Murakkablashgan sodda gaplar


Download 57.84 Kb.
bet1/8
Sana11.11.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1766265
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
О‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Sirtqi bo‘lim O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi
______-guruh talabasi _______________________________________________ ning
Murakkablashgan sodda gaplarning ta'lim bosqichida o'rganilishi mavzusidagi
KURS ISHI

Ilmiy rahbar:______________




TOSHKENT - 2023
Murakkablashgan sodda gaplarning ta'lim bosqichida o'rganilishi

Reja:
Kirish 3


I.BOB. Murakkablashgan sodda gaplarning ta'lim bosqichida o'rganilishi 5
1.1. Murakkablashgan soda gaplar atamasi va tushunchasi. 5
1.2. Soda gaplarni murakkablashtiruvchi birliklar. 10
II.BOB. Uyushiq bo`laklar hamda ularni tasniflanishi 15
2.1. Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari va ko`rinishlari. 15
2.2. Uyushiq bo`laklari gaplarda umumlashtiruvchi so`zlar 18
2.3. Uyushiq bo`laklarda tinish belgilari 21
Xulosa 24
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 25

Kirish
«Ona tilini bilishga majbur qilishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev


Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, «mening farzandim chet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas». «Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — deya so’zlarida o’z nutqida.1
Shavkat Mirziyoyev: "O'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir"2
Mavzuning dolzarbligi:Tilshunoslikning nisbatan yangi sohasi bo‘lmish pragmatika adresat, adresant va nutq vaziyatini bog‘liqlikda o‘rganadi. Tilda ikki tamoyil, tejamkorlik va ortqichalik tamoyili mavjud bo‘lib, sodda gaplarning mazmuniy murakkablashuvi tejamkorlik tamoyilining natijasi saifatida ro‘y beradi. Qo‘shma gapda berish mumkin bo‘lgan axborotni sodda gap vositasida berish sodda gap tarkibiy qismining ba’zi bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra yuz beradi.
Sodda gaplarning murakkablashuv haqidagi qarashlar G‘.Abdurahmonovga tegishli bo‘lib, tilshunos olim murakkab gap atamasini qo‘shma gapga nisbatan, murakkablashgan gap terminini esa sodda gapga nisbatan qo‘llagan. Olim sodda gaplarni murakkablashtiruvchi birliklar sirasiga ajratilgan bo‘lakli gaplar, undalma va kirishlarni kiritadi. A.G‘ulomov, M.Asqarovalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” darsligida ham murakkablashtiruvchilarga uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, kirish qurilmalar, undalmalarni kiritadilar. Hamda bunday murakkablashtirish uni sodda gaplar doirasidan chiqarib yubormasligini, shakliy va mazmuniy jihatdan murakkablashuviga sabab bo‘lishini ta’kidlaydilar. Sodda gaplarda murakkablashuv sintagmatik yoki intonatsion bo‘laklarning ishirokiga ko‘ra murakkablashishi mumkin ekanligi H.Boltaboyeva tomonidan qayd etilgan.
Til birliklarining semantikasiga qiziqishning kuchayishi natijasida sodda gaplaring murakkablashuvi masalasiga e’tibor ham kuchaydi. Murakkab mazmunning murakkab shaklda emas, balki sodda shaklda ifodalanishi til vositalarini tejash tamoyilining tilda yaqqol namoyon bo‘lishi shakllaridan biri ekanligi tilshunos olimlar tomonidan qayd etiladi. Mualliflar sodda gap tarkibiga turli sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart maylidagi fe’lli o‘ram (oborot)larni kiritish ham shakl, ham mazmun jihatidan murakkablashishi, bunday holatlarda ikkinchi darajali predikatsiyaga ko‘ra gaplar predikativ jamlanish yuzaga kelishi asoslab berildi

Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling