Ii. Asosiy qism 6


Download 218.29 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi218.29 Kb.
#1493707
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI

MUNDARIJA


I.Kirish 3
II.Asosiy qism 6
2.1.C++ dasturlash tiliga kirish 6
2.2.C++ Matematik Funksiyalar 9
MIN va MAX 9
C ++  Kutubxonasi. 9
2.3.Matematik kutubxona funksiyalari 11
2.4.Math kutubxonasi Python 13
Sodda algebratik funksiyalar 13
math.ceil(x) 13
13
math.comb(nk) 13
14
math.copysign(xy) 14
math.fabs(x) 14
14
math.factorial(x) 14
15
math.floor(x) 15
15
math.fmod(xy) 15
math.frexp(x) 16
16
math.fsum(x) 16
16
math.gcd(x,y): 16
17
math.isclose( a , b , rel_tol = 1e-09 , abs_tol = 0.0 ) 17
17
math.isfinite(x) 17
17
math.isinf(x) 17
math.isnan(x) 17
math.isqrt(n) 18
math.lcm(x,y) 18
math.ldexp(xy) 18
math.modf( ) 19
math.perm(nk) 19
math.prod(xstart=1) 19
math.remainder( x , ) 20
math.trunc( ) 20
2.5.Darajali va logarifimik funksiyalar 20
math.exp(x) 20
math.expm1(x) 21
math.log(x,y) 21
math.log1p(x) 21
math.log2(x) 22
math.log10(x) 22
math.pow(x, y) 22
math.sqrt(x) 23
2.6.Trigonometrik funksiyalar 23
math.degrees(x) 23
math.radians(x) 24
math.sin(x) 24
math.cos(x) 24
math.tan(x) 24
math.asin(x) 25
math.acos(x) 25
math.atan(x) 25
math.atan2(yx) 25
math.dist(x, y) 26
math.hypot(x,y) 26
Maxsus funksiyalar 27
math.erf(x) 27
math.erfc(x) 27
math.gamma(x) 27
math.lgamma(x) 28
III.Xulosa 28
IV.Foydalanilgan adabiyotlar 29



















I.Kirish


Dasturlash tillari har xil maqsadlarga – murakkab matematik masalalarni yechish, iqtisodiy-matematik hisob-kitoblarni amalga oshirishdan tortib musiqa partituralari va kompyuter grafikasini yaratishgacha bo‘lgan ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Zamonaviy dasturlash tillarini yaratish masalasidagi tadqiqotlar dasturlashning o‘zi mavjud bo‘lgan vaqtdan boshlab olib boriladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan bu izlanishlar natijasida dasturlashning zamonaviy standartlariga mos keladigan va .NET Framework texnologiyasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan C++ va Python tili ishlab chiqildi. Oxirgi yillarda C++ va Python tili va u bilan bog‘liq bo‘lgan muhit, ya’ni .NET platformasi dasturiy ta’minot yaratuvchilar uchun asosiy yangi texnologiya bo‘lib kelmoqda. .NET platformasi orqali Windows muhitida hosil qilish mumkin bo‘lgan ixtiyoriy dasturlarni yaratish mumkin. C++ va Python tili esa yangi til hisoblanib, ushbu muhit uchun maxsus ishlab chiqilgan. Python tilidan foydalanib, dinamik WEB – sahifalarni, tarqatma texnologiya asosida yaratilgan dasturlarni, berilganlar bazasi bilan ishlovchi komponentlarni yoki oynali Windows dasturlarini yaratish mumkin. C++ tili yordamida tarmoq yoki Internet dasturlaridan tashqari, Windows platformasida ishlovchi ixtiyoriy dasturni yaratish mumkin. C++ va .NET platformasi orqali Windows muhitida dasturlar yaratish metodikasini mukammallashtirish ko‘zda tutilgan. Kompyuter tillari o‘z-o‘zidan emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liqlikda mavjud bo‘ladi. Har qanday yangi til u yoki bu shaklda oldingi yaratilgan tillarning xossalarini o‘ziga meros qilib oladi, ya’ni ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi.Natijada bitta tilning imkoniyatlari boshqalari tomonidan foydalaniladi (masalan, yangi xususiyatlar mavjud kontekstga birlashtiriladi, tilning eski tuzilishlari esao‘chirib yuboriladi). Kompyuter tillarining evolyutsiyasi shunday tarzda ro‘y beradi va dasturlash mahorati takomillashtiriladi. C++ tili yuqoridagilardan istisno emas, u boshqa dasturlash tillarining ko‘plabfoydali imkoniyatlarini meros qilib oldi va dunyoda eng ko‘p qo‘llaniladigan ikkita kompyuter tillari – Python, C#,C++ shuningdek Java tili bilan uzviy bog‘liqdir. C++ ni tushunish uchun mazkur bog‘liqlik tabiatini aniqlab olish kerak, shuning uchun oldin biz ushbu uch tilning rivojlanish tarixi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
C++ tili 1972 yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratories kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richi tomonidan yaratilgan. Bu til o‘zini shunchalik yaxshi ko‘rsatdiki, oxir oqibatda unda Unix operatsion tizimlarining 90% yadro kodlari yozildi (oldin quyi darajadagi til assemblerda yozilgan). C ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan, Pascal ulardan eng mashhuri hisoblanadi, yetarli darajada muvaffaqiyatli foydalanilgan, lekin aynan C tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi. 1960 yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan inqilobiy o‘zgarishlar C tilini yaratish uchun asosiy imkoniyatlarni belgilab berdi. Strukturaviy dasturlashlarning paydo bo‘lishiga qadar katta dasturlarni yozish qiyin bo‘lgan, satr kodlari miqdorining oshishi sababli dasturlarning o‘tish joylari chalkash massalariga aylanib ketishiga olib keladi. Strukturaviy tillar dastur tuzuvchi instrumentariysiga shartli operatorlarni, lokal o‘zgaradigan tartiblarni va boshqa mukammallashtirishlarni qo‘shib bu muammoni hal qildi. Shunday tarzda nisbatan katta dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi.
Aynan C++ tili kuch, elegantlik va ma’nodorlikni o‘zida muvaffaqiyatlibirlashtirgan birinchi strukturaviy til bo‘ldi. Uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar
mas’uliyatini tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik va osonlik kabi xususiyatlari tezda ko‘plab tarafdorlarini topdi.
Bugungi kunda biz mazkur sifatlarni o‘z o‘zidan anglashiladigan deb
hisoblaymiz, lekin C da birinchi marotaba dastur tuzuvchiga zarur bo‘lgan ajoyib yangi imkoniyatlar mujassamlashtirilgan. Natijada 1980 yillardan boshlab C++ strukturaviy dasturlash tillari orasida eng ko‘p foydalaniladiganlaridan biri bo‘lib qoldi.
Biroq, dasturlashning rivojlantirish choralariga ko‘ra bundanda kattaroq
dasturlarni qayta ishlash muammosi kelib chiqmoqda. Loyiha kodi ma’lum bir hajmga yetgan zahoti (uning raqamli ahamiyati dastur, dastur tuzuvchi, foydalanilgan instrumentlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin taxminan 5000 satr kodlari nazarda tutilayapti) S-dasturlarini tushunish va kuzatib borishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. OYD ning vujudga kelishi va C++ tilining yaratilishi
1970 yillar oxirida ko‘plab loyihalar C++ strukturaviy dasturlash tili yordamida qayta ishlash uchun oson bo‘lgan eng yuqori hajmga erishgan. Endi bularga yangicha munosabat talab qilina boshlandi va ushbu muammoni hal etish uchun dastur tuzuvchiga katta hajmdagi dasturlar bilan ishlash imkonini beruvchi obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) yaratildi. Hamonki, o‘sha vaqtda C++ eng ommabop til bo‘lishiga qaramasdan OYD ni qo‘llab-quvvatlamadi, uning obyektga yo‘naltirilgan
(keyinchalik C++ deb atalgan) versiyasini yaratish zarurati tug‘ildi.
Bu versiya o‘sha Bell Laboratories kompaniyasining xodimi Byarn Straustrap tomonidan 1979 yil boshida ishlab chiqilgan. Dastlab yangi til “S sinflar bilan” degan nom oldi, lekin 1983 yilda C# deb qayta nomlangan. U o‘zida C tilini to‘la qamrab oladi (ya’ni, C C# uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi) va obyektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan yangi imkoniyatlarni namoyon qiladi. Aslida C# C tilining obyektga yo‘naltirilgan versiyasi hisoblanadi, shuning uchun C ni biluvchi dastur tuzuvchi uchun C++ da dasturlashga o‘tishda yangi tilni
emas, balki faqatgina OYD ning yangi konsepsiyasini o‘rganish kifoya qiladi.
C++ tili uzoq vaqt mobaynida sifatga etibor bermay, faqat miqdor oshirish,
hajmni kengaytirish jihatidan rivojlandi va soya ostida qolib ketdi. 1990 yillar boshida u ommaviy ravishda qo‘llanila boshlandi va katta yutuqlarga erishdi, o‘n yillikning oxirida esa dasturiy ta’minotni qayta ishlashda eng keng foydalaniladigan va bugungi kunda ham peshqadamlik qilayotgan tilga aylandi.
Shuni anglash muhimki, C++ va Python ni ishlab chiqilishi yangi dasturlash tilini yaratishga intilish hisoblanmaydi, balki faqatgina yetarli darajada muvaffaqiyatli tilni takomillashtirayapti va to‘ldirayapti. Bunday qarash, hozirda ham kompyuter tillarini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarida qo‘llanilayapti.


Download 218.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling