MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………………….
I BOB. KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT TUSHUNCHASI
Lingvomadaniy yondashuvda konseptual va kognitiv tahlilning o‘rni……….
Zamonaviy tilshunoslikda konsept tushunchasi……………………………….
II BOB. BADIIY ASARLARDA MUHABBAT KONSEPTI
2.1. Abdulla Qahhor asarlarida muhabbat konsepti (“Muhabbat” qissasi misolida)………………………………………………………………………………….
2.2. O‘zbek tilida “ Ostona ” konseptining o‘ziga xosliklari ……………………….
XULOSA…………………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………..
KIRISH
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin, - dedi Prezident. O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo miqyosida bu tilda 50 millionga yaqin odam so‘zlashadi. Milliy o‘zligimizning timsoli bo‘lgan, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, oilamizda ham chet tilini bilish albatta kerak, bu ham hozir zamon talabi. Lekin ona tilini bilishga majbur qilishimiz kerak. Majbur!», — dedi prezident.Prezidentning bu so‘zlarini yig‘ilish qatnashchilari qarsaklar bilan kutib oldi. Shavkat Mirziyoyev so‘zida davom etib, «mening farzandim chet tillarini biladi-yu, ona tilini bilmaydi, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas»ligini ta’kidladi. «Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — deya qo‘shimcha qildi Prezident.Shunday ekan, bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |