Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

oson, tuzsiz gapning epi qiyin”. 
Osh, tuz tarkibli frazeologizmlarning tilda shakllanishi juda qadimgi 
davrlarga borib taqaladi. Bunday maqollarning quyidagi asarlarda ham uchrashi 
fikrimizni tasdiqlaydi: 
Non, osh, tuz uzvli paremiyalar Muhammad Sharif Gulxaniyning “Zarbu-l-
masal” asarida ham keltirilgan: 


68 
“Og`iz bo`lma, oyoq bo`l”, eshitmadingmuki, “Oyoq yugurugi oshga, og`iz 
yugurigi boshg`a”. 
Qadimgi buzurg mashoyixlardin bizga bir masal qolibdurki: “Erga begsang 
oshingni, erlar silar boshingni, itga bersang oshingni, itlar g`ajir boshingni”.(13b) 
Bahaddiki vujudi vayronasi ma’mur bo`lub, obodonliqg`a yuzlandi, 
Kulonkir sultonning ilgarigi mehmonidin qolg`on oshi bor erdi, ani Ko`rqushning 
oldig`a qo`ydi, aydi: “Oz oshga imdod yo`q”. Anda Ko`rqush aydi: 
Karam na erdi, baxillik so`zin deding, ey shoh, 
Oz oshni berguncha mundin ziyoda o`tu olov.  (Z.13). 
“Oz oshim – g`avg`osiz boshim”, deb yolg`uz inoyat qiling. Anda Ko`rqush 
aydi: 
Osh egasi bilan totlig`. 
Kulonkir sulton: 
– Xo`b bo`lur, oshga deganda quruq kalla yugurur, – deb qo`l uzataberdi. 
Anda Kordon aydi: 
– Er tilagan yerda aziz va yana aytibdurlarki: “Qizni oshiqiga ber”. Va yana 
bu masaldurkim: “Qiz saqlaguncha tuz saqla”…(Z.23) 
Alqissa, Ko`rqushning mahr solishig`a va Kuykunak olishig`a bir necha 
qushlar hayron qolib, bir-birlarig`a aytishur erdilarkim: “Beli og`rimaganning non 
yeyishiga boq”. 
“Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom ber”. Tuz qadimdan qimmat, 
aziz, ardoqli bo`lganligi sababli hozirga kelib ham uning qimmati bilan bog`liq 
qadriyatlar saqlangan. Xalq rivoyatlarida keltirilishicha, kunlardan bir kuni o`g`ri 
kechasi bir odamni uyiga o`g`rilikka tushadi, u yerto`ladan o`ziga kerakli 
narsalarni olib chiqib ketmoqchi bo`lganida qorong`uda ko`ziga nimadir yaltirab 
ko`rinadi. O`g`ri ajablanib, haligi narsani yalb ko`radi va biladiki, bu narsa tuz 
ekan. Shuning uchun u bu xonadondan o`grilik qila olmay qaytib chiqib ketadi. 
Tuzning qanchalik qadri baland, insonlar ongida tuzga nisbatan mana shunday 
tasavvurlar shakllanganligini mana shu kichik rivoyatdan ham bilib olsa bo`ladi.


69 
Tuz-namak tushunchasi tuzga nisbatan kengroq tushunchalarni ifodalaydi. 
Bitta narsani topsa, teng bo`lishib yeyish, yoki ulfatchilik qilish, tuz-namakni bir 
nechta semalari bor ekan. Birga ovqatlanish, umumiy do`st bolib ahil-inoqchilikda 
bo`lish, uzoq vaqt topganini bo`lishish, baham korish semalariga ega.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling