Devon-u lug`atit turk
Download 16.05 Kb.
|
M
M. Qoshg`ariy “Devon-u lug`atit turk” asaridan: Alp er To`nga o`ldimi Yaramas dunyo qoldimu Dunyo undan o`chini oldimi Endi yuraklar uning uchun yaralanmoqda
Ko`rkam, chiroyli to`ning o`zinga, shirin ovqatingni boshqalarga ata; qo`noqlarni hurmatla, toki, shuhrating el-yurtga taralsin
Ko`zimning nuri ketdi, mening ruhimni ham olib ketdi. Endi uning yuqligi meni uyqudan uyg`otadi, uyquga yo`l bermaydi.
Uning ishini bitirdim Hamrohiniham qochirdim O`lim og`usini ichirdim Yuzini burishtirgan holda ichdi
Yusuf xos hojib “Qutadg`u bilig” asaridan: Bilimsiz Kishida kasallik bo`lar Kasal emlanmasa yashamas o`lar So`zingni tiyib yur, boshing yormasin, Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin Tilingni avayla – omondir boshing So`zingni avayla – uzayar yoshing Oq sut bilan kirsa qaysi bir qiliq, O`lim tutmaguncha o`zgarmas yo`riq Fitrat “Adabiyot qoidalari” asarida folklore san’atining tur va janrlari, o`ziga xos xususiyatlari xususida xolis ilmiy ta’rif va fikrlar bayon qiladi. Bundan tashqari ushbu asarda folklorning ashula, ertak, doston, lapar, topishmoq va maqol kabi janrlarning o’ziga xos tuzilishi,poetikasi bilan birga ularning o`zaro ichki ta’sir va aloqalarini ham teran tahlil etadi. Fitrat folklorning yozma adabiyotdan farqli tomonlarini ko`rsatar ekan, uning xalq ruhiyati va kayfiyati, ongi va tushunchalarini ifodalashini, folklore keng omma tomonidan yaratilishini,xalq marosimlarida aytilishini, asrlar mobaynida og`izdan og`izga ko`chib o`zgarib sayqallanib borishini aytadi. Fitrat folklore asarlarning ko`pchilikka tushunarli soda uslubda, ko`pchilik qalbiga yaqin kechinmalar asosida yaratilganligiga alohida e’tibor qaratar ekan, shu xususiyatlar uning eng muhim belgilaridan biri ekanligini ta’kidlashga urinadi. Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli bu – xalq og`zaki ijodi sanaladi. Mahmud Qoshg`ariy, Abulqosim Mhahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Abulg`ozi Bahodirxon, Muhammad Sharif Gulxaniy kabi ijodkorlar ham o`z asarlaridan folklor namunalaridan keng foydalangan. “Zarbulmasal” asaridan: Osh egasi bila totlig` O`tirgan qiz o`rnin topar Xayr ishga hech istihora hojat emas. Bor maqtansa topilur, yo`q maqtansa chopilur Uyat o`limdan qattiq Ermon yog`ochni egilgani - singani, er yigitning uyalgani - o`lgani Download 16.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling