Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya


Download 407.5 Kb.
bet9/32
Sana10.11.2023
Hajmi407.5 Kb.
#1764877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Infuzoriyalar - lotincha so’z bo’lib, "infuzus" ivitma degan ma’noni anglatadi va ular birinchi marta turli ivitmalardan topilgan. Tabiatda har xil turdagi infuzoriyalar ko’lmak suvlardan tortib dengiz, okeanlargacha bo’lgan hamma suvlarda va nam tuproqlarda uchraydi. Ba’zan esa umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarda parazitlik qiladi.
Infuzoriyalar tipiga 7000 dan ortiq tur kiradi. Infuzoriyalar yoki kipriklilar tipi ikkita sinfga bo’linadi. 1- sinf. Kiprikli infuzoriyalar - Ciliata. Bu sinf vakillarida barcha rivojlanish davrlarida kipriklar bo’ladi. 2-sinf. So’ruvchi infuzoriyalar - Suctoria. Bu sinf vakillari tanasida kiprikchalar taraqqiyotining ma’lum bir davridagina bo’ladi. Ular turli xil hayvonlarda parazitlik qiladi.

Kiprikli infuzoriyalardan biri ixtioftirius (Ichthyophthirius multifilus) baliq terisi va jabrasiga kirib yara xosil qiladi. Bu parazitning yosh individlari baliq terisiga va jabrasiga chuqurroq o’rnashib, faol ovqatlanadi va kattalashadi. Ma’lum vaqtdan keyin parazit baliq terisidan ajralib suvga chiqadi va sistaga o’raladi. Sistada esa ko’payish boshlanadi. Yadrosining ketma-ket bo’linishi tufayli 2000 tagacha yangi harakatchan yosh parazitlar rivojlanadi. Sistadan tashqariga chiqqan yosh ixtioftriuslar yana baliqlar terisi va jabrasiga yopishib o’z taraqqiyotini davom ettiradi. Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalarning 90-100 foizi nobud bo’ladi. Ixtioftriuslardan ayniqsa zog’ora baliq, gulmoxi, do’ngpeshona, oq amur va losossimon baliqlar ko’p zarar ko’radi.

SHuningdek, bu sinfga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi Balantidium coli ham kiradi. Uning tanasi loviyasimon bo’lib, odamning yo’g’on ichagi devorida parazitlik qilib, jaroxat xosil qiladi va xavfli qonli ichburug’ kasalligini vujudga keltiradi. Odamlarga bu parazitlar cho’chqalar orqali yuqadi. Chunki, balantidiy cho’chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. Cho’chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalarni yutib balantidiy bilan kasallanadi. Demak, balantidioz bilan ko’pincha cho’chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlash korxonalarida ishlaydigan xodimlar kasallanadi.


Download 407.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling