O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “Ma’mun universiteti” ntm
Xo’jalik subyektining bo‘limlari hamda ularning asosiy vazifalari bilan tanishish
Download 194.03 Kb.
|
Baxodirov Shaxzod hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Amaliyot obyektida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish
3. Xo’jalik subyektining bo‘limlari hamda ularning asosiy vazifalari bilan tanishish
Tuman tibbiyot birlashmasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq “Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi to‘g‘risida nizom”ga asosan va boshqa qonun xujjatlariga asosan faoliyat olib borishini guvohi bo‘ldim. Shuningdek, xo‘jalik subyektining bo‘limlari hamda ularning vazifalari bilan tanishar ekanman, har bir bo‘limning muhimlik tamoyili, iqtisodiyotning barqarorligida tutgan o‘rni bilan yaqindan tanishib chiqdim. 4. Amaliyot obyektida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish Har qanday sohaning yutuq va muvafaqqiyatlari qatorida kamchiliklari ham bo‘lishi tabiiy jarayondir. Shunday ekan, men amaliyot o‘tagan tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatini amaliyot jarayonida o‘rganib chiqish natijasida faoliyat iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy boshqaruv tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilganligiga guvoh bo‘ldim va shu bilan birgalikda amaliyot obyektida mavjud muammolarni ham imkon darajada o‘rganib olishga musharraf bo‘ldim. Jumladan, amaliyot obyektida faoliyat yurutuvchi xodimlar malakasi faqat kasbiy mahoratlarini oshirish bo‘yicha, rejali va tasdiqlangan dastur doirasida amalga oshirilar ekan. Albatta bu kasbiy mahoratning oshishi, xodimning kasbiy o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Biroq, xodimlarni rejadan tashqari shaxsiy rivoj uchun, jamoaviy intellektni oshirish uchun, jamoaviy ish unumdorligini oshirish uchun navbatdan tashqari shaxsiy malakaviy o‘sish kurslariga, yoki korxona bo‘limlarini alohida alohida jamoaviy jalb etish orqali xodimlarning shaxsiy rivojlanishi, jamoaviy unumdorlikning yanada o‘sishiga va albatta har bir xodimning ruhiy psixologik holati va shaxsiy rivojlaninsh darajasi ish unumdorligini oshirishga va albatta bu orqali xo‘jalik subyektining iqtisodiyotini yanada ko‘tarishga xissa qo‘shadi degan umiddaman va ushbu taklifni faoliyatni yanada samarali tizimlashtirish uchun taklif sifatida kiritaman. Xulosa Men xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, amaliyot jarayonida korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari ko‘magida korxonaning 2023-yil 1-maydan 2023-yil 27-maygacha bo‘lgan davrida yuritilgan va tayyorlangan deyarli 1 oylik buxgalteriya xujjatlarini tayyorlash jarayonlarida bevosita qatnashdim va yetarli bilim va malakaga ega bo‘ldim. Nazariy darslar asosida o‘rgangan bilimlarim natijasida amaliyot jarayonida ham ish faoliyatini o‘zlashtirib olishimga va ko‘nikma hosil qilishimga muammo bo‘lmadi. Amaliyot jarayonida o‘rgangan bilimlarni ish faoliyati, amaliy bilim va ko‘nikmalar zarur bo‘lgan barcha jarayonlarda qo‘llay olaman. Amaliy bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kelajakda men ushbu sohada faoliyat yuritishimda amaliy ko‘mak bo‘lishiga ishonaman. Har qanday holatda ham darslar jarayonida olingan nazariy bilimlar amaliy takomillashuvning negizi ekanligi guvohi bo‘ldim. Amaliyot jarayonida bevosita ishtirok etib o‘rgangan va tayyorlashda ishtirok etgan hujjatlarim ilovada ko‘rsatib o‘tilgan. Download 194.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling