Ii- bob xarkatli uyinlarni tanlab olish tashkil kili shva utkazish koidalari


Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishida harakatli o‘yinlarning o’rni


Download 334.5 Kb.
bet6/9
Sana10.02.2023
Hajmi334.5 Kb.
#1187743
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
harakatli o\'yinlar

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishida harakatli o‘yinlarning o’rni
Eng qadimiy, boshlanishdavrdagi harakatli o’yinlar faqat mehnatga hamda uy ro’zg’or ishlashiga xos narsalarni aks ettirgan xolos. Keyinchalik bu tushunchalar anchagina kengaytirilib, unga keng miqyosida mazmuni boyitib berila boshladi.
Boshlang’ich davrida harakatli o’yinlarning oyoqqa turish holatlariga ega bo’lib, ular ko’proq taqlid qilish hamda ko’rgan, bilgan narsalarni yig’indisi va ovga chiqish kabilardan (odamlarning eng qadimiy faoliyatlarini shakli sifatida) iborat bo’lgan. Shuning uchun ham ko’pgina xalqlar harakatli o’yinlarning mazmuniy tomonlari qushlar, hayvonot olami bilan bog’liq, hayvonot olami bilan bo’g’liq («G’ozlar va oq oushlar», «»Bori va cho’pon», «Tulki va tovuqlar»-rua xalq o’yinlariga talluqli.
«Cho’pon», «Oq terakmi, ko’k terak», «Chavandoz», «Qirqtosh», «Mushuk va sichqonlar» va hakazo. O’zbek o’yinlariga xos)
Mehnatga taqlid qilish harakatli o’yinlari, ko’rinishi bo’yicha, juda erta jismoniy tarbiya vositasi kabi ob’ektiv hayotiy manba sifatida qo’llana boshlanganligi aniq. Binobarin jamiyatni rivojlanishi bilan o’ziga xos va mos talablar paydo bo’la boshladi, ya’ni harakatli o’yinlarni boshqacha shakillariga o’tkazish hayajonliroq, raqs, ashula, she’r va hakazo. Faqatgina harakatlar bilan chegaralanmay yana ham jonliroq o’tkazilishi to’g’ri keladi.
Bolalarni kolliktivchilik,mehnatsevarlik va jamoat oldida o’z burchi his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalari hisoblanadi. Bola maktabga qadam qo’ygan birinchi, kundan boshlab, unda mehnatga nisbatan muxabbat uyg’otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarning sivimli o’uinlaridan foydalanish ayni muddaodir.
O’yinlar hayotidagi to’siqlarni yengish hamda har xil hislat va qobilyatlarini ro’yobga chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari odatda, bolalar sevib o’ynaydigan, ularga quvonch baxsh etadigan musobaqa elemintlari xam harakatli oyinlarga kiradi.
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o’yinlari taqlid qilish tabiatida bo’ladi. Bola tevarak atrofdagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni o’yiniga kiritadi va shu o’yin vositasida o’zini qurshab turgan olamni bilib oladi, binobarin, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo’ladi.
O’quvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi tabiat hodisalari va jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o’ynar ekan, bu hodisa va harakatlarning ma’nosini anglay boradi, asta-sekin hayotiy tajriba arttiradi, qiyinchiliklarni yengishga o’rganadi, unda harakat ko’nikmalari hosil bo’ladi va tasavvur tobora boyib boradi.
Kitobda bayon etiladigan o’yinlar, chunonchi yurish, yugurish, sakrash, irg’itish yoki uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Milliy harakatli o‘yinlarni mashg‘ulotlar davomida qo‘llash bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi, ularni kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tarixmizdan meros bo‘lib qolgan o‘zbek xalq milliy o‘yinlari xayotda tadbiq etishga kengroq yo‘l ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirlishi, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, xar xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish o‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish muqarrardir. Milliy xalq o‘yinlari qadimqadim zamonlardan boshlab, xalq marosimlarida, urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda, baxshilarda keng qo‘llangan bo‘lib, ming yillar davomida rivojlanib, tokomillashib kelgan.
Xalq milliy o‘yinlari ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan o‘zbek milliy xalq o‘yinlari “Otda chopish”, “Qiz quvlash”, “Uloq”, “Kamonda otish”,
“ Хo‘roz jangi”, “Besh tosh”, “Sapalak”, “Jambalak xola”, “Kurash”, “Kim tez o‘raydi”, “Chillak” kabi va boshqa o‘yinlar orqali botirlik, epchillik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda, hamda qaddi qomatni shakllantirish, axloq odob, ong, xotira, diqqat kabi xislatlarni sayqal toptirishda va albatta sog‘liqni mustahkamlashda eng samarali vosita bo‘lib kelgan.
Xalq milliy o‘yinlari, jumladan o‘zbek milliy o‘yinlari barcha xalq elatlari kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to‘qish asboblari, ashula va raqs va boshqalar) insoniyat tarixining turli ijtimoiy iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o‘ziga xos etno va filoontogenetik xususiyatlari asosida ixtiro qilingan va shakllanib kelgan.

O‘zbek xalq o‘yinlarni o‘ziga xos urf odatlaridan, turmush sharaotlaridan, yashash iqlimi, tarixi obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo‘lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, slomatligiga ko‘ra qo‘llangan lekin shu vaqtgacha aksariyat mutaxassislar o‘zbek xalq o‘yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko‘zda tutmaganlar yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar.
Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o‘zbek xalq o‘yinlari va umuman xarakatli o‘yinlar ancha yutiqqa ega bo‘lgan edi. Chunki har bir o‘yinni tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi xam to‘g‘ri belgilanadi.
Ma’lumki o‘zbek xalq o‘yinlari o‘z ichiga harakat jihatidan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni yo‘nallishlari bo‘yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak ularni tasniflash (klassifikasiyalash) zarur o‘rinni egallaydi.


Download 334.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling