Ifodani quyidagi ko‘rinishda ham yozish mumkin
Download 79.74 Kb.
|
Signalni vaqt bo\'ycha surish
Signalni vaqt bo‘yicha surish. Misol uchun 𝑠1 (𝑡) signal 𝑡1 < 𝑡 < 𝑡2 vaqt orasida mavjud bo‘lib, 𝑆̇ 1 (𝜔) spektr zichligiga ega bo‘lsin. Ushbu signal 𝑠1 (𝑡) ni shaklini saqlagan holda uni 𝑡0 ga kechiktirsak, u holda vaqtning yangi funksiyasi 𝑠2 (𝑡) ni olamiz, ya’ni 𝑠2 (𝑡) = 𝑠1 (𝑡 − 𝑡0 ) bo‘lib, endi bu signal 𝑡1 + 𝑡0 dan 𝑡2 + 𝑡0 gacha vaqt oralig‘ida mavjud bo‘ladi. (2.31) ifodaga asosan 𝑠2 (𝑡) signalning spektri zichligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Yangi o‘zgaruvchi 𝜏 = 𝑡 − 𝑡0 ni kiritib (5.38) ifoda o‘rniga quyidagi ifodani olamiz: ifodadan ko‘rinadiki signal 𝑠(𝑡) ni ±𝑡0 ga siljitish natijasida uning spektri 𝑆̇(𝜔) ning faza xarakteristikasi ±𝜔𝑡0 ga o‘zgaradi. Aksincha, agar 𝑠(𝑡) signal spektral tashkil etuvchilarini 𝜑 = ±𝜔𝑡0 ga o‘zgartirsak, u holda u bilan chiziqli bog‘liq ravishda har bir spektr tashkil etuvchisi ±𝜔𝑡0 ga o‘zgaradi va signal ±𝑡0 vaqtga kechikadi yoki ilgarilaydi. Signalning amplituda spektri, ya’ni amplituda-chastota xarakteristikasi ushbu signalning vaqt o‘qida egallagan joyiga bog‘liq emas. Furye almashtirishning yuqorida keltirilgan xossasi chiziqli radiotexnik tizimlardan signallar buzilishsiz o‘tishlarini ta’minlashi uchun qo‘yiladigan talabni keltirib chiqaradi: chiziqli tizimning amplituda-chastota va faza-chastota xarakteristikasi signal spektri (yoki signal spektri quvvatining asosiy qismi) joylashgan qismida chiziqli bo‘lishi kerak. Misol uchun, chiziqli tizim uzatish koeffitsiyentining moduli 𝐾(𝜔) = 𝐾0 va faza-chastota xarakteristikasi chastotaning chiziqli funksiyasi 𝜑(𝜔) = −𝑡0 bo‘lsin (2.7-rasm), chiziqli tizim kirishiga spektri zichligi 𝑆̇(𝜔) bo‘lgan 𝑠(𝑡) signal ta’sir etsin, u holda uning chiqishidagi signal. ifodani quyidagi ko‘rinishda ham yozish mumkin 𝑠𝑐ℎ𝑖𝑞 (𝑡) = 𝐾0𝑠(𝑡 − 𝑡0 ). Amplituda-chastota 𝐾(𝜔) va faza-chastota xarakteristikasi φ(𝜔) chiziqli bo‘lgan signal tizim orqali o‘tganda o‘z shaklini to‘liq saqlab qoladi, faqat signalning qiymati o‘zgaradi 𝐾0 marta kattalashadi (kichiklashadi) va ushbu tizim faza-chastota xarakteristikasi qiyaligi 𝑑Ψ 𝑑𝜔 = 𝑡0 ga teng vaqtga kechikadi. 2.7-rasm. Axborot uzatish ideal tiximning AChX va FChXlari Shuni alohida ta’kidlash kerakki, haqiqatda amalga oshirish mumkin bo‘lgan tizimlarning FChXlari qiyaligi tizimning signal o‘tkazish polosasida hamma vaqt manfiy bo‘ladi, chunki chiqish signali hech vaqt kirish signalidan avval paydo bo‘lmaydi. Vaqt masshtabini o‘zgartirish Misol uchun 2.8-rasmda uzluksiz chiziq orqali tasvirlangan signal 𝑠1 (𝑡) ni vaqt bo‘yicha siqishni ko‘ramiz. Vaqt bo‘yicha 𝑛 marta siqilgan signal 𝑠2 (𝑡) (2.8- rasm shtrix chiziq) birlamchi signal 𝑠1 (𝑡) bilan quyidagicha bog‘liqlikka ega: 𝑠2 (𝑡) = 𝑠1 (𝑛𝑡𝑢 ), (𝑛 > 1). (2.42) Signal 𝑠2 (𝑡) ning davomiyligi birlamchi signal 𝑠1 (𝑡) davomiyligi 𝜏𝑢 dan 𝑛 marta kichik, ya’ni 𝜏𝑢/𝑛. Siqilgan impuls signal spektri zichligi quyidagiga teng bo‘ladi: 2.8-rasm. Signal shakli va amplitudasini saqlagan holda uni siqish Shunday qilib, signal davomiyligini vaqt bo‘yicha 𝑛 marta qisqartirsak uning spektri kengligi mos ravishda 𝑛 marta kengayadi. Bunda signal spektri zichligining moduli 𝑛 marta kichiklashadi. Xuddi shuningdek, agar signalni 𝑛 marta uzaytirsak (cho‘zsak) uning spektri kengligi 𝑛 marta torayadi va spektri zichligining moduli 𝑛 marta kattalashadi. Yuqoridagilardan quyidagi xulosa kelib chiqadi: foydalanilayotgan signal davomiyligini qisqartirish hisobiga axborot uzatish tezligini oshirish uchun tizimning chastotalar polosasini kengaytirish talab etiladi Download 79.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling