Ii bob. Abdulla qahhor hikoya janri ustasi
O`quvchilar: Adabiyot fanining ixlosmandimiz, Bugungi darsga barchamiz shaymiz! Ustoz
Download 35.85 Kb.
|
хикоя.A. Qahhor. docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy daqiqa
O`quvchilar: Adabiyot fanining ixlosmandimiz,
Bugungi darsga barchamiz shaymiz! Ustoz: Aziz o`quvchilar, hozir barchangiz o`zbek nasriy asarlari nomini aytib joyingizni egallang. O`quvchilar asarlar nomini aytib joylashadilar. Navbatchi aniqlanib, davomat belgilanadi. Sinf uch guruhga bo`linadi va quyidagicha nomlanadi: 1 – “Barkamol avlod”; 2 – “Porloq kelajak”; 3 – “Tafakkur yulduzlari”. Siyosiy daqiqa: - Aziz o`quvchilar axborot dasturlarini kuzatib boryapsizlarmi? - Bugungi kunda dunyo miqyosida va O`zbekistonda qanday voqea – hodisalar sodir bo`lmoqda? O`quvchilar shu kunning xabarlari haqida qisqacha aytib o`tadilar. II.O`tilgan mavzuni so`rash: Uy vazifasi bo`yicha “O`z – o`zimizni tekshiramiz” mashqi asosida berilgan topshiriq tekshiriladi va xattaxtaga osib qo`yilgan vatmon qog`ozidagi fikrlar bilan solishtiriladi: Otning o`limi – itning bayrami. Dehqonnning uyi kuysa kuysin, ho`kizi yo`qolmasin. Ho`kiz olish uchun necha zamon qozonni suvga tashlab qo`yish kerak. Oq podsho qo`l ostidan chiqib ketmagan bo`lsa, topiladi. Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi. Quruq qoshiq og`iz yirtadi. Berganga bitta ham ko`p, olganga o`nta ham oz. Yo`qolmasdan ilgari bormidi?! Yaxshi ho`kizmidi yo yomon ho`kizmidi? Yaxshi ho`kiz birov yetaklasa ketaberadimi? O`zi qaytib kelmasmikin, birov olib ketsa qaytib kelaber, deb aytib qo`yilmagan ekan-da? Duoning zo`ri bilan qulf ochadigan. Tepa sochi tikka bo`ldi. Uni belim deguncha, kishining beli sinadi. O`ynashmagil arbob bilan, seni urar har bob bilan. Bitta ho`kiz odamning xunimi? O`quvchilarning xatolari so`ralib tahlil qilinadi. O`tilgan mavzu yuzasidan “Aqliy hujum” metodi asosida tezkor savollar beriladi: - Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug`ilgan? - Uning oilaviy ahvoli qanday bo`lgan? - Adibning bolaligi qayerlarda kechgan? - Adib qayerlarda tahsil olgan? - Adib ijodini nechanchi yildan boshlagan? - “Sarob” romani qachon yozilgan? - Adibning yana qanday asarlarini bilasiz? - Adibning “O`g`ri” hikoyasi qahramonlarini sanang. - Asar qahramoni kimlarning qo`lidan o`tdi? - “O`g`ri” hikoyasidagi voqealar qachon bo`lib o`tgan? O`quvchilar fikri tinglanib to`ldiriladi. Download 35.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling