Ii- mavzu. Talab va taklif nazariyasi


Muvozanatdagi O`zgarishlarni Tahlil Qilishdagi Uch Qadam


Download 1.2 Mb.
bet13/16
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770723
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 MAVZU.

Muvozanatdagi O`zgarishlarni Tahlil Qilishdagi Uch Qadam


Hozircha biz talab va taklif birgalikda bozor muvozanatini narx va xaridorlar sotib olgan hamda sotuvchilar ishlab chiqargan tovarlar hajmi bilan birgalikda qanday qilib aniqlanishini ko`rdik. Muvozanatli narxi va miqdor talab va taklif egri chizig’i holatiga bog'liq. Ma’lum bir voqea bu egri chiziqni o`zgartirsa, natijada sotuvchilar va xaridorlar o`rtasida yangi narx va yangi miqdor o`zgarishi yuzaga keladi.
Muvozanatga biror voqea qanday qilib ta’sir ko`rsatishini tahlil qilayotganda, biz quyidagi uch qadamni ko`rib chiqamiz. Birinchidan, tasavvur qilaylik bir voqea taklif egri chizig’iga, talab egri chizig’iga va ba’zi holatlarda ikkala egri chiziqqa ham ta’sir etdi. Ikkinchidan, egri chiziq o`ngga yoki chapga tomon o`zgardi.
Uchinchidan, biz talab va taklif rasmsini dastlabki va yangi muvozanat nuqtasini narx va miqdor muvozanatiga ta’sir ko`rsatishini taqqoslash uchun foydalanamiz. 3-jadval bu 3 qadamga xulosa yasaydi. Keling ushbu qadamlar qanday qo`llanilganligini ko`rish uchun muzqaymoq bozori uchun qanday ta’sir ko`rsatishini ko`rib chiqamiz.
Misol: Talab o`zgarganda bozor muvozanatining o`zgarishi. Faraz qilaylik bir yozda havo juda ham issiq. Bu hodisa muzqaymoq bozori uchun qanday ta’sir ko`rsatadi. Bu savolga javob berish uchun yuqoridagi uch qadamdan foydalanamiz.

    1. Issiq havo talab egri chizig’iga iste’molchilarning muzqaymoqqa bo`lgan ehtiyojiga ko`ra ta’sir ko`rsatadi. Issiq havo sotiladigan muzqaymoq hajmiga ta’sir etadi, iste’molchi muzqaymoqning narxi qanday bo`lishidan qat’iy nazar sotib olishni xohlaydi. Taklif egri chizig’i o`zgarmay qoladi, chunki

ob-havo firma tomonidan sotiladigan muzqaymoqqa to`g’ridan to`g’ri ta’sir etmaydi.

    1. Issiq ob-havo odamlarni ko`proq muzqaymoq iste’mol qilishga undagani sababli talab egri chizig’i o`ngga siljiydi. 10-rasmda talab oshganligi sababli talab egri chizig’i dan ga ko`chadi. Bu o`zgarish har qanday narxda muzqaymoqqa bo`lgan talab miqdori yuqori ekanligini ko`rsatadi.

    2. 10-rasmda muvozanat narx 2.00 $ dan 2.50 $ ga ko`tarilganligini va muvozanat miqdor7 birlikdan 10 birlikka oshganligini ko`rishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, issiq ob-havo muzqaymoq narxi va sotish hajmini oshirdi.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling