Ii bob. Abdulla qahhor hikoya janri ustasi


Download 35.85 Kb.
bet7/8
Sana05.04.2023
Hajmi35.85 Kb.
#1274870
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
хикоя.A. Qahhor. docx

IV. Mustahkamlash:
O`quvchilar Unsinning fojiali taqdiri bo`yicha bahs-munozaraga kirishadilar.
Unsinning jur`ati, yolg`iz go`ristonga borishi, biroz qo`rquv va o`z-o`ziga taskin, Unsinning o`limi yuzasidan guruhlar o`z fikrlarini bildiradilar. Fikrlar quyidagicha bo`lishi mumkin:
- Dodxo ko`pxotinli shaxs, Unsin unga majburan turmushga chiqgan. Shuning uchun ham u ketish yo`lida har nega tayyor. Unsin o`sha zamon ayollari kabi hamma narsaga ko`nib yashashni xohlamaydi va bu yerlardan ozod bo`lishni istaydi.
- Unsin dodxoga ko`nglidagini aymoq uchun o`zida jur`at topdi. Dodxoning dahshatli, ammo ozod qiluvchi sharti unga umid bag`ishladi. Unsin dadil bordi, biroq u ham inson, qabristonga yetganda qo`rqa boshladi. Lekin o`zini-o`zi ovutish uchun “O`liklarning joni yo`q!” deya qichqirdi. Choyni qaynatdi, biroq shafqatsiz dodxoning maymun yuborishi uni cho`chitdi.
- Maymunning Unsinga sapchishi uni qattiq cho`chitdi, shunda ham o`zida kuch topdi. Unsin qattiq qo`rqish natijasida og`irlashdi. O`zini yomon seza boshladi, amallab uyiga yetib bordi-yu, hushidan ketdi. Unsin vafot etdi, jisman yengildi-yu, ruhan yengdi. Unsin garchi vafot etgan bo`lsada, ko`nglidan o`tganiga ko`ra dodxoga qarshi chiqib, o`sha zamon uchun buyuk jasorat ko`rsata oldi.
Unsinning fojiasiga kim aybdor, o`sha zamon va bugungi ayollarning taqdiri, jamiyat kabi masalalarda guruhlar mulohaza yuritadilar. Guruhlar bir-birlarining fikrlarini tinglab, izohlashga urinadilar. Guruhlar fikrini jamlab, umumiy fikr aytaman.
V. Darsni yakunlash:
O`quvchilar, bugun biz ancha mahzun bo`lgan “Dahshat” hikoyasi bilan tanishdik. Bugun biz mustaqil, har tomonlama ozod fuqarolarmiz. Ammo o`tmish qanday kunlarni boshidan kechirganini ko`rib o`tdik. Bugungi kunlar tengsizdir!
VI. Uy vazifasi:
“Unsinning jasorati” mavzusida uy inshosi yozib kelish.
VII. O`quvchilar bilimini baholash:
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanib, baholar izohlanadi.
XULOSA
Abdulla Qahhorning yaqin shogirdalaridan biri, O`zbekiston Xalq shoiri Jumaniyoz Jabborov “Ulkan talantlarning bir-biriga mehru muhabbatini, tan berishni, ardoqlashni ko`rib, qoyil qolganman. Abdulla Qahhor katta qalb egasi, o`lmas asarlar yaratgan dono adib, yoshlarning murabbiysi, kelajakka intilgan mutafakkir yozuvchi edi. U abadiy barhayot siymolar sirasida yashayveradi”, degan edi. Abdulla Qahhorning yorug` dunyoni tark etganiga salkam yarim asr bo`ldi. Lekin uning asarlari, hikmatli so`zlari hamon yashamoqda.
Abdulla Qahhor hikoyanavislikda Chexovni o`ziga ustoz deb bildi. E’tibor qaratadigan bo`lsak, Qahhor hikoyalari ham Chexov hikoyalari singari qisqa, ixcham va lo`ndi. Har ikki yozuvchi hikyaolarida ham insonning jismoniy qusurlari emas, balki uning tabiatidagi illatlar qattiq tanqid ostiga olinadi. Shu bilan birga, bu hikoyalarda amiyatdagi kamchiliklar ro`y-rost, shafqatsizlik bilan ochib tashlanadi.
Maktabda Qahhor ijodini, hikoyalarini o`rgatishda o`qituvchining mahorati katta ahamiyatga ega. Adabiyot fani o`qituvchisi hikoyani sinchiklab o`qishi, tahlil qilishi va yozuvchi aytmoqchi bo`lgan badiiy niyatni chuqur anglab etishi kerak. Abdulla Qahhor hikoyalarini o`rgatish chog`ida yozuvchi tarjimai holiga oid manbalardan ham o`rinli foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki o`quvchilar mashhur insonlarning hayotiga, ular inson sifatida qanday bo`lganligiga juda qiziqadilar. “Bemor”, “O`g`ri”, “Dahshat” kabi hikoyalarini o`rgatishda ularda tilga olingan voqealar aslida yozuvchining bolaligida boshidan kechirgan voqealar ekani, faqat unga biroz badiiy sayqal berilganini tushuntirib o`tishimiz kerak.
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisining asosiy vazifasi badiiy asarlar jozibasi his qilishga o`rgatish orqali o`quvchilarni kitob o`qishga o`rgatishdan iborat bo`lishi lozim.

Download 35.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling