Ii bob. Abdulla qahhor hikoya janri ustasi


O`quvchilar: Adabiyot fanining ixlosmandimiz, Bugungi darsga barchamiz shaymiz! Ustoz


Download 35.85 Kb.
bet5/8
Sana05.04.2023
Hajmi35.85 Kb.
#1274870
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
хикоя.A. Qahhor. docx

O`quvchilar: Adabiyot fanining ixlosmandimiz,
Bugungi darsga barchamiz shaymiz!
Ustoz: Aziz o`quvchilar, hozir barchangiz o`zbek nasriy asarlari nomini aytib joyingizni egallang.
O`quvchilar asarlar nomini aytib joylashadilar.
Navbatchi aniqlanib, davomat belgilanadi. Sinf uch guruhga bo`linadi va quyidagicha nomlanadi:
1 – “Barkamol avlod”; 2 – “Porloq kelajak”; 3 – “Tafakkur yulduzlari”.
Siyosiy daqiqa:
- Aziz o`quvchilar axborot dasturlarini kuzatib boryapsizlarmi?
- Bugungi kunda dunyo miqyosida va O`zbekistonda qanday voqea – hodisalar sodir bo`lmoqda?
O`quvchilar shu kunning xabarlari haqida qisqacha aytib o`tadilar. II.O`tilgan mavzuni so`rash:
Uy vazifasi bo`yicha “O`z – o`zimizni tekshiramiz” mashqi asosida berilgan topshiriq tekshiriladi va xattaxtaga osib qo`yilgan vatmon qog`ozidagi fikrlar bilan solishtiriladi:
Otning o`limi – itning bayrami.
Dehqonnning uyi kuysa kuysin, ho`kizi yo`qolmasin.
Ho`kiz olish uchun necha zamon qozonni suvga tashlab qo`yish kerak.
Oq podsho qo`l ostidan chiqib ketmagan bo`lsa, topiladi.
Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi.
Quruq qoshiq og`iz yirtadi.
Berganga bitta ham ko`p, olganga o`nta ham oz.
Yo`qolmasdan ilgari bormidi?!
Yaxshi ho`kizmidi yo yomon ho`kizmidi?
Yaxshi ho`kiz birov yetaklasa ketaberadimi? O`zi qaytib kelmasmikin, birov olib ketsa qaytib kelaber, deb aytib qo`yilmagan ekan-da?
Duoning zo`ri bilan qulf ochadigan.
Tepa sochi tikka bo`ldi.
Uni belim deguncha, kishining beli sinadi.
O`ynashmagil arbob bilan, seni urar har bob bilan.
Bitta ho`kiz odamning xunimi?
O`quvchilarning xatolari so`ralib tahlil qilinadi.
O`tilgan mavzu yuzasidan “Aqliy hujum” metodi asosida tezkor savollar beriladi:
- Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug`ilgan?
- Uning oilaviy ahvoli qanday bo`lgan?
- Adibning bolaligi qayerlarda kechgan?
- Adib qayerlarda tahsil olgan?
- Adib ijodini nechanchi yildan boshlagan?
- “Sarob” romani qachon yozilgan?
- Adibning yana qanday asarlarini bilasiz?
- Adibning “O`g`ri” hikoyasi qahramonlarini sanang.
- Asar qahramoni kimlarning qo`lidan o`tdi?
- “O`g`ri” hikoyasidagi voqealar qachon bo`lib o`tgan?
O`quvchilar fikri tinglanib to`ldiriladi.

Download 35.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling