Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya
Download 407.5 Kb.
|
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni PARAZITOLOGIYA fanidan ma’ruzalar matni SO’Z BOSHI Parazitologiya zoologiyaning amaliy fanlaridan biri bo’lib, u odam, hayvon va o`simliklarda parazitlik qilib, turli kasalliklarni paydo qiladigan hayvonlarni va ularga qarshi kurash choralarini o`rganadigan fan. Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo’lib, hayvon yoki o’simliklarning turli vakillari orasidagi o’zaro munosabatning o’ziga xos ko’rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm hisobiga oziqlanishidan iborat. Xo’jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi va shuning uchun parazitning hayoti xo’jayin organizmining hayoti va xolati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Bu xolat esa uzoq evolyusion taraqqiyot davomida shakllangan bo’lib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, bioximik, ekologik, genetik munosabatlar va o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo’jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolarning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogel’mintologiya kabi soxalari jadal rivojlanib bormoqda. SHuning uchun bo’lajak biolog-o’qituvchilar parazitologiya soxasida ham chuqur bilimga ega bo’lishlari lozim. Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan asosan - sarkomastigoforalar, sporalilar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida, hamda ko’p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikan boshlilar, to’garak chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq xo’jaligiga, birinchi navbatda madaniy o’simliklarga va chorvachilikka katta zarar keltiradi. Parazitlar ta’sirida o’simliklar xosildorligi va chorva mollarining maxsuldorligi keskin kamayadi, xatto ularni nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir etib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling