Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

ma’noviy, uslubiy-badiiy tahlili 
 
Osh so`zining lug`aviy ma’nosi “O`zbek tilining izohli lug`ati”da berilgan 
bo`lib, quyidagi ma’nolarni bildiradi: 
1) osh forscha yovg`on sho`rva, xo`rda; ovqat; 
2) umuman har qanday ovqat, taom; 
3) palov. Osh damlamoq. Ilgarilari lag`mon yoki osh yeyish uchun nuqul 
korxonadan tashqariga chiqishga majbur bo`lar edik. Gazetadan. – O`ltiring, 
o`ltiring, mehmon! – dedi usta Farfi. – Oshga sabzi bosildi-pishdi. A.Qodiriy, 
O`tgan kunlar
1

O`zbek pazandaligida guruchdan tayyorlanadigan taomlar asosini palovlar 
tashkil etadi. Birinchidan, palov o`zbek xalqining eng sevimli taomi bo`lib, uni 
bayramlarda, katta yig`ilishlarda, tug`ilgan kunlarda, to`ylarda, hatto ta’ziyalarda 
ham tayyorlanadi. Ikkinchidan, palov tansiq taom sifatida g`oyat ishtahabaxsh 
serlazzat va to`qtutardir. Uni og`ir ishni boshlashdan oldin yoki keyin 
tayyorlaydilar. Yosh go`daklardan tortib qariyalargacha barcha yesa 
bo`laveradigan ovqatdir. 
Uchinchidan, palov o`zbek mehmondo`stligining ramzi hisoblanadi, uni aziz 
mehmonga atab alohida hafsala bilan damlaydilar, katta-kichik mehmon-
navozliklar palov oshisiz o`tmaydi. To`rtinchidan esa o`zbek oshpazligining o`ziga 
xosligini va milliy koloratni palovsiz tasavvur etib bo`lmaydi, necha yuzlab 
taomlar orasida palov milliy pazandalikning shoh taomi hisoblanadi. 
Demak, xalqimizda osh azal-azaldan dasturxon ko`rki, o`zbek mehmon-
do`stligining ramzi, milliy taom ekanligi alohida ahamiyat kasb etadi. 
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 3-ж. – Б.168. 


52 
Bularning barchasi esa tilimizda bir qator osh uzvli frazeologizmlarning 
yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Jumladan, osh bo`lsin, oshga tushirmoq, osh 
qilmoq, og`zidagi oshni oldirmoq, oshiga pashsha tushirmoq, oshiga tuz solmoq
og`zi oshga yetmoq, oshiga sherik bo`lmoq, oshini yarimta qilmoq, oshini 
tatitmaslik, osh bermoq, maslahat oshi,
Osh bo`lsin iborasi “O`zbek tilining izohli lug`ati”da qayd etilgan bo`lib, 
“yegan-ichganing tatisin, singsin, yoqsin” kabi tilak bildirish ma’nolarida 
ishlatiladi
1
. Gapga teng, fe’l frazema. Qulluq, osh bo`lsin! – dedi. (Т. Мурод, 
Отамдан қолган далалар, 204-б.) 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling