Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

Bob bo‘yicha xulosalar 

1. Har qanday xalq hayotdagi voqea-hodisalarni, jarayonlarni obrazli, 


ta’sirchan ifodalashga harakat qiladi va bunda ko`proq o`zi yaxshi bilgan, tasavvur 
qiladigan narsa-buyumlarni ifodalovchi lug`aviy birliklardan va lisoniy ramzlardan 
keng foydalanadi. Buning dalilini o`zbek tili frazeologiyasida alohida leksik-semantik 
guruhni tashkil etuvchi non uzvli frazeologizmlarda ham ko`rish mumkin. 
2. O`zbek xalqi non uzvli frazeologizmlarda ezgu niyatlarga yo`g`rilgan olqish, 
duolarini va razil, jirkanch, ikkiyuzlamachi kimsalarga nisbatan qarg`ishlarini 
ifodalagan.
3. Non uzvli frazeologizmlarning ma’no doirasi juda keng bo`lib, bu ma’nolar 
non lug`aviy birligining eng aziz ne’mat, eng tansiq yegulik, mehmondo`stlik, hurmat, 
to`kinlik, tinchlik, rizq-u ro`z, boylik, mehnat mahsuli, hayot bardavomligi kabi 
semalari asosida shakllangan. 
4.
Non uzvli paremalar mazmun mohiyatiga ko`ra, kishilarni, xususan, 
yoshlarni mehnatsevarlik, halollik, kamtarlik, insoniylik kabi ijobiy xislatlarga 
chorlovchi milliy qadriyatlarning lisoniy ifodasidir.
5. Non uzvli paremalar boshqa o`zbek maqol matallari kabi sa’j, tazod, 
o`xsahtish, sifatlash va ellipsis kabi badiiy tasviriy vositalar bilan sayqallangan. 
6. Non uzvli paremalar o‘zbek xalqining ulug‘, aziz, mo‘tabar, muqaddas 
ne’matga xos qarashlari, urf-odatlari, an’analarining lisoniy va madaniy ifodasi 
sifatida milliy konseptlar sirasiga mansub lingvokulturologik birliklardir. 
 
 
 
 
 
 
 
 


51 
3-bob. O`zbek adabiy tilidagi osh va tuz uzvli frazeologizm va 
paremiyalarning lingvokulturologik tahlili 
 
3.1. Osh uzvli frazeologizm va paremiyalarning lug`aviy-

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling