Iguasu sharsharasi qaysi daryoda joylashgan?


Download 19.42 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19.42 Kb.
#195653
Bog'liq
Geografiya test


Test.

  1. Iguasu sharsharasi qaysi daryoda joylashgan?

  1. Orinoko

  2. Parana

  3. Amazonka

  4. Missipi

2. Surxondaryo okrugi tabiatini, xususan, Amudaryo to‘qayzorlarini va Ko‘hitang tog‘ landshaftini himoya ostiga olish uchun Surxondaryo qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Bu qo‘riqxona ikki qismdan iborat. Birinchi qismi Payg‘ambarorol qo‘riqxonasini o‘z ichiga oladi. Unda qaysi hayvonlar himoya qilinadi?

A) to‘qay mushugi, qirg‘ovul, yovvoyi cho‘chqa, chiyabo‘ri, tulki, g‘oz, o‘rdak

B) bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, kiyik, tog‘ takasi, tog‘ qo‘yi

C) xongul, to‘ng‘iz, tulki, to‘qay mushugi, chiyabo‘ri, quyon, tojdor tustovuq, ilon

D) ayiq, bug’i, tulki, buxoro qo’yi
3.Quyidagi qaysi daryo Surxondaryoning eng katta va eng sersuv irmog‘i, Hisor tog‘ining eng baland qismidan Qorasuv nomi bilan boshlanib, G‘ova irmog‘ini qo‘shib oladi?

A) To’palondaryo

B) Sheroboddaryo

C) Qoradaryo

D) Qoratog’daryo
4. Surxondaryo tabiiy geografik okrugining sharqida Bobotog‘ joylashgan. Bu tog‘ ancha yemirilib, pasayib qolgan bo‘lib, eng baland qaysi cho‘qqisi 2289 metrga yetadi.

A) Hazrat Sulton

B) Zarkosa

C) Xuroson

D) Pachkamar
5.Surxandaryo okrugi sharqdan va shimoli

sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara qaysi tog‘lari orqali o‘tadi.

A)Chaqchar va Boysun

B) Ko‘hitang va Chordara

C) Klif -Sherobod

D) Chaqchar va Boysun


6. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning tog‘li qismi qaysi erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida burmalangan bo‘lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan.

A) paleozoy

B) gersen

C) mezazoy

D) bo’r

7. O‘rta Zarafshon okrugining tabiiy o‘simliklari

insonlarning xo‘jalik faoliyati tufayli ancha o‘zgargan. Shu sababli sug‘oriladigan yerlarda, asosan, madaniy o‘simliklar o‘sadi. Okrugning quyi qayirlarida qanday to‘qay o‘simlikliklari uchraydi?

A)qoqiquloq, shuvoq, chalov, mingbosh, sharich

B) qamish, ro‘vak, yulg‘un, tol, yantoq, ajriq, chakanda, chuchukmiya

C) rang, qo‘ng‘irbosh, lolaqizg‘aldoq, chuchmoma

D) shuvoq, yovvoyi bug‘doy, yovvoyi arpa, cho‘l

yalpizi, chalov, mingbosh, yetmak


8. Zarafshon okrugi hududidagi Zarafshon vodiysining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u goh kengayadi, goh torayadi. Zarafshon vodiysining ana shunday kengaygan joyida qaysi botig‘I joylashgan.

A) Buxoro

B) Navoiy

C) Samarqand

D) Nurato
9. Mirzacho’l iqlimiga oid mulohazalardan qaysi birida xatolikka yo’l qo’yilgan?

A) Qishda Arktika va Sibir sovuq havo massalari bemalol to‘siqsiz tekislikka kirib keladi. Bu sovuq havo massalari okrug janubidagi tog‘lardan o‘ta olmay, tekislik qismida to‘planadi. Natijada, qishda havo harorati pasayib, yanvarda o‘rtacha harorat –1 – 3°C bo‘lsa, ayrim kunlarda havo harorati –30 –35°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda termik depressiya

ta’sirida bo‘ladi va havo quruq, jazirama issiq bo‘lib,

iyulning o‘rtacha harorati +26 +28°C bo‘ladi, ba’zida harorat +44 +45°C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi.

B) Okrugning janubiy qismidagi Nurota tizmasi va Morguzarning shimoliy yonbag‘rida yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 350—400 mm ni tashkil etadi. Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘rida esa 600 mm dan ortadi. Tog‘larda qor ko‘p yog‘adi, uning qalinligi 50 sm dan 1 m gacha yetadi.

C) Mirzacho‘lning tekislik qismida o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 250 mm atrofida bo‘lgani holda mumkin bo‘lgan bug‘lanish 1000—1200 mm. Demak, bug‘lanish yog‘in miqdoriga nisbatan 4 —4,5 baravar ko‘p.

D) Chirchiq Тurkiston tizmasidagi qor suvidan to‘yinadi, yozda suvi ko‘payib, qishda kamayadi. O‘rtacha bir oydagi suv sarfi sekundiga 6,1 m3, eng ko‘p suv sarfi sekundiga 12,2 m3 ni tashkil etadi. Daryoning uzunligi 123 km.
10.Mirzacho’l okrugning tekislik qismi shimoli g‘arbga nishab bo‘lib, o‘rtacha balandligi 250—300 m. Uning shimoli g‘arbining balandligi 260 m, janubi sharqiniki 350 m, Sirdaryo sohillarida 250 m. Janubidagi tog‘ etaklarida balandlik necha m ni tashkil etadi.

A) 350-400 m

B) 450—530 m

C) 550-600 m

D) 290-300 m
11. Qaysi okrugda yoz issiq va quruq bo‘lib, iyul oyining o‘rtacha harorati +26 +27°C, eng issiq harorat esa +43 +44°C ga yetadi. Okrugda o‘simliklarning barq urib rivojlanish davri (vegetatsiya) 230—240 kun davom etib, harorat yig‘indisi 4400— 4500°C ga yetadi.

A) Zarafshon

B) Farg’ona

C) Surxandaryo

D) Sirdaryo
12. Farg’ona okrugi yerusti tuzilishi jihatidan, markaz tomon hamda sharqdan g‘arbga pasayib boradi. Atrofini o‘rab olgan adirlarning balandligi 600 — 1200 m bo‘lsa, Farg‘ona shahrida 578 m ga, Andijonda 496 m ga, qayerda 449 m ga tushib qoladi.

A) Samarqandda

B) Qo’qonda

C) Namanganda

D) Toshkentda
13. Chirchiq daryosi suvini 100 foiz desak, shuning 55 foizi Chatqolga, 36 foizi Piskomga, necha foizi Ugom va boshqa irmoqlariga to‘g‘ri keladi.

A) 10 foizi

B) 9 foizi

C) 20 foizi

D) 3 foizi
14.Xatolikni toping.

A) Chirchiq-Ohangaron vodiysidagi tog‘lar paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan tarkib topgan.

B) Chirchiq-Ohangaron okrugining hozirgi relyefi vujudga kelishida antropogen davrida sodir bo‘lgan jarayonlar, xususan, neotektonik jarayonlarning ahamiyati katta

C) Chirchiq-Ohangaron okrugining eng g‘arbida Ugom tizmasi joylashib, Talas Olatovidan Manas cho‘qqisi (4484 m) yaqinidan janubi g‘arbga qarab davom etadi.

D) Ugom tizmasining janubi g‘arbida Qorjontov joylashgan. Undagi Mingbuloq cho‘qqisining

balandligi 4236 m.


15. Ustyurt okrugi O‘zbekistonning shimoli g‘arbida

joylashib, atrofi ochiq bo‘lganligi tufayli sovuq havo oqimi to‘siqsiz kirib keladi. Natijada, yanvarning o‘rtacha harorati –10 –11°C ga tushib, ba’zan eng past harorat nechaga tushadi

A) –38°C B) -44°C C) -27°C D) -30°C
16.Quyidagi qaysi shaharlar havosi oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid va boshqa gazlar bilan ifloslangan?

A) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon

B) Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent

C) Buxoro , Andijon, Namangan, Angren

D) Navoiy, Andijon, Namangan, Olmaliq
17. Respublikamizda korxonalar chiqarayotgan zararli birikmalarni 100 foiz desak, undan necha foizini Uglevodorod tashkil etadi?

A) 51 % B) 8,9 % C) 17,9 % D) 16 %


18.O’zbekistonning adir mintaqasi. Okean sathidan necha m gacha bo‘lgan balandliklarda joylashgan.

A) 400—500m dan 1000–1200m

B) 300-400 m dan 2000-3000m

C) 200-300 m dan 1500-1600m

D) 500-600m dan 4000-5000m
19. Qizilqum, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli tekisliklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan bo‘lib, chirindi miqdori necha foizni tashkil etadi?

A) 0,5—1 foizni

B) 0,3 —1 foizni

C) 0,3 — 0,6 foizni

D) 0,4 — 0,7 foiz
20.Qanday omil sababli zovur suvlarining ko‘payishi, sanoatdan, maishiy xo‘jalikdan, transport korxonalaridan, chorvachilik va fermalardan chiqqan iflos (tarkibida har xil zaharli kimyoviy moddalar, bakteriyalar, neft mahsulotlari bo‘lgan) suvning

bir qismi daryolarga tashlanmoqda.

A) sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatining

yaxshilanishi

B) texnika va texnalogiyalardan keng foydalanish

C) zavod va fabrikalarning ko’plab qurilishi

D) atrof muhitga inson ta’sirining kuchayishi
21.Quyidagi qaysi materikda Alp tog‘lari yoy shaklida g‘arbdan sharqqa 1 200 km masofaga cho‘zilgan.

A) Afrika

B) Yevrosiyo

C) Avstraliya

D) Shimoliy Amerika
22. Birinchi bo‘lib ispaniyalik V. Balboa 1513-

yilda Panama bo‘ynidan o‘tib, Qaysi okeanni ko‘rgan va unga Janubiy okean deb nom bergan.

A)Tinch

B) Atlantika

C) Hind

D) Shimoliy Muz


23. Quyidagi qaysi materigida doimiy sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasi bir marta, fasliy nam o‘rmonlar, savannalar va siyrak o‘rmonlar, chalacho‘l va cho‘llar, qattiq bargli doimiy yashil

o‘rmon va butazor zonalari ikki martadan takrorlanadi. Tog‘larda balandlik zonalligi mavjud

A)Yevrosiyo

B) Antarktida

C) Avstraliya

D) Afrika


24.Qaysi materik iqlimining tarkib topishida Quyosh radiatsiyasi, relyef, havo massalari, okean oqimlari muhim rol o‘ynaydi.

A) Shimoliy Amerika

B) Janubiy Amerika

C) Avstraliya

D) Afrika
25. Qaysi hududda asosan, och kashtan, qo‘ng‘ir va och jigarrang, o‘rmon qo‘ng‘ir va tog‘ podzol tuproqlar tarqalgan.

A) Old Osiyo

B) O’rta Osiyo

C) Sharqiy Yevropa

D) Sharqiy Osiyo
26. Quyidagi qaysi tog‘larida doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar,markazida savanna o‘rmonlari va savannalar, daryo deltalarida

mangra o‘rmonlari tarqalgan.

A)Himolay tog‘larida

B) G‘arbiy Gatt tog‘larida

C) Hind-Gang to’glarida

D) Shimoliy Hind tog’larida


27. Qaysi materikning 95% pasttekislik, yassi togliklarsdan , 5% esa tog’liklardan iborat?

A) Avstrailya

B) Januhiy Amerika

C) Afrika

D) Antarktida
28. Quyidagi ta’rif Shimoliy Amerikaning qaysi tabiat zonasiga tegishli?

“••• Daraxtlarning bo‘yi oO-1oo m ga boradi. Tinch okeani sohillarida ham duglas qarag‘ayi,

oq va qora qarag'ay, kedr ko‘p o'sadi. Labrador yarimorolidagi daraxtlarning 90% і qora qarag'ayga to‘g‘ri keladi.

A) tundra va o'rmon-tundra

B) tayga zonasi

C) aralash va keng bargli o‘rmonlar

D) o'rmon dasht
29. Yerni sharsimon, yumaloq bo'lsa kerak, degan dastlabki tasavvurning yuzaga kelganiga qancha vaqt bo‘ldi?

A) 7,0 ming yil

B) 3,5 ming yil

C) 2,4 ming yil

D) 1,0 ming yil
30. Tog’ etagida havo bosimi 720 mm, cho‘qqisida esa 480 mm ni tashkil etsa, ushbu tog‘ning mutloq (a) va nisbiy (b) balandligini aniqlang.

A) a-400 metr, b-2400 metr

B) a-1200 metr, b-240 metr

C) a-2800 metr, b-2400 metr



D) a-2400 metr, b-4000 metr
Download 19.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling