O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “Ma’mun universiteti” ntm


Download 194.03 Kb.
bet1/5
Sana23.06.2023
Hajmi194.03 Kb.
#1652610
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Baxodirov Shaxzod hisoboti


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi



Ma’mun universiteti” ntm





ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakultеti
IQTISОDIYOT” (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA) KAFЕDRASI

Iqtisodiyot 21-4-guruh talabasi Baxodirov Shahzod Sherzod o‘g‘lining




MALAKAVIY (TANISHUV) AMALIYOT

“Ma’mun universiteti” NTM rektori


______ A.A.Xudeybergenov
“____”_____________ 2022 y.


HISOBOTI
Malakaviy (tanishuv) amaliyot obyekti: Xiva shahar tibbiyot birlashmasi


Univеrsitеtdagi rahbar_______________________________________________




Kоrхоnadagi rahbar: ________________________________________________


Hisоbоtni kafеdraga tоpshirilgan kun __________________________________


Hisоbоt himоyaga qo‘yilgan kun_______________________________________


Bahо______________________


XIVA- 2023


Kirish.
1.Xo’jalik subyektining tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo’jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o’rnini o’rganish
2. Xo’jalik subyektining faoliyatini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar bilan tanishish
3. Xo’jalik subyektining bo‘limlari hamda ularning asosiy vazifalari bilan tanishish
4. Amaliyot obyektida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish
Xulosa


KIRISH
Pandemiya va undan keyingi sharoitda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarida bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalarining amaliyot o’tashiga alohida e’tibor qaratilgan. Amaliyot nazariya va amaliyot uyg’unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O’z navbatida, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning asosiy omillaridan biri bo’lib, keyinchalik talabalarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’laydi.
Ushbu amaliyot dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan. Amaliyot dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sitatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Malakaviy amaliyotlar tizimli ravishda o’tkazilishini, shuningdek, ularning amaliy mashg’ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha aniq choralar ko’rish, ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o’rtasida integratsiyani chuqurlashtirish shular jumlasidandir. Tanishuv amaliyotining maqsadi talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish hamda “Biznesda buxgalteriya hisobi” fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Talabalar tomonidan turli mulk shakllaridagi xo’jalik subyektlarining tashkiliy tuzilishini o’rganish, ish faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallashi amaliyotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga amaliyot davrida talabalar xo’jalik subyektlarining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiqdir.


Download 194.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling