Ii- bob xarkatli uyinlarni tanlab olish tashkil kili shva utkazish koidalari
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o‘yinlari
Download 334.5 Kb.
|
harakatli o\'yinlar
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o‘yinlari.
Bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishda sport o‘yinlari va mashqlariga katta o‘rin beriladi. Chang‘ida yurish, konkida, chanada uchish, velosipedda, samakatda, sport rollerda yurish, shuningdek suzish sport mashqlariga mansubdir. Ularning barchasi asosiy mushak gruhlarini mustahkamlashga, suyak, yurak-tomir, nafas olish va nerv tizimlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, chidamkorlik…), shuningdek, ritmlilik, harakatlar koordinatsiyasi, fazoda mo‘ljal olish malakasi rivojlanadi. Velosipedda yurish, konkida uchish vestibulyar barqarorlikni rivojlantiradi. Tegishli kiyimda turli temperaturada toza havodagi mashg‘ulotlar quyosh nurida, shuningdek suvda chiniqish modda almashishini kuchaytiradi va chiniqtirishga xizmat qiladi. Sport mashg‘ulotlaridan iborat mashg‘ulotlar bolalarga tabiat xodisalarini bilishga (qor, shamol, muz, suv…) sirg‘alish, tormozlanish haqidagi tushunchalarni, shuningdek sportroller, velosiped tuzilishi haqidagi bilimlarini egallashiga imkon beradi. Sport mashqlari – mushaklarni mustahkamlashga, suyak, yurak, qon-tomir, asab tizimini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlardir. Ochiq havoda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarni sport mashqlari va sport o‘yinlari elementlariga o‘rgatadi. Bu ishni asosan tarbiyachi olib boradi, lekin bolalarning sport mashqlarini bajarish malakalarini egallab va sport o‘yinlarini o‘ynashni bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va mustahkamlab borish kerak. Ob-havo sharoiti, sport jihozlarining bor-yo‘qligi, bolalarning u yoki bu sport o‘yini va mashqlarini egallab olish darajasiga qarab, tarbiyachi rejada ko‘rsatilagn sport turlarini hafta bo‘yicha (ertalabki va kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar bir necha o‘yin turlarini mashq qilishlari mumkin. Masalan: ba’zi birlari velosiped uchadilar, ayrimlari stol tennisi va badminton o‘ynaydilar keyin esa ular o‘zaro o‘rin almashadilar, Dastlab tarbiyachi sport o‘yinlari va mashqlarida ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida mashqni yetarlicha o‘zlashtirmagan bolalarni jalb etadi. Keyinroq esa hamma bolalarning faol bo‘lishiga harakat qilishi kerak. Bolalar faqat sport o‘yinlari elementini o‘zlashtirib olishlari emas, balki ularning asosiy qoidalarini foydalanayotgan sport inventarlarining qismlari nomini, ularni asrab-avaylab saqlashni bilishlari lozim. Agar tarbiyachining o‘zi sport o‘yinlarida faol ishtirok etsa, bolalarning xatti-harakatiga rahbarlik qilsa, sport o‘yinlariga o‘rgatish ancha tezlashadi. Insoniyat madaniyatining xazinalaridan biri- bu harakatli harakatli o’yinlardir. Ularning turlari, har xilligi bepayon o’lkandir. Harakatli o’yinlar odamlarning barcha moddiy va ma’naviy ijodiyotini aks ettirib kelgan va yana ham boyitib kelgan. Tabiydirki, harakatli o’yinlarning kelib chiqishi, mazmuni va ahamiyatini o’rganib kelishda ko’pgina bilim tarmoqlari azaldan o’rganib kelmoqda. Jumladan, tarix, etnopedagogikka, antrropologiya, pedagogika hamda jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati, shular qatorida boshqa fanlar ham qiziqib kelmoqda. Harakatli o’yinlar to’g’risida ozmi- ko’pmi, deyarli darajada kitob va maqolalar mavjud. Sobiq sovet davrida yozilgan va chop etilgan nazariy , uslubiy tasnifida harakatli o’yinlarni roli, ahamiyati, ularni keng miqyosida targ’ib qilinishi,folklyorli o’yinlar bilan taqqoslanishi, hamda barcha xalqlar ijodiyoti va amaliyotida qo’llanilishi va hakazo aytib o’tilgan. Shunungdek O’zbekiston Respublikasida ham harakatli xalq o’yinlari to’g’risida bir qancha ilmiy-amaliy ishlarni olib borilib bir necha qo’llanma tavsiyanomalar va kitoblar chop etilgan. Shu yuqorida aytib o’tilgan hamda joriy mamlakatlarning mutahasislari ijodiyotida chop etilgan adabiyotlarni o’rganib taxlil qilishda shu narsalar ma’lum bo’ldiki, harakatli o’yinlar ongli faoliyat bo’lib ularning aniq harakat vazifasini bajarishga bag’ishlangan. Harakatli o’yinlarda o’yinchini ijodiy tashabbusi turli harakatlarni namoyon bo’lishi jamoanint birdamligi bilan kelishilgan holda ifodalanadi. Bolalarning o’yin faoliyatida ikkita juda muhim ob’ektiv biri birovi bilan bog’langan, mezonlar mavjud.Bir tomondan bolalar amaliy faoliyatga kirishib jismoniy rivojlanishida, mustaqil harakat qilishga odatlanadilar. Ikkinchi tomondan – shu faoliyat ma’naviy va nafosat ozuqa olishib qanoat hosil qilishadi, tevarak atrofdagi muhitni o’rganishni chuqurlashtiradilar. Bularni barchasini natijada shaxsni to’liq tarbiyalanishiga keng yordam beradi.Shunday qilib, harakatli o’yin tarbiyaning mujassamlangan bir vosita u har tomonlama jismoniy tayyorgarlikka yo’naltirilgan (jamoa faoloyatining o’zgaruvchan sharoitida asosiy harakatlarni o’zlashtiribgina qolmasdan, balki murakkab hatti-harakatlarni bajarish), bo’lib o’yin ishtirokchilarini organizmni funksiyalarini fe’l-atvorini ham takomillashtiradi. Harakatli o’yinlarning eng asosiy belgisi-bu ularning ongli haddi-harakat tasnifi. O’yinchilarning oldida har qancha maqsad qo’yiladi-o’yinni asosiy vazifasi qanday bo’lmasin yutib chiqishi,natijaga erishish, qanday yo’llar va usullar bo’lmasin faqat belgilangan qoidalarga rioya qilish natijasida va o’yinchalarni o’zlari, o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib masalalarini yechish beriladi. «Harakatli o’yin» tushunchasi o’ziga ko’pgina har-xil falklorli o’yin shaklini qamrab olib, shulardan har qaysisi nihoyatda bolalarni har tomonlama rivojlantirishiga jismoniy psixologik va aqliy o’sishiga yordam beradi.Harakatli xalq o’yini falklor o’yinlarning bir turidan iborat bo’lib,asosiy mazmuni ko’proq harakat faoliyatining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan. Download 334.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling