math.exp(x)
Bu funksiya e(2.718281…) ning x inchi darajasini qaytaradi. Qaytarayotganda albatta float son qaytaradi. Chunki 2.718281... sonning 0-darajasidan boshqa barcha sonlar floatdir. Sizga bu funksiya e**x ni qaytaradi. e esa matematikada tanishib olishingiz mumkin "Eksponensial". Bu funksiyani ishlatish uchun OTM matematikasini bilishingiz kerak.
>>> math.exp(0.1)
1.1051709180756477
>>> math.exp(-1)
0.36787944117144233
>>> math.exp(1)
2.718281828459045
>>> math.exp(2)
7.38905609893065
math.expm1(x)
Bu funksiya math.exp(x) dan 1 ni ayridi.(exp(x) - 1). Yoki (e**x)-1. Bu funksiya dasturchilar ko'p marotaba birni ayrigani uchun 2 ta belgi ko'p sariflangani uchun shu funksiya ishlab chiqildi. Bu orqali siz -1 deb yozishingiz shart emas.
>>> math.exp(1)
2.718281828459045
>>> math.expm1(1)
1.718281828459045
math.log(x,y)
Bu funksiya matematikadagi logarifimni hisoblaydi(10-sinf matematika II qism). Bu funksiya qaytaradigan son shunday bo'ladiki o'sha sonni y ning darajasiga yozsak x kelib chiqadi. Ya'ni Bu funksiya qaytaradigan sonni z desak y**z=x orqali bog'lashingiz mumkin. yoki aksincha y=sqrt(x,z)
>>> math.log(2,2)
1.0
>>> math.log(2,4)
0.5
>>> math.log(16,4)
2.0
math.log1p(x)
Bu funksiya e asosga ko'ra x+1 ning logarifimini qaytaradi. Shunday son qaytaradiki bu son e ning darajasi ga qo'yilganida x+1 chiqadi. Bu funksiyada log dan so'ng 1p ni ko'rmoqdasiz bu 1 plus degan ma'noni anglatadi. Ya'ni birni qo'sh.
>>> math.log1p(math.e-1)
1.0
>>> math.log1p(10)
2.3978952727983707
>>> math.log1p(math.e)
1.3132616875182228
math.log2(x)
Bu funksiya shunday sonni qaytaradikki shu sonni 2 ning darajasiga qo'ysak x kelib chiqadi. Bu funksiya log(x,2) dak gap shunchaki cho'zib o'tirmaslik uchun log2 yaratildi. Bunda funksiya qaytaradigan sonni z desak 2**z=x yoki sqrt(x,z)=2.
>>> math.log2(4)
2.0
>>> math.log2(8)
3.0
>>> math.log2(1)
0.0
math.log10(x)
Bu funksiya shunday son qaytaradiki shu sonni 10 ning darajasiga qo'ysak x kelib chiqadi. Ya'ni bunda funksiya qaytaradigan sonni z desak 10**z=x yoki sqrt(x,z)=10.
>>> math.log10(100)
2.0
>>> math.log10(10)
1.0
>>> math.log10(1)
0.0
math.pow(x, y)
Bu funksiya x ning y ninchi darajasini qaytaradi. Funksiya o'rniga siz x**y qilishingiz ham mumkin. Aslida bu funksiyani ham x**y tashkil etadi holos. return x**y
>>> math.pow(2,3)
8.0
>>> 2**3
8
>>> math.pow(3,2)
9.0
math.sqrt(x)
Bu funksiya x ning kvadrat ildizini topadi. Bu matematikada o'tiladi(8-sinf). Bu pow() funksiyaning teskarisi ya'ni pow darajasini topsa bu esa ildizini topib beradi.
>>> math.sqrt(4)
2.0
>>> math.sqrt(9)
3.0
>>> math.sqrt(1)
1.0
Do'stlaringiz bilan baham: |