Evolyutsion ta’limotning mazmuni. Inson qadim zam ondan beri organik olam ning ikki xossasiga ajablanib qaragan. Bu xossalardan biri uning nihoyatda xilmaxilligidir


Download 22.97 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1108238
Bog'liq
EVOLYUTSION TALIMOT


KIRISH
Evolyutsion ta’limotning mazmuni. Inson qadim zam ondan beri organik olam ning ikki xossasiga ajablanib qaragan. Bu xossalardan biri uning nihoyatda xilmaxilligidir. Hozirgi vaqtda o ‘simliklaming 500000 dan, hayvonlarning 2500000 dan, zam burug‘larning 100000 dan ortiq turi mavjud. Agar shular qatoriga qadimgi geologik era va davrlarda yashab, so‘ngra qirilib ketgan 7 000 000 hayvon, 300 000 o‘simlik turini qo‘shsak, haqiqatan ham organik olam ning xilma-xilligiga hech qanday shubha qolmaydi. H ar bir organizm turi tuzilishi, hayot faoliyati, yashash m uhiti bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Organik olam ning ikkinchi ajoyib xossasi organizm larning tuzilishi va hayot faoliyatiga ko‘ra tevarak-atrof muhitiga moslashganligidir. M asalan, shimoliy o'lkalarda yashaydigan hayvonlar oq rangda, cho‘l zonasidagi hayvonlar shu yer rangida ekanligi, baliq tuzilishiga ko‘ra suv muhitiga, qushlar esa havo m uhitiga moslashganligi bunga yaqqol misoldir. Organik olam qotib qolmaganligi, o‘zgarishi to ‘g‘risida bir qancha nazariyalar vujudga kelib, bu nazariyalarga ko‘ra, organik olam ning evolyutsiyasi biror omilning ta ’siri natijasidir. Organik olam ning evolyutsiyasi organizmlarning takomillashishga intilishi (J.B. Lamark), alohidalanishi (Vegener), m utatsion o'zgaruvchanlik (D e Friz), muhitga nisbatan adekvat moslashuvchi o ‘zgaruvchanlik (T.D. Lisenko) asosida amalga oshadi, degan g'oyalar shular jum - lasidandir. Organik olam ning evolyutsiyasi faqat yagona omil ta ’siri natijasidan iborat, deb tushuntirish o ‘lik va tirik tabiatning o ‘ziga xos xossalarini chuqur anglamaslik, m ateriyaning mexanik, fizik-kimyoviy harakat formalari bilan biologik harakat formalari o'rtasidagi farqqa tushunib yet- maslik oqibatidir. Organik olamning rivojlanishi ba’zi olim lar tom onidan e ’tirof etilgan va uni bir tom onlam a tushunishga urinish bo‘lgan bo'lsa ham , lekin har bir hayvon va o'sim likning o ‘zi yashayotgan m uhit sharoitiga moslashganligi to ‘g‘risidagi masala XIX asrning yarmigacha nom n'lum bo‘lib qoldi. Angliyalik buyuk tabiatshunos olim Charlz Darvin 1859- yill o ’/.ining «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun moslashgan zotlarning saqlanib qolishi» degan m ashhur asarini nashr ettirdi. Bu asarda u hozir mavjud boMgan barcha o‘simliklar, hayvonlar, odam to'satdan paydo bo‘lmay, balki million yillar davom etgan tarixiy rivojlanish mahsuli ekanligini isbotlab berdi. Shu bilan bir qatorda, organizmlarning xilma-xil moslanish sabablarini ilmiy nuqtayi nazardan yoritdi. Darvin organik olamning evolyutsiyasi to ‘g‘risidagi ta’limotni yaratishda tabiyotshunoslikning turli sohalari (sistcmatika. qiyosiy anatomiya, embriologiya, biogeografiya, pnlcontologiya va boshqa fanlar) da to ‘plangan m a’lunwtlarga, yangi zot va navlar chiqarish sohasidagi ko‘p nsrlik seleksiya yutuqlariga ham da o‘zi tabiatda olib borgan kuzatish, tajriba natijalariga, ilmiy xulosalarga tayandi. U juda ko‘p dalillarga asoslanib, organik olamning evolyutsiyasi o'zgaruvchanlik, irsiyat, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli ro‘y berishini isbotlab berdi. Darvinning evolyutsion ta ’limotini o ‘sha davrning m ashhur biolog olimlari F. Myuller, E. Gekkel, K. Gegenbaur (Germ aniya), A. O. Kovalevskiy, 1.1. M echnikov, V.O. Kovalevskiy, K.A. Timiryazev, I.M . Sechenov, A. N. Seversov (Rossiya) va boshqalar himoya qildilar va uni biologiya fanining turli sohalariga tatbiq etib, m azm unini yangi dalillar bilan boyitdilar. Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida biologiya fanining yangi sohasi evolyutsion ta’lim ot vujudga keldi. Evolyutsion ta’limot keyinchalik genetika, ekologiya, molekular biologiya, biokimyo va boshqa biologik fanlar yutug‘i zaminida mazmunan yanada boyidi va oqibatda XX asrning ikkinchi yarmida evolyutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi. 5 Evolyutsiya tabiatdagi turli narsa, hodisalarga mansub. M asalan, astronom iyada sayyoralar va yulduzlar evolyutsiyasi, geologiyada yer evolyutsiyasi, biologiyada esa organik olam evolyutsiyasi to ‘g‘risida fikr yuritiladi. M a’lumki, yerda hayot azaldan bo'lm ay, bundan 3—4 milliard yil m uqaddam , jonsiz materiyadan vujudga kelgan. Biologik evolyutsiyaning sodir bo‘lish jarayoni va natijasi xilma-xildir. Biologik evolyutsiya natijasida populyatsiyalarning genetik tarkibi, moslanishlar, turlarning vujudga kelishi va nobud bo‘lishi, biogeotsenoz ham da biosferaning bir butun holda o ‘zgarishi ro‘y beradi. Binobarin, hozirgi paytda evolyutsiya fani turli darajadagi biologik sistemalarning evolyutsiyasi jarayonini o'rganadi. Evolyutsion ta ’limot organik olam ning tarixiy rivojlanishini va uni idora etishning um um iy qonuniyatlarini o ‘rgatuvchi fandir. Evolyutsiya nazariyasining asosiy prinsiplari Evolyutsion nazariyani tadqiq qilish ikkita prinsipga asoslanadi. U lardan biri tarixiy prinsip. Bu prinsipga ko‘ra, o‘tgan davrlarda organik olam da sodir bo'lgan voqeahodisalarni o'rganish asosida hozirgi davrda yashayotgan tirik organizmlarning tuzilishi, kelib chiqishi aniqlanadi. Ikkinchi prinsip aktualizm hisoblanadi, m azkur prinsipga m uvofiq, hozirgi tirik organizmlarning turli darajadagi tuzilishini va funksiyasini o ‘rganish asosida qadimgi davrlarda organik olamning rivojlanishida ro‘y bergan hodisalar haqida m ulohaza yuritiladi. Evolyutsiya jarayonini o ‘rganish usullari Evolyutsiyani tarixiy prinsipga asoslanib tadqiq qilish taqqoslash usulidan keng foydalanishni taqozo etadi. Odatda, biologiyaning ko‘p sohalarida taqqoslash usuli keng qo'llaniladi. Chunonchi, anatom iya yordam ida organizmlar tuzilishidagi o ‘xshashlik va farqqa qarab, ular o'rtasidagi qon6 qarindoshlik aniqlanadi. Xuddi shunga o ‘xshash, taqqoslash usulidan embriologiyada ham foydalaniladi va turli organizm lar guruhlarida ontogenetik rivojlanishning dastlabki davrlaridagi o'xshashlik va farqqa asoslanib, tekshirilayotgan organizmlar dastlab bir yoki har xil tarm oqdan tarqalganligi to ‘g‘risida xulosa chiqariladi. Taqqoslash usuli molekular biologiyada ham keng qo'llanilm oqda. Xususan, bir qancha organizmlar turlarini, oqsil va nuklein kislotalar molekulalurini taqqoslab, ular filogenetik jihatdan bir-biriga qanchalik yaqinligi aniqlanmoqda. Makroevolyutsiyani tadqiq qilishda paleontologiya, m orfologiya, anatomiya biogeografiya usullaridan keng foydalaniladi. Lekin shuni qayd etish kerakki, taqqoslash usuli organik olam evolyutsiyasini bilishda katta ahamiyatga ega bo'Isa ham, biroq uning yordamida u yoki bu xil organizmlarning kelib chiqish sabablarini aniqlab bo‘lmaydi. Bu m uam m o faqat genetik usul bilan aniqlanadi. G enetik va populyatsion-statistik usullar mikroevolyutsiya jarayonlarini aniqlashda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega ekanligi keyingi vaqtda tobora ayon boMmoqda. Evolyutsion ta’limotning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq!igi Evolyutsion ta'lim ot metodologik asos sifatida biologiyaning xilma-xil dalillari majmuasi emas, balki har xil darajadagi, ya’ni molekula darajasidan to biosfera darajasida bo'lgan biologik sistemalarda sodir boiadigan voqeahodisalar o'rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni o ‘rganadigan fandir. U mazmuniga ko‘ra sintetik xarakterga ega. Shunga binoan, u barcha biologiya fanlari — botanika, zoologiya, anatom iya, embriologiya, fiziologiya, biogeografiya, biokimyo, sitologiya, gistologiya, genetika, paleontologiya, m olekular biologiya ekologiya, seleksiya, chorvachilik, o ‘simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va shu kabi boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Evolyutsion ta ’limotning muayyan fan sohalari bilan bog‘liqligi ikki tom onlam adir. Bir tom ondan, u xususiy biologiya fanlarida to ‘plangan dalillarni 7 xulosalab, um um biologik qonunlarini yaratadi. Ikkinchi to ­ m ondan, bu qonunlar biologiyaning turli sohalari uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Yirik evolyutsionist K.A. Timiryazev o'sim liklar bilan hayvonlarning hayoti to ‘g‘risidagi fanlar faqat evolyutsion ta ’limot asosida ijobiy rivojlanishi mumkin, deb ta’kidlagan edi. I. I. M echnikov qayd etishicha shamollash jarayoni va im m unitet tabiatini tushunish faqat organizmning hayotiy reaksiyalariga evolyutsion nuqtayi nazardan yondashilganda to ‘g‘ri hal etilishi mumkin. T o‘g‘ri, boshqa biologiya fanlari, chunonchi, qiyosiy va eksperim ental morfologiya, fiziologiya, ekologiya, genetikadagi kabi, evolyutsion ta ’lim otda ham tasviriy, analitik, sintetik, tajriba usullari keng qo‘llaniladi. Evolyutsiya jarayonini o'rganishda yuqoridagilardan tashqari, tabiiy sharoitda populyatsiyalami har tom onlam a tahlil qilish, ularning tarkibini, mavsumiy va mahalliy sharoitga qarab o‘zgarishini aniqlash, uni tadqiq qilish usullaridan keng foydalaniladi. Bu evolyutsion ta’lim otning xususiy usuli sanaladi. Evolyusion ta ’limot barcha biologik fanlari yutug‘ini o ‘zida mujassamlashtirgani uchun ana shu fanlar zam inida rivojlanadi. Biroq xususiy fanlarda to ‘plangan dalillar, nazariyalar evolyutsion ta ’lim otning kelgusi rivojlanishini to ‘liq ta ’minlay olmaydi. Chunki bu fanlarda yaratilgan nazariyalar tarqoq, xususiy xarakterda bo‘lib, m ateriallarni bir tom onlam a qamragan fanning u yoki bu shoxobchasiga xosdir. Evolyutsion ta ’lim otda esa turli biologiya bilimlarining sintezi nam oyon bo‘ladi. Evolyusion ta ’limot faqat boshqa biologiya fanlarida to ‘plangan dalillarni umum lashtirish, xulosalash bilan cheklanmay, balki o ‘zi ham , shu fanlardan mustasno, turli m uam m olarni hal etadi. Evolyutsion ta’limotning o ‘rganadigan niuammolari Tirik tabiat tarixiy rivojlanishining um um iy qonunlari evolyutsion ta ’limotning tekshirish mavzusi hisoblanadi. Hayot m ateriya harakatining sifat jihatdan farq qiladigan alohida shaklidir. Shunga ko‘ra, uning paydo bo'lishi va rivojlanishini o'rganish evolyutsion ta’lim otning birinchi muam m osi hisoblanadi, Evolyutsiya yerdagi barcha tiriklikning tarixiy davrda to ‘xtovsiz ravishda o‘zgarishi natijasidir. U doimiy mavjud shart-sharoit zam inida amalga oshadi. Evolyutsiya jarayonining shart-sharoitini o ‘rganish evolyutsion ta ’limotning ikkinchi muammosidir. Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi uni harakatlantiruvchi kuchlari aniqlangandagina ijobiy hal etiladi. Darvin evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar o ‘zgaruvchanlik, irsiyat, tabiiy tanlanish ekanligini, shular tufayli organizmlar muhitga moslanishi, takomillashishini, yangi turlar paydo bo‘lishini ta’kidlaydi. Binobarin, evolyutsiyani harakatlantimvchi kuchlarini atroflicha o'rganish evolyutsion ta ’limotning uchinchi muammosi hisoblanadi. K.M. Zavadskiy uqtirishicha, hayotning molekula, hujayra, organizm, populatsiya — tur, biotsenotik, biosfera darajalari mavjud. Biroq evolyutsiya jarayoni, shart-sharoitning lo‘liq amalga oshishi, uning natijasini namoyon bo‘lishi ko'proq populatsiya tur darajasida ro‘y beradi. Shunga ko‘ra, turlarni va tur paydo bo‘lishini o'rganish evolyutsion ta ’lim otning to ‘rtinchi muammosidir. Ilmiy nuqtayi nazaridan qaraganda, rivojlanish oddiydan murakkabga, tuban takomillashgandan yuqori darajada takomillashgan shaklga o ‘tishdan iborat. Bunday progressiv rivojlanish tirik tabiat evolyutsiyasining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Tirik tabiatdagi progressiv ko'rinish qonuniyatlari to‘g‘risidagi masala evolyutsion ta’lim otning beshinchi muammosi hisoblanadi. Organik olam evolyutsiyasining m a’lum bosqichidagi shart-sharoit odam paydo boMishida zam in bo‘lib xizmat qildi. Odam evolyutsiyasining omillari va mexanizmlarining o'ziga xos tom onlarini o'rganish evolyutsion ta’limotning oltinchi muammosidir. Organik olam evolyutsiyasining um um iy qonuniyatlarini o‘rganishdan asosiy maqsad hayvonlar, o‘simliklar va mikro9 organizm lardan xo'jalik m aqsadlarida keng foydalanishdan iborat. Tabiiy sharoitda inson manfaatlariga mos form alar juda sekinlik bilan vujudga keladi. Shunga ko‘ra, organik olamning rivojlanishini boshqarish, inson manfaatlariga mos bo‘lgan nav, zotlarni chiqarish va ulardan foydalanish, ya’ni evolyutsiya jarayonini boshqarish evolyutsion ta ’limotning yettinchi muammosi hisoblanadi. Evolyutsion ta’limotning ahamiyati. Odam xo‘jalik faoliyatining rivojlanishi bilan evolyutsion ta ’limotning ahamiyati yanada ortib boradi, chunki tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ekinlar hosilini va chorva mollari m ahsulotini ko'paytirish, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi eng qulay kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tabiiy landshaftlarni saqlab qolish va inson maqsadlari uchun 0‘zgartirish faqat evolyutsion ta’limot tufayli to ‘g‘ri, ilmiy nuqtayi nazaridan amalga oshiriladi. U yoshlarni organik olam tarixiy rivojlanishining um um iy qonuniyatlari to ‘g‘risidagi bilimlar bilan qurollantiradi. M azkur kursda ko'pchilikni qiziqtirgan «yerda hayot qanday paydo bo‘lgan va rivojlangan», «Organik olam ning xilmaxilligi sabablari», «Organizm bilan m uhit o ‘rtasidagi m unosabat», «Odam paydo bo‘lishi» kabi masalalar ilmiy asosda yoritilib, ular kishilarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirishga yordam beradi. U shbu darslikni nashrga tayyorlashda amaliy yordam ko'rsatgan uchun mualliflar biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasining katta o'qituvchisi I.Azimovaga va o ‘qituvchi B.Zohidovaga o 'z m innatdorchiligini bildiradi.
Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling