Ii-bob. Grammatik shakllari va ularning turlari
Download 75.71 Kb.
|
GRAMMATIK SHAKLLARNING KO‘CHMA MA’NODA QO‘LLANISHLARI1111
MAVZU: GRAMMATIK SHAKLLARNING KO‘CHMA MA’NODA QO‘LLANISHLARI REJA: KIRISH I-BOB. GRAMMATIKA VA UNING TARKIY QISMLARI, SHAKLLARI, KATEGORIYALARI 1.1. Grammatika va uning tarkibiy qismlari. 1.2. Grammatik kategoriyalar va ularning ifodalanish usullari. II-BOB. GRAMMATIK SHAKLLARI VA ULARNING TURLARI 2.1. Grammatik shakllarning turlari va grammatik kategoriyalar munosobati. 2.2. Grammatik ma’no va grammatik shakllar munosabati 2.3. Grammatik shakllarning ko‘chma ma’noda qo‘llanishlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta’lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma’naviy-ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan. Darhaqiqat, mustaqillik davrida yoshlar tarbiyasi uchun ularning qobiliyat va ist’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 1997- yil 29- avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da yoshlarni jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yuksak, aqliy jihatdan barkamol, ruhiy jihatdan qobiliyatli, zamonaviy ilm va kasb – hunarni mukammal egallagan, o’zining shaxsiy fikriga ega, vatanparvar, insonparvar va mehnatsevar shaxs qilib tarbiyalash ko’zda tutilgan. Hozirda ta’lim tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayaninsh tobora qaror topib bormoqda va ko’ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakllantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo’lib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi— o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.1 Hamda ushbu maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalarning bajarilishi shart qilib qo‘yilgan. Davlat ta’lim standartida belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kun o‘qituvchisi yangiliklardan xabardor bo‘lishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida unumli foydalanishi talab etiladi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash uchun bizda yetarlicha asos bor. Buni respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev 2016-yil 14- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “... bizning eng katta boyligimiz – bu xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir”2 - deb ta’kidladi. Tasdiqlangan standartda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetentsiyani rivojlantirish, o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetentsiyalarni shakllantirishdan iboratligi belgilab qo‘yilgan. Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishida ma’lum bir vaqt talab etiladi. O’zbek tiliga O’zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi. 1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. Bu vaqt oralig’ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib, rivojlanishi uchun qator Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko’zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog’liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlash, o’zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi. Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda. Shunday qilib bugungi kunda O‘zbek tili va uning qadri oshayotgan bir kunda uni o‘rganish g‘oyat muhim. I-BOB. GRAMMATIKA VA UNING TARKIY QISMLARI, SHAKLLARI, KATEGORIYALARI 1.1. Grammatika va uning tarkibiy qismlari. Download 75.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling