.Yoqubov, Ulug`bek xazinasi)
Uch kundan beri isitmalab, tuz totmay yotgan bu odamning tirikmi yo o`lik
ekanini dastlab bilmadi. (Т. Малик, Шайтанат, 4-жилд, 207-б.)
Жойидан қимир этмайди. Кўз очмайди, туз тотмайди. (Т. Мурод,
Отамдан қолган далалар, 82-б.)
Yarasiga tuz sepmoq iborasi “
gap yoki xatti-harakat bilan dardini
kuchaytirmoq” ma’nolarni bildiradi.
Bolam, shu mushtipar, shu baxtsiz onangning
Do'stlaringiz bilan baham: