Moliyaviy menejment nazariyasi va amaliyoti muammolari
Download 386.01 Kb.
|
Moliyaviy menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy menejmentning funksiyalari.
- Moliyaviy menejment tizimida korxonalar moliyaviy munosabatlarining tutgan o‘rni va ahamiyati
Moliyaviy menejment nazariyasi va amaliyoti muammolari.Bajardi: Saidov Yo’ldoshReja:1.Moliyaviy menejmentning nazariy va konseptual asoslari.2.Moliyaviy menejmentning funksiyalari.3.Moliyaviy menejment tizimida korxonalar moliyaviy munosabatlariningtutgan o‘rni va ahamiyati4.Xo‘jaIik subyektlarida moliyaviy menejmentni tashkil
1.Moliyaviy menejmentning nazariy va konseptual asoslari.Fanning dastlabki nazariy asoslari XX asrning 30-yillarida paydo bo‘la boshlagan. Xususan, J.Vilyams tomonidan 1938-yilda, «moliyaviy aktivlarning qiymatini baholash» modelini yaratilishi moliyaviy menejment fanining nazariyasini shakllanishiga muhim turtki bo‘lgan. 60-yillarga kelib G.Markovitsa, IJ. Sharp a, J.Mossina kabi olimlar tomonidan, moliyaviy aktivlarning daromadliligini baholash modeli – (Capital Asset Pricing Model CAPM)ning ishlab chiqilishi yuqoridagi nazariyaning keyingi rivojlanish bosqichi bo’ldi. Bundan tashqari ushbu yo‘nalishda ko‘plab iqtisodchi olimlar tomonidan ilmiy izlanmalar amalga oshirilgan, jumladan: «Opsion baho shakllanish nazariyasi» («Option Pricing Theory») Opsionlardan foydalanishni o‘z ichiga olgan investitsion strategiyalar, ko‘plab mashxur olimlar, shu jumladan V.Sharp, R.Merton, F.Blek, M.Shoulz ishlarida ko‘rib chiqilgan.Blek Shoulz modeli optsion baho shakllanish nazariyasida asosiy o‘rinni egallaydi. Stiven Ross tomonidan ishlab chiqilgan «Arbitraj baho shakllanish nazariyasi» («Arbitrage Pricing Theory». ART) tavakkalchilikni oshirmasdan o ‘z portfeli daromadliligini orttirish imkoniyatidan, har bir sarmoyador foydalanishga intilishi g‘oyasiga asoslanadt. Arbitraj portfel yordamida bunday imkoniyat amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy menejmentda arbitraj (arbitrage) deganda bir xil aktivlarga turli baholardan foydalanish yo‘li bilan tavakkalchiliksiz daromad olish tushuniladi. Arbitraj keng tarqalgan investitsion taktika bo‘lib hisoblanadi va bir davrning o‘zida bir xil aktivlami (yoki uning funktsional ekvivalentini) nisbatan yuqori baholarda sotish va nisbatan past narxlarda sotib olishdan iborat Moliyaviy menejmentning funksiyalari.Moliyaviy menejmentning tub mohiyati uning amalga oshirayotgan funksiyalari orqali namoyon boladi. Umuman olganda, moliyaviy menejment amalga oshiradigan funksiyalarm quyidagi ikki asosiy guruhga ajratish mumkin . -boshqaruv subyektining funksiyalari; - maxsus funksiyalar. Boshqaruv subyektiningMoliyaviy menejmentning keyingi guruh funksiyalari uning alohida boshqaruv faoliyati xususiyatlarini tasniflaydi. Uning tarkibi quyidagilardan iborat: - aktivlarni boshqarish; - kapitalni boshqarish; - investitsiyalami boshqarish; - pul oqimlarini boshqarish; - moliyaviy risklarni boshqarish. Moliyaviy menejment tizimida korxonalar moliyaviy munosabatlarining tutgan o‘rni va ahamiyatiIqtisodiy faoliyat yuritayotgan har qanday korxona xo'jalik moliyaviy faoliyatidan qat’iy nazar bir tomonlama faoliyat yuritishi mumkin emas. Korxonalar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish, ishlar bajarish va mahsulotlar sotish jarayonida, bevosita ikkinchi tomon bilan hamkorlikda iqtisodiy munosabatlami yuritish natijasida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi va buning natijasida korxonalaming moliyaviy faoliyati shakllanadi. Korxonalaming moliyaviy faoliyati bevosita moliyaviy munosabatlar tizimi vositasida amalga oshiriladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida turli mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi, korxonalaming tashqi iqtisodiy faoliyatlarini yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi, ularda boshqaruvning zamonaviy tizimini yaratilishi kabi omillar korxonalar moliyaviy munosabatlar tizimi yanada takomillashi hamda ko‘lami kengayishiga olib keldi. Korxonalaming moliyaviy munosabatlariniikki guruxga ajratish mumkin: tashqi moliyaviy munosabatlar va ichki moliyaviy munosabatlar. Download 386.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling