O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “Ma’mun universiteti” ntm


Xo’jalik subyektining tashkiliy tuzilmasi bilan


Download 194.03 Kb.
bet2/5
Sana23.06.2023
Hajmi194.03 Kb.
#1652610
1   2   3   4   5
Bog'liq
Baxodirov Shaxzod hisoboti

1.Xo’jalik subyektining tashkiliy tuzilmasi bilan
tanishish va xo’jalik subyektining iqtisodiyotda
tutgan o’rnini o’rganish

Men, Baxodirov Shahzod Sherzod o‘g‘li buxgalteriya yo‘nalishi 21-4-guruhi talabasi “Ma’mun universiteti” NTM “Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti ” “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) kafedrasi yo‘llanmasiga asosan Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 27-maygacha 4 haftalik malakaviy amaliyotni o‘tash uchun bordim.


Hujjatlarni shu kunning o‘zidayoq rasmiylashtirdim. Xavfsizlik bo‘yicha instruksiyadan o‘tdim.
Amaliyot o‘tash uchun borgan tashkilotimdagi yani, Xiva Shahar tibbiyot birlashmasidagi biriktirilgan amaliyot rahbarining yordami bilan tashkilotning buxgalteriya bo‘limi, u yerdagi ichki intizom va tashkiliy masalalar, korxona faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan qonun xujjatlari va ichki xujjatlar, korxona faoliyatini tashkil etishda zarur bo‘lgan normative huquqiy xujjatlar, ish jarayonlari, bo‘limdagi xodimlarning vazifalar taqsimoti, ichki va tashqi hisobotlarni yuritish hamda boshqa barcha zaruriy hujjatlar bilan tanishib chiqdim.
Amaliyot o‘tash jarayonida ta’lim jarayonida olgan nazariy bilimlarimdan foydalanib, korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari yordamida nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llab ko‘rdim.
«Korxona iqtisodiyoti» - aholi va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo’jalik mexanizmlarini o’rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining obektiv qonunlari namoyon bo’lishi va amal qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy ahvoli va natijaviyligi, ularning pul ishlab topish va kapitalni o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash muhim axborotlar oqimini shakllantirish bilangina hal etilmaydi. Ushbu axborotlar oqimi qayta ishlanishi, real holat aniq baholanishi, uning kelgusidagi kutilishlari oldindan bashorat qilinishi, turli tahlikalar hisobga olinishi talab etiladi. Faqat shu orqaligina samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va yuritish mumkin. Iqtisodiy tahlil etish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarda iqtisodiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, aktivlar va ularning kelgusidagi ko‘payishi, kapitali va uning o‘sishi, majburiyatlarining holati, moliyaviy natijasi va rentabelligi, pul oqimlari va ularning kutilishlari boshqaruvning barcha obyektlari bo‘yicha axborotlarni chuqur qayta ishlash orqali faoliyatni turi va maqsadli yo‘lga qo‘yish imkoni tutiladi.
Iqtisodiyotdni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‘z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‘lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda. Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma‘lumotlarini qiyosiyligini ta‘minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir. Moliyaviy hisobotlar axborot foydalanuvchilarining keng doirasi uchun: - investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar, dividendlarni to‘lash, aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish haqidagi; - kreditlar va foiz to‘lovlari haqidagi; - mol yetkazib beruvchilarga tegishli bo‘lgan summalarning o‘z vaqtida to‘lanishi haqidagi; - uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi; - faoliyat barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi; - resurslarning taqsimlanishi, faoliyatni tartibga solib turilishi, soliqqa tortish, milliy daromadni hamda boshqa statistik ma‘lumotlarni shakllantirish to‘g‘risidagi; - rivojlanish, taraqqiyot va farovonlikka erishish yuzasidan erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta‘minlaydi. Bunday axborotlar xo‘jalik subyekti yoki tadbirkorlik subyektining moliyaviy ahvoli, uning hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining aylanishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni retrospektiv tahlil etishni va prognozlashni, moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta‘sirlar, subyekt faoliyat ko‘rsatadigan muhitdagi o‘zgarishlarga javoban qo‘llaydigan choralari, subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, dividend siyosati; uning faoliyatni moliyalashtirish manbalari va majburiyatlari holatini qamrab olgan kompleks moliyaviy tahlilini amalga oshirishni talab etadi. Iqtisodiy tahlil faoliyatning boshqaruv samaradorligini oshirishga; investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bo‘lg‘usi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi. Iqtisodiy tahlilning eng muhim obyektlariga: subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslari va ularning moliyaviy tuzilmasi; likvidligi; to‘lovga qobiliyati; moliyaviy ahvoli va uning kelgusidagi kutilishlari; moliyaviy natijalari va rentabelligi; pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari; kapital hajmi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati; iqtisodiy nochorlikka yuz tutmasligi, investitsion jozibadorlik; kreditga qodirlik; moliyaviy ahvoli bo‘yicha reyting baholashlar kiradi.
XXI asr – dunyo iqtisodiyotining yangicha shakllanish asridir. Bu dunyo insoniyatni, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayotning o‘zgarishini, iqtisodiy modellar transformatsiyasini, xalqaro munosabatlarni, globallashuv va yangi geoiqtisodiy qurilishini shakllanishini anglatadi. Bugungi iqtisodiyot aybni o‘zgalardan axtaradigan, muammolar yechimiga osongina kelinadigan, hammaning boshini bir xilda silaydigan, istagancha mol-mulkka ega bo‘lishda ilmni, bilimni talab qilmaydigan, o‘zgarish va rivojlanishda cheksiz imkoniyatlarni ochib beruvchi, tahlikalardan holi bo‘lgan iqtisodiyot emasligini tan olish kerak. Zamonaviy iqtisodiyot avvalo chuqur tahliliy yechimlar asosida doimo o‘zini yangilab boruvchi, tartibga soluvchi va turli tahlikalarga ta‘sirchan murakkab tizimga aylanib bormoqda.
Shularni inobatga olgan holda amaliyot olib borgan korxonamni iqtisodiy tahlil qilar ekanman, tashkilotda boshqaruv tizimi, to‘g‘ri va tizimli yondashuv hamda vazifalar taqsimoti va moddiy taqsimot masalarining mukammal darajada yo‘lga qo‘yilganligini guvohi bo‘ldim.


Download 194.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling