Ii bob. Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini kommunikativ yondashuv asosida o’qitish metodikasi
Download 428.86 Kb.
|
Pedagogika kurs ishi QILICHOVA MUQADDAS
Dinamik o‘rganuvchi – (dynamic (left/right brain) learners) serharakat bo‘lib mastaqil kashf qilib o‘rganishni yoqtiradi, o‘ziga ishonadigan, tashabbuskor va bilganlarini boshqalarga ham o‘rgatishni yoqtiradi. Mustaqil ta’lim u uchun foydali bo‘lsada kommunikativ rolli o‘yinlarda tashabbusni o‘z qo‘liga oladi. U yumor hissiga ega va yaxshi suhbatdosh, ziddiyatli munosabatlarda vaziyatni yumshata oladi. U yoqtirgan savol: «Agarda..?»
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish usullarini hisobga olib mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni umumlashtirish mumkin. Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchi o‘z ona tildan biror narsani qo‘lga kiritish (instrumental funksiya), xatti-harakatni boshqarish (regulyativ funksiya), atrofdagilar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish (interaktiv funksiya), shaxsiy his-tuyg‘ular va ma’nolarni ifodalash (personal funksiya), o‘rganish va kashf qilish (evristik funksiya), o‘z tasavvuridagi olamni yaratish (tasavvur funksiya), axborot almashish (kommunikativ funksiya) maqsadlarida foydalanadi. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishga o‘quvchilarga ingliz tilidan aynan shu maqsadlarda foydalanishni o‘rgatish lozimligi tavsiya etiladi. Ingliz tili o‘rganishda stress (ruhiy zo‘riqish)dan xoli vaziyatlarning ahamiyati muhimdir. Stress qancha past bo‘lsa, o‘rganish samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. O‘rganuvchilarning o‘zlariga xos shaxsiy o‘rganish usullaridan kelib chiqadigan kuchli va kuchsiz jihatlari inobatga olish maqsadga muvofiq. Suningdek, – o‘quvchining o‘rganilayotgan tildan foydalanib eng sodda usulda kommunikatsiya qilish fazilatini shakllantirishdir; – interaksiya va kommunikatsiyaning sodir bo‘lishini ta’minlovchi mashqlarga ustuvor ahamiyat qaratish; – nutq vaziyatini qo‘llash tamoyiliga muvofiq turli ijtimoiy vaziyatlarda o‘rganilayotgan tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishni o‘rgatish maqsadida mashg‘ulotlarda harakatli, syujetli, rolli, dramatik, imitatsion (taqlid), muloqotga yo‘naltirilgan, proektli va didaktik o‘yinlarni tashkil etish; – dialoglarga yod olinishi zarur bo‘lgan til materiali sifatida emas, balki kommunikativ maqsadlarda murojaat etish; – mazmunga ustuvor ahamiyat berish; – til materialini real nutq vaziyatlaridagi kontekstlarda taqdim etish; – takrorlash (driling) mashqlariga vaqt ajratish; – o‘rganuvchilarning yoshi, qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda har qanday texnik vositalardan foydalanish; – dastlabki mashg‘ulotlardan kommunikatsiya va interaksiya sodir bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish; – maqbul vaziyatlarda ona tilidan va agar o‘quvchiga foydali deb hisoblansa, tarjimadan foydalanishni taqiqlamaslik; – ingliz tili lingvistik sistemasini kommunikatsiya qilishga intilish natijasida o‘zlashtirish; – izchillik va uzviylikni qiziqishni so‘ndirmaslik maqsadiga yo‘naltirish; – har qanday usulda o‘quvchi motivatsiyasi (ichki turtkisi)ni oshirish; – tilni individual shaxs tomonidan tajribada sinab ko‘rish va xatolar asosida kreativ nutqiy hosilalar yaratilishiga izn berish; – o‘quvchilarga o‘zaro va notanish insonlar bilan har qanday nutq vaziyatida (yakka nutq, juft nutq, bahs-munozara) va tarzida (masofaviy, yuzma-yuz, og‘zaki, yozma) interaksiyaga kirishishni o‘rgatish; – ichki motivatsiyani til orqali sodir bo‘layotgan kommunikatsiya ob’ektiga qiziqtirish natijasida vujudga keltirish, kabi tavsiyalarga amal qilinishi ingliz til o‘rganish va o‘rgatishda sifat va samaradorlikni ta’minlashi mumkin. Download 428.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling