Ihyou ulumid-din
«(Va unga deyilur): «Nomai a’molingni o‘qi! Bugun o‘z nafsing o‘zingga qarshi
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
«(Va unga deyilur): «Nomai a’molingni o‘qi! Bugun o‘z nafsing o‘zingga qarshi
yetarli hisobchidir» (Isro surasi, 14-oyat); «Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (mangu) hayot (diyoridir)» (Ankabut surasi, 64-oyat). (Mukoshafa ilmi ila qalbda zohir bo‘lgan nur bilan) shuningdek, Allohga yo‘liqib, Uning karim yuziga nazar solish, Unga yaqin bo‘lish, Unga qo‘shni tutinish, malaul a’lo saodatiga musharraf bo‘lish, farishta va nabiylarga yaqin bo‘lish, ahli jannat darajalarining tafovuti, hatto, ular bir-biriga osmondagi yulduzga qaragandek qarashlari Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 34 ma’nosini anglaydi. Mana shu yuqorida zikr qilingan ishlarni tasdiqlab, ma’nosini anglashda odamlar bir necha maqomlarga bo‘linadi. Ba’zilarning fikricha, ularning hammasi Alloh taolo solih bandalariga tayyorlab qo‘ygan, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan, inson qalbi his etmagan tamsillardir. Aytilayotganlar jannatda xalq qilingan narsalarning ism va sifatlari, xolos. Ayrimlarning fikricha, u narsalarning ba’zilari lafzdan tushunilgan narsaga muvofiq keladi. Ba’zi birovlar esa, Alloh azza va jallani tanishning oxirgi chegarasi Uni tanishdan ojiz ekanini e’tirof qilishdir, deyishadi. Ba’zilar Alloh azza va jallani tanishda katta bir ishni da’vo qilishadi. Yana ba’zilar, Alloh azza va jallani tanishning chegarasi avom e’tiqodining Alloh mavjud, olim, qodir, sami’, basiyr, mutakallim, deb to‘xtagan joyidir, deyishadi. Demak, mukoshafa ilmi deb: yopiq parda ko‘tarilgan, haq ravshan bo‘lib shakshubhasiz gumon qilinmaydigan ayon narsa ravshan bo‘lganga o‘xshash holga kelganiga aytiladi. Agar qalb oynasi dunyo iflosliklari bilan qattiq kirlanmasa, mazkur hol inson javharida mumkindir. Oxirat yo‘li ilmi qalb oynasini iflosliklardan tozalab, sayqallab, Allohning sifati va fe’lini topishda to‘siq bo‘ladigan narsalarni ko‘taradi. Bu ish shahvatlardan tiyilib, hamma holatda anbiyolarga iqtido qilish bilan bo‘ladi. Ana shu taqdirdagina qalb musaffo bo‘lib, haq yuzaga chiqadi va nur taratadi. Bu darajaga faqat riyozat bilan (bu haqda o‘z o‘rnida batafsil bayon keladi), ilm va ta’lim bilan erishiladi. Ammo u ilmlar kitoblarda bitilmaydi. Undan biror narsa in’om etilgan kishi uni gapiradi va ilmdan gapirgan narsasining ahliga aylanadi, muzokara va sirda unga sherik bo‘ladi. Bu ish maxfiydir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarida ilmni nazarda tutganlar: «Ilmning maknun (yashirin) hay’atlisi bor. Uni faqat Allohni taniganlar biladi. Agar u haqda gapirilsa, Alloh haqida g‘ururga ketganlargina anglamaydi. Alloh ilm bergan olimni past sanamanglar. Chunki Alloh unga ilm berayotganda past sanamagan».71 71. Abu Abdurahmon Sulmiy Abu Hurayradan zaif isnod bilan rivoyat qilgan. Ikkinchi qism esa, muomala ilmidir. U qalb holatlarini o‘rganadi. Ularning ichida sabr, shukr, xavf (doimo Allohdan qo‘rqib turish), rajo (Allohning rahmatidan umid qilish), rizo (qazoi qadarga rozi bo‘lish), zuhd, taqvo, qanoat, saxovat, minnat Alloh taologa xos ekanini bilish, yaxshi fikrda bo‘lish, go‘zal xulqlilik, birgalikda go‘zal hayot kechirish, rostgo‘ylik va ixlos kabi maqtovli holatlar bor. Ularning haqiqatini, me’yorlarini va sabablarini, samarasini, belgilarini o‘rganish va zaif bo‘lganini muolaja qilib, kuchaytirish oxirat ilmidir. Shuningdek, qalb holatlari ichida qoralanadiganlari bor: faqirlikdan qo‘rqish, norizo bo‘lish, hiyla, gina, hasad, aldov, mansabparastlik, maqtovni yoqtirish, dunyoda uzoq muddat qolishni yaxshi ko‘rish, kibr, riyo, g‘azab, qo‘pollik, adovat, nafrat, tama’, baxillik, (dunyo ashyolariga) rag‘bat, maqtanchoqlik, nonko‘rlik, boylarni ulug‘lash, faqirlarni kamsitish, g‘ururlanish, manmanlik, faxrlanish, haqni qabul qilmaslik, manfaatsiz narsalarga kirishish, sergaplik, maqtanchoqlik, odamlar uchun ziynatlanish, laganbardorlik, o‘z aybi qolib, o‘zgalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lish, qalbdan Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling