Murakkablashgan sodda gaplar


Download 57.84 Kb.
bet4/8
Sana11.11.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1766265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Murakkablashgan sodda gaplarning ta\'lim bosqichida o\'rganilishi

Uyushiq kesimlar. Uyushiq kesimlar grammatik tomonidan o`zaro teng bo`lib, umumiy egaga erishadilar va ikkinchi darajali bo`laklarni ergashtiradi. Ular ifodalanish materialiga ko`ra ikki xil bo`ladi:

  • Uyushiq fe`l kesimlar: U nortuyaning terisini shilib oldi, go`shtini nimtaladi, tuzladi, qoplarga joyladi (X.G`ulom). Uyushiq fe`l kesimlarning hosil bo`lishida fe`l zamoni muhim rol uynaydi.1 Uyushiq fe`l kesimlar fe`l zamoni shakllarining barchasi bilan ifodalandi. Raximdod qatiq qo`rqdi va birdan chirrillab yubordi (S.Ayniy).

  • Uyushiq ot-kesimlar: Boy – pishiq, mug`ombir odam (Oybek). Uyushiq ot-kesimlarning yetakchi qismi o`z leksik ma`nosini to`liq saqlagan ot, olmosh, harakat nomi, son, sifat bilan ifodalanadi: Bu – ajoyib intilish ijodga ishtiyoq, yangiliklar qidirish! (A.Muxtor). reja yetmish, yo sakson (Oybek).

Uyushiq ikkinchi darajali bo`laklar. Gapning ikkinchi darajali bo`laklari (aniqlovchi, to`ldiruvchi, xollar) uyushib keladi.
Grammatik shakli va vazifasi jihatidan to`ldiruvchi bo`lib, ma`lum vositalar yordamida o`zaro teng aloqaga kirishgan va gapning biror bo`lagiga bog`lanib, asosan bir turdagi so`roqqa javob bo`lgan bir tipdagi bo`laklar uyushgan to`ldiruvchilar sanaladi: Botirali ular uchun, xalq uchun, ozodlik uchun, jonini fido qilganini bilib quyishsin (X.G`ulom).

  • Bir xil ma`no munosabati ifodalovchi bir necha xollar gapning bitta bo`lagiga bog`lanadi hamda teng aloqaga kirishadi, shunday bo`laklar uyushgan xollar sanaladi: Andijonda, Marg`ilonda, Qo`qonda ancha sargardon bo`lib yurdi (M.Ismoiliy).

Odatda bir predmet bir yoki bir necha belgiga ega bo`lishi mumkin. Aniqlovchi va aniqlanmishning o`zaro munosabatida ikki xil sintaktik aloqa bo`lishi mumkin: aniqlovchilar o`zaro teng munosabatlarga kirishadi, aniqlanmaga nisbatan bir xil vazifada, to`g`ridan-to`g`ri aloqada bo`ladi. Shunday munosabatlarga ko`ra aniqlovchilar, uyushgan va uyushmagan bo`ladilar. Bir necha aniqlovchilar ma`lum bir aniqlanmish-otga bog`lanib uyushmay kelishi mumkin. Uyushmagan aniqlovchilar quyidagi xususiyatga ega:
Uyushmagan aniqlovchilar predmetni turli tomondan aniqlab keladi va ularning mazmuni turli guruhlar (rang, shakl, material, vaqt)ga oid aniqlovchilar bo`ladi: Kechagi qor bulutdar tarqalib, osmonning yulduzlari charaqlab turadi (B.Kerboboyev).

  • Uyushmagan aniqlovchilardan biri aniqlovchi so`z birikmasi bevosita bog`lanib, u bilan birga bitta birikma hosil qiladi, boshqasi esa butunlay ana shu so`z birikmasiga taaluqli bo`ladi.1 boshida ko`k afg`oniy shoyi salla (S.Ayniy). Bu gapda “afg`oniy” va “shoyi” so`zlari uyushmagan aniqlovchilar sanaladi, chunki, “ko`k salla”ni aniqlaydi, gapda u bilan bo`lgan munosabatida pauza turlicha ma`no ottenkalarida belgilash

II.BOB. Uyushiq bo`laklar hamda ularni tasniflanishi


2.1. Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari va ko`rinishlari.



Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling