Mustaqil ish mavzu: bilimlarni taqdim etish modellari


Download 21.67 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi21.67 Kb.
#1533102
  1   2   3
Bog'liq
Мустакил иш


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
KIS102-19 guruh

“Sun’iy intellekt” fanidan



MUSTAQIL ISH

Mavzu: BILIMLARNI TAQDIM ETISH MODELLARI



Bajardi: E.Abdullayev

REJA:

Reja:
1. Bilimlarni taqdim etish modellari.
2. Semantik tarmoqlar.
3. Freymli modellar va ularda boshqarish.
4. Mantiq predikatlari yordamida bilimlarni tasvirlash.
5. Mahsuliy(Produksion) tizimlar.
6. Bilimlarni taqdim etishning formal modellari.

Bilimlarni taqdim etishning formal bo’lmagan(semantik, relyasion) modellari.
Ma’lumki, yuqorida ko’rilgan bilimlarni taqdim etishning barcha usullari mahsuliy(produksion) bilan birga formal bo’lmagan modellarga kiradi. Qat’iy matematik nazariyaga asoslangan formal modellardan farqli ravishda, formal bo’lmagan modellar bunday nazariyaga asoslanmaydi. Har bir formal bo’lmagan model faqat aniq bir predmet soha uchun yaroqli bo’ladi va shuning uchun formal modellarga xos bo’lgan universallikka ega emas. SI tizimlaridagi asosiy operasiya - mantiqiy xulosa - formal tizimlarda qat’iy va to’g’ri, chunki qat’iy aksiomatik qoidalarga bo’ysunadi. Formal bo’lmagan tizimlarda xulosa chiqarish ko’p hollarda uni to’g’riligiga javob beradigan tadqiqotchi tomonidan aniqlanadi. Bilimlarni taqdim etishning har bir usuliga bilimlarni tavsiflashning o’ziga xos usuli mos keladi.
2. Semantik tarmoqlar.
Bu turdagi model asosida ilgari semantik to’r deb nomlangan konstruksiya yotadi. To’rli modellarni formal tarzda quyidagi ko’rinishda berish mumkin: H=. Bu yerda I axborot birliklar to’plami; C1, C2, …, Cn - axborot birliklar orasidagi bog’lanish turlari to’plami. G tasvir berilgan bog’lanish turlari to’plamidan I ga kiradigan axborot birliklar orasidagi bog’lanishlarni beradi. Modellarda ishlatiladigan bog’lanishlarning turlariga bog’liq holda sinflashtiruvchi to’rlar, funksional to’rlar va ssenariylar farqlanadi. Sinflashtiruvchi to’rlarda strukturalashtirish munosabati qo’llaniladi. Bunday to’rlar bilimlar bazasida axborot birliklar o’rtasida turli xil iyerarxik munosabatlarni kiritishga imkon beradi.
Funksional to’rlar funksional munosabatlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ularni ko’pincha hisoblovchi modellar deb atashadi, chunki ular bir axborot birliklarni boshqalari orqali «hisoblash» proseduralarini tavsiflashga imkon beradi. Ssenariylarda kauzal munosabatlar, «vosita-natija», «asbob-harakat» va h.k. turdagi munosabatlar ishlatiladi. Agar to’rli modelda turli xil bog’lanishlar ruxsat etilsa, u holda ularni odatda semantik to’rlar deb atashadi.

Download 21.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling