Ihyou ulumid-din
odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmagaysizlar!» deb ahd-paymon
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Albatta, ahli Kitob ichida Allohga hamda sizlarga nozil qilingan va o‘zlariga nozil qilingan narsalarga iymon keltiruvchi, Allohga itoat qilib bosh eguvchi
odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmagaysizlar!» deb ahd-paymon
olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar va uni ozgina qiymatga sotdilar» (Oli Imron surasi, 187-oyat). 144. Abu Dovud va Ibn Mojalar yaxshi isnod ila rivoyat qilishgan. Oxirat olimlari haqida esa, bunday marhamat qiladi: «Albatta, ahli Kitob ichida Allohga hamda sizlarga nozil qilingan va o‘zlariga nozil qilingan narsalarga iymon keltiruvchi, Allohga itoat qilib bosh eguvchi, Allohning oyatlarini ozgina qiymatga sotib yubormaydigan zotlar ham borligi aniq-ravshandir. Ana o‘shalar uchun Parvardigorlari huzurida ajru-savob bordir» (Oli Imron surasi, 199-oyat). Salaflardan biri aytadi: «Olimlar payg‘ambarlar bilan, qozilar podsholar bilan hashr qilinadi. Ilmi bilan dunyoni talab qilgan har bir faqih ham qozilar hukmida bo‘ladi». Abu Dardo (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Alloh taolo biz payg‘ambarlarga: «Dindan boshqa narsa uchun fiqh o‘rganadigan, amal qilishdan boshqa maqsad uchun ilm oladigan, oxirat amali bilan dunyo talab qiladigan, odamlar nazarida (g‘arib ko‘rinish uchun) qo‘y po‘stinini kiyadigan, ammo qalblari bo‘ri qalbi kabi bo‘lgan, tillari asaldan shirin, qalblari sabirdan (aloe) ham achchiq odamlarga aytingki, ular Meni aldamoqchi bo‘lyaptilarmi?! Meni masxara qilyaptilarmi?! Albatta, ularga shunday fitna (eshiklarini) ochamanki, eng halim kishilar ham hayratda qoladilar», deb vahiy qilgan»,145 dedilar». 145. Ibn Abdulbar zaif isnod bilan rivoyat qilgan. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 100 Zahhok (r.a.) Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: «Bu ummatning olimlari ikki toifa. Bir toifasi Alloh unga ilm bergan, u esa, ilmini odamlarga sarflagan (o‘rgatgan), evaziga hech narsa olmagan va uni biror qiymatga sotmagan kishidir. Uning haqqiga osmondagi qushlar, suvdagi baliqlar, yerdagi hayvonlar va kiroman kotibin (amallarni yozuvchi farishtalar) salovot aytib turadi. U qiyomat kuni sharafli, ulug‘ inson sifatida payg‘ambarlar hamrohligida Allohning huzuriga keltiriladi. Ikkinchi toifa esa, Alloh unga dunyoda ilm bergan, u esa, ilmni Allohning bandalaridan qizg‘angan, (o‘rgatsa ham) evaziga biror narsa olgan va ilmni (arzon qiymatga) sotib yuborgan kishidir. U qiyomat kuni olovli yugan bilan yuganlangan holda keltiriladi. Odamlar boshida turib, bir nido qiluvchi: «Bu falonchi o‘g‘li falonchidir. Dunyoda Alloh unga ilm bergan edi. U esa, Allohning bandalaridan qizg‘andi. (O‘rgatsa ham) evaziga bir narsa olgan va uni arzon qiymatga sotib yuborgan edi», deb nido qiladi. Odamlar hisob-kitobi tugagunga qadar shunday holda azoblanib turadi».146 Quyidagi rivoyat bundan qattiqroqdir: «Bir kishi Muso alayhissalomga xizmat qilib yurar edi. Qachon gapirsa: «Muso safiyulloh (Allohning pokiza bandasi) menga unday degan», «Muso najiyulloh (Allohning sirdosh bandasi) bunday degan», «Muso kalimulloh ana shunday degan», deb gapirib yurardi. U boy bo‘lib, moli ko‘payib ketgach, Muso (a.s.) uni yo‘qotib qo‘ydilar (ya’ni, u Musoning oldilariga kelmay qo‘ydi). Muso (a.s.) uni ko‘p surishtirdilar. Lekin biror xabar topmadilar. Oxiri bir kuni Muso (a.s.) huzurlariga bo‘yniga arqon bog‘langan to‘ng‘izni yetaklab bir odam keldi. Undan Muso (a.s.): «Falonchini taniysanmi?» deb so‘radilar. U odam: «Ha, taniyman. U mana shu to‘ng‘izdir», deb javob berdi. Shunda Muso (a.s.): «Ey Rabbim! Sendan uni o‘z holiga qaytarishingni iltijo etaman, toki undan bu holga qanday qilib tushib qolganini so‘ray», deb duo qildilar. Alloh taolo unga vahiy qildiki: "Agar Menga Odam (a.s.) va undan keyingi (payg‘ambarlar) duosi bilan duo qilsang ham, bu odam haqidagi duoyingni qabul etmayman. Lekin uni nega bunday holga solganimni xabar qilaman. Sababi shuki bu odam, din vositasida dunyoni talab qilar edi». Bundan-da qattiqroq xabarni Muoz ibn Jabal (r.a.) mavquf va marfu’ holda rivoyat qilganlar: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Olimning fitnalaridan biri – gapirish eshitishdan ko‘ra yoqimli bo‘lishidir»,147 dedilar». 146. Tabaroniy zaif isnod bilan rivoyat qilgan. 147. Abu Nu’aym va Ibn Javziy «Mavzu’ot»da rivoyat qilishgan. Gapirishda so‘zni bezash va ziyoda qilish bor. Gapiruvchi kishi xatodan omon qolmaydi. Sukutda esa salomatlik va ilm bordir. Shunday olimlar ham borki, o‘zi ilm to‘playdi, lekin bu ilmning boshqalarda bo‘lishini yoqtirmaydi, ular do‘zaxning birinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmida o‘zini podsholardek tutadi. Uning ilmidan biror narsa e’tiborsiz qolsa, g‘azablanadi, ular do‘zaxning ikkinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmini va g‘aroyib so‘zlarini sharafli va boy kishilarga sarflaydi. Lekin ilmga muhtoj kishilarni o‘ziga loyiq ko‘rmaydi, ular do‘zaxning uchinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, o‘zlarini fatvo beruvchi ko‘rsatib, noto‘g‘ri fatvolar beradi. Alloh esa takalluf qilguvchilarni yomon ko‘radi. Ular do‘zaxning to‘rtinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan yana shundaylari borki, ilmini ko‘p ko‘rsatish uchun yahudiy va nasorolar so‘zini gapiradi. Ular do‘zaxning beshinchi tabaqasida bo‘ladi. Olimlardan shundaylari borki, ilmini odamlar orasida o‘zini ko‘rsatish, fazilatini bildirish va nomi zikr etilishi uchun vosita qilib oladi. Ular do‘zaxning oltinchi Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling