Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

Og`zi oshga yetmoq  E sho`rlik, og`zing oshga yetganda burning qonadi-ya. 
(С. Аҳмад, Ҳукм, 48-б.)  
Qani endi u hozir yonida bo`lsa, yurt tinchigan, dehqonning og`zi oshga 
yetib, ro`zg`origa baraka kirgan vaqtlarni ko`rsa. (С. Аҳмад, Ҳукм, 258-б.) 
Osh bermoq kim kimga to`y-marosim munosabati bilan katta qozonda palov 
damlatib, ziyofat o`tkazmoq. Varianti: osh berildi.
2
(206-б.) 
Osh qilmoq – 1) hazm qilmoq, singdirmoq; 2) birovning molini, pulini yeb 
ketmoq, o`zlashtirib yubormoq
3
. 
Tayyor osh mehnatsiz daromad. Senlar esa… tayyor oshga ega bo`lding, 
tayyor oshga! Shunday ekan, tayyor oshni ye endi. Og`zingdagi oshni yut endi. 
 (Т. Мурод, Бу дунёда ўлиб бўлмайди, 402-бет.) 
Chekkagirlar to`dadan uloq ololmaydi. Chekkada turib, tayyor oshni 
poylaydi. (T. Murod, Ot kishnagan oqshom, 50-b.) 
Oshga pashsha tushdi iborasi “yaqin kishilar shuhbati nomaqbul kishining 
kelishi bilan bo`lindi, buzildi”degan ma’noni bildiradi. Gapga teng, fe’l frazema.
Osh(i)ni oshab, yoshini yashamoq kim [o`zining] umrning poyoniga yetay 
deb qolmoq, ko`p qismini yashab bo`lmoq. Variantlari: yosh(i)ni yashab, osh(i)ni 
oshamoq. Sinonimi: yosh(i) bir joyga borib qoldi, yosh(i) qaytib qoldi.
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2008. – 3-ж. – Б.168. 
2
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. – Тошкент: Қомуслар Бош таҳририяти, 1992. 
3
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедиясиб 2008. – 3-ж. – Б.168. 


53 
Og`zidagi oshini oldirmoq iborasi “qo`ldan chiqarmoq, boy bermoq” 
degan ma’noni bildiradi. Birikmaga teng, fe’l frazema. Omad deganlari salomini-
da bermaydi. Og`zimizdagi oshimizni-da oldirib qo`yamiz.(T.Мурод, Oт 
кишнаган оқшом, 99-b.) 
Bu nima, og`izdagi oshni birovga oldirish? (Oйбек, Қутлуғ қон, 43-б.) 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling