Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya
YaSSI ChUVALChANGLAR (PLATHELMINTHES
Download 407.5 Kb.
|
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org
YaSSI ChUVALChANGLAR (PLATHELMINTHES) tipiga 12500 ga yaqin tur kiradi. MDX mamlakatlari xududlarida yassi chuvalchanglarning 2300 dan ortiq turi uchraydi. Ular gavdasining uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va xatto ayrim ulkan turlari 30 metrgacha (kashalotlarning ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglardan - Polygonoporus giganticus) boradi.
Bu tipning vakillari quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: Yassi chuvalchanglar tipiga eng tuban tuzilgan uch qavatli billaterial - simmetriyali hayvonlar kiradi. 24
Nomidan ma’lumki, yassi chuvalchanglarning ko’pchiligini gavdasi elka-qorin tomonga qarab yassilangan, uzun tasmasimon yoki bargsimon ko’rinishda bo’ladi. Yassi chuvalchanglarda tana bo’shlig’i bo’lmaydi. Organlar orasidagi bo’shliqlarni parenxima hujayralari to’ldirib turadi. SHuning uchun ham ularni bo’shliqsiz parenximali hayvonlar ham deyiladi. Yassi chuvalchanglarning ovqat xazm qilish organlari faqat ikki bo’limdan iborat, ya’ni ko’pincha tomoq deb ataladigan oldingi ichakdan hamda endodermadan xosil bo’lgan ko’pincha shoxlanadigan va uchlari berk o’rta ichakdan iborat. Ularda orqa ichak va chiqaruv teshigi bo’lmaydi. Tasmasimon chuvalchanglarda esa ovqat xazm qilish sistemasi butunlay reduksiyalangan. Yassi chuvalchanglarda bo’shliqichlilarda bo’lmagan yangi organ-ayiruv organlar sistemasi paydo bo’lgan. Ayiruv organlari sistemasi protonefridiy tipida tuzilgan. Bu sistema murakkab shoxlangan naylardan iborat bo’lib, nay bitta amyobasimon yoki yulduzsimon hujayradan boshlanadi. SHuning uchun uni bitta hujayradan boshlanadigan, ya’ni protonefridiy sistemasi deb ataladi. Tana qoplami erkin yashovchilarida kiprikli epiteliy hisoblansa, parazitlik qilib yashaydiganlarida yadrosiz qavatli botiq epiteliy bilan qoplanadi. qon aylanish va nafas olish organlari yo’q. Parazit turlarida odatda tanasining oldingi yoki orqa qismida yopishuvchi organlari: ilmoqli so’rg’ichlari, klapanlari va so’ruvchi o’simtalari bo’ladi. Nerv sistemasi bir juft bosh miya nerv tugunidan (gangliyadan) va tananing ikki yon tomoni bo’ylab ketuvchi 2 ta nerv ustunlaridan iborat. Erkin xolda yashovchilarida muvozanat organi, ko’zchalari kabi sezuvchi organlari ham rivojlangan. Yassi chuvalchanglar asosan germafrodit hayvonlar bo’lib, jinsiy organlar sistemasi murakkab tuzilgan. SHuni ham aytib o’tish kerak-ki, yassi chuvalchanglar tipining so’rg’ichlilar, ya’ni trematodalar sinfiga kiruvchi ayrim vakillari ayrim jinsli (shistosomalar) hisoblanadi. Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o’rtasida dengiz va chuchuk suv xavzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning har xil organlarida parazitlik qiluvchi juda ko’plab turlari mavjud. Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va biologiyasida bu hayvonlarning yashash sharoiti ta’sirida vujudga kelgan juda ko’p o’ziga xos xususiyatlari bor. Ularning ayrimlarining rivojlanish sikli ancha murakkab kechadi. Yassi chuvalchanglar tipi o’z navbatida 5 ta sinfga bo’linadi: 1.Kiprikli chuvalchanglar yoki turbellariyalar (Turbellaria) sinfi. 2.Monogeniyalar (Monogenoidea) sinfi. 3.So’rg’ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi. 4.Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5.Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi.
25
Kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin xolda dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirtqichlar bo’lib, bir hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar va xasharotlar bilan oziqlanadi. Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling