III bOB. ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASINI BAHS – MUNOZARA USULIDA O’RGANISH YUZASIDAN DARS ISHLANMASI
(VII - sinf)
Bahs – munozara (debat) usuli maktab, kollej va akademik litseylarda qo`llanayotgan ilg`or texnologiyalardan bo`lib, o`quvchilarni mavzuni chuqur tushunishlariga yo`naltiruvchi, o`ylantiruvchi va aqlini charxlovchi dars turi hisoblanadi. O`quvchilar mavzu va undagi biror og`riqli nuqta, muammo yuzasidan bahsga kirishishlari natijasida asar dardi o`quvchiga yuqadi, bezovta qiladi va o`ylantiradi. Buning natijasida ana shu muammolarni hal etishga, aybdor yoki qahramonlik ko`rsatganni izlashga, asar yuzasidan xulosa chiqarishga intiladi. Bahs – munozara usulining, garchi yo`lga qo`yilganiga uzoq yillar bo`lgan bo`lsada, afzalligi shundaki, bu usul orqali barcha o`quvchi bevosita ishtirok etadi va usul butun sinfni qamrab oladi. Bahs davomida ularning to`g`ri yo`nalishda ketishlari uchun o’qituvchi ularga yo`l boshlovchi bo`lib turishi, asardan noto`g`ri xulosa chiqarmasliklari uchun boshqaruvchilik qilishi mumkin. Bahs orqali o`quvchilar asarning g`oyaviy nuqtasini topishi va muallif aytmoqchi bo`lgan fikr yuzasidan xulosa chiqarishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Darsning mavzusi: Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi matni ustida ishlash.
Darsning maqsadi:
ta`limiy – o`quvchilarni hikoya matni bilan tanishtirish, hikoya bo`yicha ma`lumot hosil qilish;
tarbiyaviy – o`quvchilarni insonparvarlik, o`zaro mehr-oqibat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi – o`quvchilarning mavzu bo`yicha olgan bilimini rivojlantirish, mustaqil fikr tushunchasini shakllantirish.
Darsning jihozi: Darslik, tarqatmalar, ko`rgazmali qurollar.
Darsning usuli: Savol – javob.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilar: Fan olami go`yo bir dengiz,
Javohirlar unda beqiyos.
Ta`zim bilan aytamiz sizga,
Assalom, ey, muhtaram ustoz!
Ustoz: Salom, aziz o`quvchilarim,
Ilm gulshanida gulg`unchalarim.
Bugungi darsimiz adabiyot,
Barcha so`zlar sizga bo`lsin yod.
Bugungi darsga barchangiz shaymi?
Do'stlaringiz bilan baham: |