Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 2
mashaqqatli mehnat ortidan erishilajak ne’matlar – fikriy, qalbiy, amaliy o‘zgarish va yuksalishlar qo‘lga kiritilmay qolishi mumkin. «Ihyo» sabrtalab kitob. Uning mutolaasiga kirishgan kishi hayratomuz fikrlarga yoki bugun mutlaq haqiqat deya ishonilgan bir so‘zning teskarisiga duch kelib qolsa, «berdi»siga yetgunicha sabr qilishni, bu gap noto‘g‘ri-ku, deb kitobni yopmasligi kerak. «Ihyo»ning uslubi shundayki, bir fikr o‘rtaga tashlansa, uning xulosasi ko‘ngina kitoblardagi singari o‘sha zahoti yoki bir necha satrdan so‘ng emas, balki keyingi sahifada, hatto bir necha betlar keyin keladi. Shuning uchun sabr bilan o‘qiganlargina uning hayrat vodiylarda rohat ila sayr qiladi. Zero, har qanday ilm cho‘qqisiga sabr bilan yetishiladi. Shuningdek, «Ihyo»da ayrim mulohazalar borki, ulardan umumlashtiruvchi xulosa chiqarish lozim bo‘ladi. Masalan, fiqh ilmi va olimlari haqidagi fikrlar (ayni masalada o‘sha zamondagi holatni ham nazardan qochirmaslik kerak). Ulardan Imom G‘azzoliy fiqhni va faqihlarni yomon ko‘rar ekan, degan xulosa chiqmaydi. Balki muallif zamonasining olimlarini tanqid qilar ekan, haqiqiy faqih qanday bo‘lishini tushuntiradi, fikrini ulug‘ imomlarning holatlarini bayon qilish ila isbotlaydi. «Ihyo»ni o‘qiyotgan kishidan yana xolisnazar va sergak bo‘lish talab etiladi. Aks holda ixtilofli fikrlar uyg‘onishi mumkin. Chunki Imom G‘azzoliy yashagan davr ila bugungi kunning diniy-dunyoviy hayotida ham, tushunchalarida ham tafovutlar mavjud, u paytda muhim bo‘lgan ba’zi narsalar bugun eskirgan, u paytda rad qilingan ba’zi narsalar bugun muhimga aylangan bo‘lishi mumkin. «Ihyou ulumid-din» nafaqat din ilmlarini, balki o‘lik, mudroq, g‘ofil dillarni ham tiriltiruvchi asardir, qalblardagi narsani kashf etuvchi oynadir. Uni o‘qib-tushunganlar bunga amin bo‘lajaklar. Endi, bevosita kitob va uning tarjimasi haqida. Imom Abu Homid G‘azzoliy «Ihyo»da to‘rtta katta mavzuni jamlaganlar: ibodatlar haqidagi qism, urf-odatlar haqidagi qism, halok qiluvchi va najot beruvchi narsalar haqidagi qismlar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta kitobni o‘z ichiga olgan. Bu haqda Imom hazratlari muqaddimalarida xabar berganlar. Imom G‘azzoliy biror mavzuni yoritar ekanlar, islomiy odob va an’anaga ko‘ra, dastlab unga tegishli oyatlarni keltiradilar, so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga murojaat etadilar, keyin esa, sahobalar, tobe’inlar va boshqa ulug‘larimizning so‘zlaridan, siyratlaridan dalillar keltiradilar, shundan so‘ng fikr-mulohazalarini bayon etadilar, lozim o‘rinlarda so‘zlarini hujjat bilan quvvatlaydilar. Muallif hadislarning izohini keltirmagan bo‘lsa-da, keyinchalik alloma Zayniddin Abu Fazl Abdurrahim ibn Husayn Iroqiy (hijriy 806 yilda vafot etganlar) tomonlaridan bu jihat to‘la ishlab chiqilgan, ya’ni har bir hadisning asosi keltirilgan, izohi berilgan. Shunga ko‘ra, tarjimada hadislar raqamlandi va kitobning oxirida ularning izohi ilova qilindi. «Ihyo»ning ibodatlarga bag‘ishlangan birinchi qismi Ilm kitobi bilan ochiladi. Biz uni alohida holida chop etayotgan ekanmiz, bunda o‘zimizning ham, bugungi o‘zbek kitobxonining ham holi-sharoitiga qarab yo‘l tutildi. Keyingi kitoblar qay holatda – Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling