Ifodasi va ruhiy holat qiyosi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.07.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1661317
  1   2   3
Bog'liq
1161 (1)



Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
82
“Prospects for improving the quality of modern continuing education”
 
Special Issue | 2022

ULUG‘BEK HAMDAM POETIKASIDA YIL FASLLARINING 
IFODASI VA RUHIY HOLAT QIYOSI 
Otaxonova Zubayda Muzaffar Qizi 
Annotatsiy: Maqolada Ulug‘bek Hamdam she’rlaridagi yil fasllari, ulardagi tabiat o‘zgarishlari 
natijasida insonda paydo bo‘ladigan ruhiy holatlar tahlil qilinadi. Tabiat holati va inson 
ruhiyati orasidagi munosabatlar tahlili ochib beriladi. 
Kalit so`zlar: Yil fasllari, tabiat manzaralari, Bahor, ruhiyat tasviri, kechinma, badiiy tafakkur, 
qor, badiiy boʻyoq. 
Bizni o‘rab turgan tevarak-olam ma’lum qonuniyatlarga bo‘y sunadi. Fasllar almashinuvi 
silsilsasida tabiatda o‘zgarishlar ro‘y berar ekan, ko‘z oldimizda mo‘jizalar sodir boʻladi. 
Bahorning dillarga xush yoquvchi mayin shabadasi, tabiatning zeblanishi istalgan insonning 
kayfiyatini ko‘tarsa, yoz faslida tabiat o‘zgarishlari yangi bosqichga ko‘tariladi. Kuz va Qish 
fasllarining ham o‘z o‘rnida davom etishi, bu fasllarda tabiatning o‘ziga xos ko‘rinish kasb etishi 
ham barchamizga ayon.
Inson hayotda yashar ekan, bevosita atrof-muhit, tevarak-olam bilan doimiy aloqada bo‘ladi. 
Kishilar bilan muloqot, jamiyat hayoti , borliq va tabiat o‘zgarishlari inson ongi va ichki 
kechinmalariga o‘z ta’sirini o‘tkasmasdan qolmaydi. Ijod kishisi bo‘lgan har qanday inson esa 
atrof-muhit, tevarak-olam o‘zgarishlariga o‘z nuqtayi nazari va badiiy tafakkuri salmog‘idan 
kelib chiqqan holda munosabat bildiradi. XX-XXI asr o‘zbek she’riyatida yil fasllari, tabiat 
tasviriga bag‘ishlangan juda ko‘p she’rlar mavjud. Ular ayniqsa, Usmon Azim, Azim Suyun, 
Sirojiddin Sayyid, Rauf Parfi, Ulug‘bek Hamdam kabi shoirlar ijodida salmoqli o‘rin tutadi. 
Tabiat manzaralari chiziladigan bunday she’rlarda ijodkor o‘zini o‘rab turgan olamga o‘z 
munosabatini bildiradi. Holatni badiiy bo‘yoqlar bilan qayta ishlab, uni she’rxon ko‘z o‘ngida 
badiiy qayta jonlantiradi.
Tabiat manzaralari tasviri o‘rin olgan she’rlarga muallif his-tuyg‘ulari va ichki kechinmalarining 
uyg‘unlashib lirik qahramon kayfiyati va manzaraning hamohangligi yuzaga keladigan she’rlar 
ham mavjudki, biz bu singari she’rlarni Ulug‘bek Hamdam ijodida ham uchratishimiz mumkin.
Ulug‘bek Hamdam o‘zining ,, Qor yog‘di-yu…‘‘ deb boshlanuvchi she’rida qor yog‘ish holatini 
tasvirlar ekan, uning natijasida atrofni ,,oppoq gilam‘‘ qoplaganini ta’kidlaydi va dunyoning 
oqlikka burgangan past-u balandlarini ,,rangin olam‘‘ga qiyoslash orqali tabiatni jonlantiradi. 
Quyidagi bandda tabiatdagi ko‘zni quvnatuvchi ushbu holat ijodkor o‘y-hayollari tasvvur olami 
orqali shoir shaxsiga ko‘chadi: 
Xuddi shunday qalbimga
Yog‘sa edi oydin qor: 
Chuqur izlar – chandiqlar
Yopilsa edi bir bor… 
1
1
"Сени кутдим", Хамдамов Улугбек. "Фан" нашриёти, Тошкент–2007 йил. 35-b. 



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling