Igratsiyasi


Download 0.78 Mb.
bet2/4
Sana14.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1092479
1   2   3   4
Bog'liq
PISA Qushlar migratsiyasi

To‘g‘ri javob: Yakka holda yoki kichik gala hosil qilib uchib ketgan qushlarda tirik qolish va nasl qoldirish uchun imkoniyat kam bo‘lgan.

1-savolda oquvchilardan oziga xos hodisa, yani qushlarning katta gala hosil qilib, uchib ketishiga izoh tanlashlari so‘ralgan. O‘quvchilar qushlarning bunday xatti-harakatining evolyutsion ahamiyatiga mos keladigan xulosani belgilashlari kerak.

Birinchi savolga otish uchun Keyingisi



Qushlar migratsiyasi Savol 2/3

O‘ng tomondagi Qushlar migratsiyasiga qarang. Savolga javobingizni yozing.

Ko‘ngillilarning uchib ketuvchi qushlar sonini noto‘gri hisobga olishlari mumkinligini ta’minlaydigan omilni aniqlang va bu omil hisobga qanday ta’sir qilishini tushuntiring.
Qushlar migratsiyasi
Qushlar migratsiyasi qushlarning nasl qoldirish joylariga mavsumiy keng kolamli uchib ketishi va qaytib uchib kelishidir. Kongillilar har yili muayyan hududlarda uchib ketuvchi qushlar sonini sanashadi. Olimlar ayrim qushlarni tutib, ularning oyoqlariga rangli halqalar va bayroqchalarni mahkamlab qoyishadi. Olimlar qushlarning uchib ketish yollarini aniqlashda belgi qoyilgan qushlarni kuzatish bilan birga kongillilar hisobga olgan qushlar sonidan ham foydalanishadi.


2-savol tog‘risida ma’lumot.

Mazkur savol o’quvchilarning ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasini baholashga qaratilgan.


Agar oquvchilar oz javoblarida kuzatuvchilarning qushlar sonini hisobga olishlari togriligiga tasir ko‘rsatadigan kamida bitta omilni qayd etishsa, javob to‘liq qabul qilinadi. Tog‘i javoblar quyidagicha bolishi mumkin:
üqushlar balandda parvoz qilganliklari bois kuzatuvchilar ularning ayrimlarini ko‘zdan qochirishlari mumkin;
üagar ayrim qushlarni bir martadan ortiq hisobga olinsa, bu ular sonining haddan tashqari ortib ketishiga olib kelishi mumkin;
ükongillilar katta galada nechta qush borligini faqat taxmin qilishlari mumkin.

O‘quvchilar mazkur savolga tog‘ri javob berishlari uchun metodologik bilimlardan foydalanishlari zarur, bunda uchib ketuvchi qushlar sonini noto‘g‘ri hisobga olish mumkinligini taminlaydigan omilni aniqlashlari va bu ma’lumot toplashga qanday ta’sir qilishini tushuntira olishlari kerak. Malumotlar to‘plashda tosiqlarni bilish va tushuntira olish tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikning muhim jihatidir.




Qushlar migratsiyasi Savol 3/3

O‘ng tomondagi “Oltin rang rjankalarga qarang. Savolga javob berish uchun bir yoki bir nechta katakchalar ustiga bosing.

Xaritalar oltin rang rjankalar migratsiyasi haqidagi qaysi fikrlarni tasdiqlaydi?
üBir yoki bir nechta katakchani tanlashni yodda tuting.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling