Ii asosiy qism


Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi


Download 275.33 Kb.
bet4/4
Sana22.09.2020
Hajmi275.33 Kb.
#130826
1   2   3   4
Bog'liq
Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir


Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi

Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma boTimlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlaming yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini aytib o’tgan edik.

Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, ya’ni iste’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi orqali aniqlanadi.



Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (1.6-chizma). Albatta, real hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo’yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.
1.6-chizma

Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat













Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.

Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.

Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kesmasida ro’y berishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi.

Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib keladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y beradi (1.7-chizma).



1.7-chizma

Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o’zgarishi





Chizmadan ko’rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o’sishiga taklif egri chizig’i bo’yicha muvozanat nuqtasining o’ng tomonga silijishi orqali javob beriladi. Ya’ni, ADidan AD2ga qadar o’sgan talab miqdori iqtisodiyotda to’liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quwatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Qidan Q2ga qadar o’stirish orqali qondiriladi.

Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quwatlaridan to’liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o’zgarishsiz qoladi (1.8-chizma).

Chizmadan ko’rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining ADidan AD2ga oshishi faqat narx darajasini Ridan R2ga qadar o’sishiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potentsial daraja - Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chegarada iqtisodiyot o’zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo’lgan hisoblanadi.



1.8-chizma

Tik kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o’zgarishi





Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi bir vaqtning o’zida milliy ishlab chiqarish real hajmining ko’payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi (1.9-chizma).


1.9-chizma

Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o’zgarishi





Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talabning ADidan AD2ga o’sishi yalpi taklif egri chizig’i bo’ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Qidan Q2ga qadar ko’payishiga olib kelmoqda. Biroq, bu ko’payish ayni paytda narxlar darajasini ham Ridan R2ga oshirmoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish resurslari asta- sekin to’la bandlik holatiga o’tayotganligini, qo’shimcha quwatlarning ishga tushirilishi tobora о’sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. Demak, yalpi talabning o’sishi yalpi taklifning qaysi kesmasida ro’y berishidan kelib chiqqan holda narx darajasiga turlicha ta’sir ko’rsatar ekan. Yalpi talabning kamayishi ham turli kesmalarda turlicha kechadi. Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayib, narx darajasi o’zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarish to’liq bandlik darajasida bo’lganligi sababli, uning real hajmi o’zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarishi vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Buning murakkablik tomoni shundan iboratki, tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo’lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilni xrapovik samarasi deb ataydilar (xrapovik - bu g’ildirakni faqat oldinga harakat qilishga majbur etuvchi mexanizm). Xrapovik samarasi shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan ko’tariladi, lekin juda qiyinchilik bilan, sekin pasayadi. Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini ko’taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning pasayishini kutish mumkin emas (1.10-chizma).



1.10-chizma

Xrapovik samarasi





Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talab ADi dan AD2ga oshganda, muvozanat holati a dan s ga ko’chadi, ishlab chiqarish hajmi Qidan Q2ga ko’payib, narx ham Pidan P2 darajaga qadar o’sadi. Biroq, yalpi talab o’zining dastlabki holatiga qaytsa, endi narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi ye holatiga ко’chib, ishlab chiqarish hajmi o’zining dastlabki Qi darajasidan ham pasayib, Q3 darajasiga qadar tushib ketadi.

Shu o’rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, degan savolga aniq javob berish qiyin bo’lsada, uning ayrim sabablarini ko’rsatish mumkin.

Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo’lmaydi. Chunki ishchilaming asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo’yicha ishlab, shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi. Shuningdek, tadbirkorlarning o’zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu

bilan birga, ish haqining past darajasi mahsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, mehnat unumdorligining past darajasi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishlari mumkin.

Ikkinchidan, juda ko’pchilik korxonalar yetarli darajada monopol mavqega ega bo’ladi va bu ularga talab kamayganda ham narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.

Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo’lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi.

O’zbekistondagi yalpi talab va yalpi taklifning o’lchamlarini quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ifodalash mumkin (1.1-jadval).




1.1-jadval

O’zbekistondagi yalpi talab va yalpi taklifning o’lchamlari (2017 y., mlrd. so’m hisobida)

Yalpi taklif ko’rsatkichlari

Miqdori, mlrd. so’m

Yalpi talab ko’rsatkichlari

Miqdori, mlrd. so’m

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi

14431,3

Uy xo’jaliklari iste’mol sarflari

12409,8

Ko’rsatilgan xizmatlar hajmi

11077,2

Yalpi xususiy ichki investitsiya sarflari

3852,1

Davlat sarflari

1627,6*

Sof eksport

3755,9

Yalpi taklif

25508,5

Yalpi talab

21645,4

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

*Davlat sarflarining boshqa yo’nalishlari to’g’risida ma’lumot bo’lmaganligi sababli faqat davlat investitsiya sarflari hajmi keltirildi.




Jadvaldan ko’rinadiki, 2017 yilda mamlakatimizdagi yalpi taklif va yalpi talab o’rtasidagi farq 3861,3 mlrd so’mni tashkil etmoqda. Biroq, bunday farqning hosil bo’lishida davlat sarflari (investitsiya sarfidan tashqari) ning hisobga olinmaganligi ham ta’sir ko’rsatgan.

Ta’kidlash lozimki, 2017 yilda aholining pul daromadlari 16872,7 mlrd. so’mni tashkil etgani holda, uning faqat 12409,8 mlrd. so’migina (73,5%) talab shaklida namoyon bo’lgan. Pul daromadlarining 4462,9 mlrd. so’mi esa jamg’armalarni o’stirish, turli to’lov va badallar ko’rinishida sarflangan, ya’ni yalpi talabga aylanmagan.

Hozirda jahonda ro’y berayotgan global iqtisodiy inqiroz ayni paytda ko’plab mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatning buzilishini ham ifodalaydi. Odatda, tashqi talab qisqarib borayotgan bir paytda, ushbu muvozanatni tiklash maqsadida ichki talabni kuchaytirishga harakat qilinadi. Shunga ko’ra, respublikamizning Inqirozga qarshi choralar dasturida ham mahalliy ishlab chiqaruvchilami qo’llab-quwatlashda ularning mahsulotiga bo’lgan ichki talabni rag’batlantirish tadbirlari alohida o’rin tutadi.

Respublikamizda belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Agar mazkur ko’rsatkich 2016 yilda 1635,1 mlrd. so’mni tashkil etgan

boTsa, 2017 yilga kelib 3096,7 mlrd. so’mga yetgan, ya’ni 1,9 marta o’sgan. 2019 yilda ushbu dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko’paytirish



-5

mo’ljallanmoqda .



Mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quwatlash borasida 2019 yilga sanoat kooperatsiya negizida tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, O’zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini modemizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturi, «O’zbekcharmpoyabzali» assotsiatsiyasi korxonalarini modemizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturi, O’zbekiston milliy avtomagistrali qurilishi dasturi va boshqalar ishlab chiqilganligi diqqatga sazovordir.

Xulosa

  1. Yalpi talab - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.

  2. Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bevosita bog’liq. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishga bo’lgan talab hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.

  3. Yalpi taklif - bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko’rsatadi.

  4. Yalpi taklifga eng awalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o’rtasidagi nisabtning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bog’liqlik mavjud bo’ladi.

  5. Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: a) resurslar narxining o’zgarishi; b) samaradorlikning o’zgarishi; v) huquqiy me’yorlarning o’zgarishi.

  6. Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog’liq emas; narxlar darajasiga bevosita bog’liq; yalpi taklifning o’sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig’i grafigi uchta kesmaga ega: tik, yotiq va oraliq kesmalar.

  7. Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri chizig’ining keynscha kesmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq kesmada - narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kesmada esa - yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha resusrlar jalb etilgan bo’ladi, lekin narxlar darajasi keskin o’sadi.

  8. Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.

  9. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.



1Qaralsin: Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. red. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlevoy, L.S.Tarasevicha. - М.: INFRA-M, 2005. - s.412.

Download 275.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling