Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

 
 
3-rasm. Osh uzvli paremalarning semantik tavsifi.
 
Osh uzvli paremalarning variantlashuvi: 
Ish vaqtida – ayyor, osh vaqtida – tayyor // ish desa – ayyor, osh desa – 
tayyor; 
Osh uzvli 
paremalarning 
semantik tavsifi 
mehm
ondo`s
tlik 
pand-nasihat 
mehnatsevarlik 
halollik
tejamkorlik 
sabr-qanoat 
yalqov
lik 
do`stlik
donolik
baxillik


58 
Yig`lagan ko`zga yosh, tilagan og`izga osh // yig`lagan ko`zga yosh, yegan 
og`izga osh;
Yomon xotin oshga o`rtoq, boshga – to`qmoq // yomon oshga o`rtoq, boshga 
–to`qmoq; 
Insofli odam oshini yer, insofsiz odam – boshini // insofli oshini yer, insofsiz 
– boshini; 
Oz oshim – g`avg`osiz boshim // ozgina oshim – g`avg`osiz boshim. 
Osh uzvli paremiyalar badiiy matnlarda: 
– Chavandoz bova!-dedi. – Oshingni yesa-da mard yesin, boshingni yesa-da 
mard yesin! Bunday tantilikdan keyin, haq sizdan aylansin!-dedi. (Tog`ay Murod, 
Ot kishnagan oqshom, 37-b.) 
Metafora tildagi universal hodisa. Ko‘chirish, asosan metafora, metonimiya, 
funksional va sinekdoxa usullari asosida yuzaga keladi. Qorishiq holda (metafora-
funksional, metafora-metonimiya, metonimiya-funksional tarzida) ham uchraydi.
M.Mirtojiev mazkur hodisani quyidagicha tasniflaydi: Hosila ma’no hosil 
qiluvchi ma’no referentlarining o‘zaro o‘xshashligiga qarab metafora, aloqa-
dorligiga qarab metonimiya, biri butun va ikkinchisi uning bo‘lagi bo‘lishiga qarab 
sinekdoxa, birining vazifasini ikkinchisi olishiga qarab vazifadoshlik, birining 
hosilasi ikkinchisi bo‘lishiga qarab tobelilik kabi ko‘rinishlarda belgilanadi. 
Xulosa qilib aytganda, metafora narsa-predmet, belgi va harakatning o‘zaro 
tashqi o‘xshashlik asosida ko‘chishiga asoslanadi. Shuningdek, metaforik ko‘chim 
jonsiz predmet, narsa va hodisalarni jonlantirish natijasida ham sodir bo‘ladi va bir 
sezgi a’zosi tomonidan his etilgan narsa-predmet, harakat, jarayonning metaforik 
asosda boshqa bir sezgi a’zosi faoliyatiga sababchi bo‘lishiga ham asoslanadi.
1
 
Leksikologiyaga doir adabiyotlarda to‘g‘ri ta’kidlanganidek, yangi 
ma’noning hosil bo‘lishi nom ko‘chishi asosida yuz berishi e’tirof etilgani (ya’ni 
bunda nom ko‘chishi nazarda tutilgani) holda, ko‘pchilik ishlarda bu hodisa 
1
Тошева Д. Зооним компонентли мақолларнинглингвокультурологик хусусиятлари: Филология фанлари 
бўйича фалсафа доктори дис. автореф., 2018. – Б.114. 


59 
«ma’no ko‘chishi», «ma’no ko‘chishi natijasida yangi ma’no hosil bo‘lishi» deb 
ta’riflanadi. Aslida ma’no ko‘chishi hodisasi yo‘q.
1
 
Metafora – narsa, belgi yoki harakatga xos atamaning (so‘zning) o‘zaro 
o‘xshashligi bo‘lgan boshqa narsa, belgi, harakat haqidagi tushuncha uchun ham 
qo‘llanishi, shu tushunchaning ham nomiga o‘tishi (aylanishi)dir.
2
 
Aristotel: «Metafora – so‘z ma’nosini o‘zgartirgan holda turdan xilga yoki 
xildan turga, xildan xilga yoki anologiyalarga asosan ko‘chirish», – deb yozadi.
3
 
O‘zbek tilshunosligida metafora, xususan, uni yuzaga keltiruvchi omillar, 
uning yondosh hodisalar bilan munosabati, matndagi o‘rni, lisoniy va badiiy 
vazifasi masalasi keng tadqiq etilgan.
4
 
Metafora kognitiv nuqtai nazardan qaralsa, oddiygina ko‘chim emas, balki 
insongagina xos olamni anglash vositalaridan biridir. Inson tabiat, xususan, 
o‘simliklar va hayvonot dunyosini hamda jamiyatni o‘zaro qiyoslash, o‘xshatish, 
ya’ni metaforalar vositasida ko‘radi, anglaydi.
Matal maqollar qatori non tuz osh bilan bogliq o`xshatishlar ham 
shakllangan. Turg`un o`xshatishlar ham xalqning lisoniy va madaniy qarashlari 
mahsulidir. 
Suvga tushgan (bo`lka) nonday, nonday;
Frazeologik birliklar haqida tushuncha. Frazeologizmlar xalq madaniyati va 
mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbai. Frazeologizmlarning milliy-
madaniy semantikasi. Realiyalar bilan bog‘liq frazeologizmlar. Frazeologizmlarda 
muayyan xalq miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, 
axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlarining mujassamlashishi. Frazeologizmlarning
mifologema va arxetiplar bilan aloqasi.
1
Қаранг. Жамоа. Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 220. 
2
Жамоа. Ўзбек тили лексикологияси, 21-б. 
3
Аристотель. Риторика. Поэтика. – М.: Лабиринт, 2000. – С. 170-171. 
4
Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент, 1975; Шукуров И. Перенос значение слов в 
современном узбекском языке: Автореф. дис. канд филолог. наук. – Ташкент, 1978; Қобулжонова Г.
Метафоранинг системавий талқини: Филол. фан. ном. ... диссер. автореф. – Тошкент, 2000. – 23 б.; Қобулова 
У. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар муносабати (ўзбек халқ топишмоқлари мисолида): 
Филол. фан. ном. ... диссер. автореф. – Тошкент, 2007. – 24 б.; Усмонова С. Метафора // Ўзбек тили ва 
адабиёти, 1964. – № 4. – Б. 34-35. 


60 
Mashhur V.I.Dal shunday deydi: “Maqollarning tag ma’noga ega birlik 
sifatida qabul qilinishi ulardagi xilma-xil mazmunni va keng ko‘lamdagi fikrni 
yoritishga imkon beradi”.
N.Uluqov, H.Solixo‘jaevalar fikricha, hikmatlar hayotdan tug‘iladi, har 
qanday hikmatu maqol-u matalning mantiqiy asosi hayot.
1
 
1
Улуқов Н., Солихўжаева Ҳ. Ҳабиб Саъдулла шеърларининг лингвопоэтикаси. – Наманган: “Наманган” 
нашриёти, 2017. – Б. 68. 


61 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling