Ifodasi va ruhiy holat qiyosi


Journal of Advanced Research and Stability


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.07.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1661317
1   2   3
Bog'liq
1161 (1)

Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
83
“Prospects for improving the quality of modern continuing education”
 
Special Issue | 2022

Shoir ushbu to‘rtlik orqali o‘z qalb prizmalarini chizib beradi. Ya’ni shoir qalbi ,,chandiq‘‘larga 
shu qadar to‘laki, ,,oydin qor‘‘ qalbiga yog‘ib uni butlashini istaydi. Shu o‘rinda ,,chandiq‘‘ va 
,,oydin qor‘‘ so‘zlari ramziy ma’noga ega bo‘lib ular shoir yuragidagi dard-u armonlar va uni 
parchalovchi davo – halovat, poklanish nazarda tutilmoqda. 
Shoir boshqa bir she’rida ayni vaziyatga zidlanadigan yana bir jumla ishlatiladi, ya’ni endi 
qalbga qor yog‘ishi emas aksincha, ,,yurakning erishi‘‘ tasvirlanadi: 
Tashqarida erir qor 
Erir yaxlagan yurak…
2
Shoirni ta’sirlantirgan holati bahor kelishi oldidan qorlarning erishi o‘z navbatida shoir 
tabiatidagi ma’lum ruhiy holatni yuzaga chiqishiga sabab bo‘ldi. She’rning tugashi shunday: 
Tashqarida erir qor 
Erir – bahordan darak. 
Ichkarida sarosar
Quvonch va hur kapalak!..
3
Ushbu to‘rtlikda tabiatning holati va shoir ichki kechinmalarining uyg‘unlashuvini ko‘rishimiz 
mumkin. Ya’ni bahor kelishidan darak berayotgan tashqi o‘zgarishlar bevosita shoir ichki 
olamiga-da bahorni olib kirib ,,quvonch‘‘ va ,,kapalak‘‘larning sarosar bo‘lishiga zamin yaratdi. 
Shoir bu she’ri orqali bahor faslining inson qalbiga, tabiatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan 
hislarni juda mohirona tasvirlaydi. Bu haqida Qozoqboy Yoʻldashev quyidagi fikrni bayon 
qilgan: "Sanʼat asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash, undan hayotning 
badiiy nusxasi boʻlishni talab qilish "mimesis" nazariyasiga borib taqaladi".
4
Shoir ham oʻz 
sheʼrlarida tabiat hodisalari tasvirini aynan chizmay, uni badiiy qayta ishlaydi. 
Shoirning ,,Bahor‘‘ deb nomlanuvchi she’rida bahor tasvirini juda jonli chizar ekan, o‘z 
kechinmalarini ham qistirib o‘tadi: 
Vahshiy go‘zalligin rangin bayroqdek 
Silkitib tepamda kezadi bahor. 
Iliqlik yugurib to‘lgan tuproqdek
Ilinjim semirar, semirar ozod.
5
Biroq shoir bu holdan xuddi bolaligidagi kabi baralla quvona olmaganini, buning oʻrniga shoir 
hayotini gʻashlik va sukun egallaganini aytadi. Shoirning ushbu sheʼrida yana bir takrorlanmas 
misrani koʻrishimiz mumkinki, u boshqa ijodkorlar sheʼrlarida uchramaydi: 
Jilmayman oʻrnimdan, yigʻlayman biroq 
Bahorga tikkancha qup-quruq koʻzni...
6
Maʼlumki, xalqimiz orasida "Quruq qoʻl bilan" iborasi mavjud. Bu birikma "hech vaqosiz", 
"hech narsasiz" maʼnolarida qoʻllaniladi. Shoir ayni oʻrinda onasini sogʻinganini, uni koʻrishni 
2
Shu manbaa 52-b. 
3
Shu manbaa 52-b. 
4
Yoʻldoshev Qozoqboy, Yusupov Jumaboy, Badiiy tahlil asoslari (oʻquv-uslubiy majmua va qoʻllanma), Urganch, 
2008. 81-b.
5
Shu manbaa 57-b.
6
Shu manbaa 57-b. 



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling