Murakkablashgan sodda gaplar


Download 57.84 Kb.
bet6/8
Sana11.11.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1766265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi

Biri olim - yoqimli, xushfe’l (X.P.).
Ajratilgan qaratuvchi o‘zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlaydi va konkretlashtiradi: Onasi ham bolasining, baxti qora jigargo‘shasining, ko‘zlarida shu zoru mushtoqlik olovini ko‘rdi (M.I.).
Izohlovchilarning ajratilishi inversiya hodisasi bilan bog‘liq: kasb-hunar, amal, unvon kabilarni ifoda qiluvchi izohlovchilar o‘z izohlanmishidan keyin keltiriladi: Denisov - dehqonlar orasida ko‘p yurgan sobiq irrigator -sodda, odamshavanda, lekin talabchan, haqiqatchi edi (O.).
Ajratilgan izohlovchilar ko‘pincha egaga taalluqli bo‘ladi. Ajratilgan izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida ya’ni, masalan, ayniqsa, shu jumladan kabi so‘zlar keladi:
Agar boshlansa to‘y, qishloq mirobi chiqmasin yoddan;
Reja to‘lganda, ya’ni qishloq bazm chog‘ida ( S.Abd. ) .
Ajratilgan to‘ldiruvchi. To‘ldiruvchi o‘zidan oldin kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi, boshqa turdagi ajratilgan bo‘laklar kabi, o‘ziga xos intonatsiyaga ega bo‘ladi. Vositasiz va vositali to‘ldiruvchi ajratiladi. Bunda ular o‘zlaridan oldin kelgan shu tipdagi to‘ldiruvchilarni izohlaydi: Xalq mulkining katta parchasin, yetti yuz gektar oltin tuproqni, necha yillardan beri qamish, sho‘r bosib yotibdi (H.G‘.). Bektemirga, sobiq sodda cho‘ponga, komandirning fikri g‘oyat yoqdi (O.).
Yoyiq holda kelgan ko‘makchili konstruksiyalar bilan ifodalangan to‘ldiruvchilar ajratiladi. qurilma tarkibida imkoniyatlarga qaraganda, tashqari, ko‘ra, ustiga, singari kabi ko‘makchilar keladi: Bu yer, ilm san’at o‘chog‘i bo‘lishidan tashqari, mamlakatdagi eng go‘zal shaharlardan biri edi (O.).
Ajratilgan hollar. Ajratilgan hollar o‘zidan oldin kelgan holning ma’nosini izohlaydi. Ajratilgan holning so‘rog‘i, vazifasi izohlayotgan holning so‘rog‘i va vazifasiga teng bo‘ladi: Ahmedov divanga, Bo‘taboyning yoniga, o‘tirdi (A.Q.).
Ajratilgan hollar -day, -dek affikslari bilan yasalgan ravishlar bilan ifodalanadi va ular o‘xshatish o‘rami shaklida kengayib kelib ajratiladi: Onaxon, hozirgina yugurib kelgan odamday, tez-tez nafas olar edi (Asq.M.).
Ravishdosh bilan ifodalangan hollar o‘zlariga oid so‘zlar bilan kengayib kelib ajratiladi: Oyqiz, ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, hurmat bilan xalqqa ta’zim qildi (Sh.R.)



Gapda ba’zan, gapning bo‘lagi vazifasidagi so‘zlardan tashqari, shunday so‘z yoki so‘z guruhi ham bo‘ladiki, ular shu gapda mazmun jihatdan bog‘lansa ham, grammatik jihatidan bog‘lanmaydi. Bularga undalmalar kiradi.


Gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmagan undalmalarning turli ko‘rinishlari bor. Misollarni chog‘ishtiring: Marhamat azizlarim, mustaqillik to‘yiga.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda tildagi tejamkorlik tamoyili asosida yuzaga keladigan murakkablashuv hodisasi tilning ifoda imkoniyatlari bilan birga uning pragmatik imkoniyatlarini ham ko‘rsatib beradi. Sodda gaplarning murakkablashuvi muhim hodisalardan biri bo‘laganligi bilan tadqiqotchilarning tadqiqot obyektiga aylangan, shunday bo‘lsa-da, ba’zi masalalarga hali oydinlik kiritilmaganligi masalaning muhumligidan dalolat beradi
Ushbu misollardagi azizlarim, qo‘yu qo‘zim so‘zlari grammatik jihatidan gap bo‘laklari bilan bog‘lanmagan.
Undalma dialogik nutqda, monologda, muallif nutqida, murojaat, shior, buyruq, chaqiriq, e’lonlarda ishlatiladi.
Undalmalar bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi.
Ot bilan : O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush!
Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar, biz ham boraylik.
Son bilan: Uchinchilar, oldinga o‘tinglar.
Olmosh bilan: Sen ham qani, bu yoqqa kelchi?
Sifatdosh bilan: O‘qiganlar, sizlarga rahmat.
Undov so‘zlar bilan: Hoy, sizni kutib turibmiz.
So‘z birikmalari turg‘un iboralar bilan: Xayr, ko‘zim qorasi. Hoy qiz tushmagur, nima qilyapsan?
Undalmalar ko‘pincha shaxsning ismi, familiyasi, unvoni, taxallusi, laqabi, kasbi yoki qarindoshlik munosabatlarini bildiruvchi bosh kelishik formasidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: Karim Sobirovich, xonamga kiring. Ol, jiyan, yo‘l yurib kelgansan. Ey Navoiy, umr o‘tar yeldek, o‘zingni shod tut.
Emotsional nutqda undalmalar jonli va jonsiz predmetlarga, mavhum tushunchalarga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan: Iltijo qilurman senga, tabiat meni pok niyatdan ayirma aslo. Ey quyosh, ko‘rsat yuzing.
Sifatdoshning -gur, -kur shaklli otlashgan turi ham undalmani hosil qiladi: Niyatingga yetkur, quloq sol!

Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling