Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


kambag`alning – non bergani”, “Butun


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

kambag`alning – non bergani”, “Butun non – azobi jon, yarim non – huzuri jon”, 
Yaxshi joningga o`rtoq, yomon – noningga”, “Yaxshi qiz erta turib soch tarar, 
yomon qiz erta turib non so`rar”, “Kambag`al non deydi, boy – qon”, “Mehnatli 
non – shakar, mehnatsiz non – zahar”, “Och o`lganning qo`ynidan to`q to`qoch 
qidirar”, “G`ayratliga – buyuk o`lja, g`ayratsizga kuyuk kulcha”, “Boyning ko`zi 
xonda – g`aribning ko`zi – nonda”. 
Bulardan tashqari, non uzvli paremalarda tardiaks ham kuzatiladi: “Nonni 
mehnat topgan, mehnatni non topgan”. 
O`zbek tilida eskirgan so`zlar qo`llangan maqollarni ham kuzatish mumkin: 
Kolxoz bilan el boy bo`ldi, yegani non-u moy bo`ldi”. 


48 
Tilimizga yangi so`zlar kirib kelishi natijasida non uzvli paremalar 
tarkibidagi ayrim so`zlar ham istorizm-tarixiy so`zlarga aylangan: “Omoch 
chiqdi – ko`moch keldi”. 
Inversiya hodisasi kuzatiladi: “Otasini qilgan xor, burda nonga bo`lgan 
zor”. 
Non uzvli paremalarda variantlilik. Muayyan ma’noga ega bo`lgan til 
birligining shakllan turlicha yuritilishi, ya’ni tovushlar tizimi (yoki fonetik), leksik, 
mofemik jihatdan birmuncha farq qilgan holda bir necha shaklda qo`llanishi shu 
til birligining variantlari hisoblanadi. Jumladan, maqol va matallar ham semantik 
(ya’ni ma’no) jihatdan bir xil, ammo fonetik va morfologik jihatidan ikki va undan 
ortiq ko`rinishga ega bo`ladi.
O`zbek tilida non uzvli paremalarda ham variantlilik kuzatiladi: 
Boyning ko`zi – xonda, yo`qning ko`zi – nonda // Boyning ko`zi – xonda, 
g`aribning ko`zi – nonda.
Non – nonda, kaliti osmonda // non – novvoyda, kaliti – osmonda. 
Nonni tovaning qizig`ida yop // nonni tandirning qizig`ida yop. 
Yotar qursoqqa – yorti non // yotar qursoqqa yarti non. 
Kulchali bola – suyumli // kulchali bola suyumli kelar. 
Har supraning noni boshqa // har supraning noni bor. 
Ochga bir non – qalqon // ochga bir non qalqon bo`lib ko`rinar. 
Boyning ko`zi – xonda, yo`qning ko`zi – nonda // boyning ko`zi – xonda, 
g`aribning ko`zi – nonda. 
Yarimta nonim – oromi jonim // yarimta non – rohati jon. 
Son tegmasga son tegdi, savat-savat non tegdi // son tegmaganga son tegdi
zog`ora tegmaganga – non. 
Frazemalar va paremalar tilning barqaror birliklari sifatida umumiylikka ega. 
Shu bois kuzatishlarimizga ko‘ra, til taraqqiyoti davomida ularning bir-biriga 
o‘tishi ham kuzatiladi.
Frazemalar asosida vujudga kelgan paremalar yoki paremalardan yuzaga 
kelgan frazemalar: “Bedavlatning noni yarim”, “Hunari yo`q – non gadoyi”, “O`z 


49 
ko`mochingga kul tortma”, “Non gadosi bo`lsang ham, yurt gadosi bo`lma”, 
“Hunarmadning noni butun”, “Mardning noni – butun”, “Non yemasning ishiga 
boq”; 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling