Ii-bob. Harbiy faoliyat va ma’naviyat uyg‘unlashuvi: milliy tendensiyalarning falsafiy-axloqiy tahlili


Download 77.32 Kb.
bet9/10
Sana09.06.2023
Hajmi77.32 Kb.
#1475637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
U. Ibragimov (Dissertatsiya)

2.3. Bob yuzasidan xulosalar.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi keng va ko‘p qirraliligi uchun tarbiyaning mustaqil yo‘nalishi sifatida ajratishni talab qiladi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga obʼektiv va subʼektiv shart-sharoitlar yig‘indisi taʼsir etadi. Obʼektiv shart-sharoitlarni, eng avvalo, iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy masalalar, subʼektiv sharoitlarni davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, shaxsning ichki kechinmalari, dunyoqarashi, tafakkur uslubi tashkil etadi.


Bugungi yosh avlod istiqlol bergan imkoniyatlardan aniq maqsadlarda foydalanishi, o‘z orzu-intilishlarini shu aziz Vatan ozodligi va obodligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg‘ulari bilan hamohang tasavvur qilishi, o‘z taqdirini shu Vatan taqdiri bilan bog‘liq ko‘rishishlariga erishish lozim. Barkamol avlodda ana shunday his tuyg‘ularni shakllantirishning obʼektiv shart-sharoitlari to‘g‘risida yanada chuqurroq o‘ylab ko‘rish lozim. Bunda har bir fuqaroning, ayniqsa yoshlarning individual imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ish yuritish mamlkatimizda olib borilayotgan tom maʼnodagi yangilanish va taraqqiyotga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish, ularni bu jarayonning to‘la ishtirokchisiga aylantirish borasidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Vatanimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni, uning tarixini, boy merosimizni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tub mohiyatini, Respublikamizning imkoniyatlarini anglamagan hamda porloq istiqbolga erishish yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatmagan yoshlar haqiqiy vatanparvar bo‘la olmaydilar.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, fuqarolar ongiga qisqa vaqtda taʼsir ko‘rsatish emas, balki shaxs shakllanishining murakkab jarayonidir. Bu jarayon aholining barcha ijtimoiy va yosh guruhlarini qamrab oladi. Unda turli ijtimoiy va siyosiy institutlar ishtirok etadi. Vatan himoyasiga doimiy tayyorgarlik butun turmush tarzi, fuqarolarni tarbiyalash tizimi orqali shakllanadi. Yoshlarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy odob-axloqimiz, milliy madaniyatimizga sodiqlik kabi insoniy fazilatlarni hosil qilmasdan turib harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini ham shakllantirib bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, bugun mustaqillik taraqqiyotining tarixiy rivojlanish yo‘liga vijdonan bir nazar tashlasak, shu ezgu maqsadni ro‘yobga chiqarish, sog‘lom va barkamol, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun juda keng ko‘lamli va ulug‘vor ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘lamiz. Bugungi kunda demokratik-mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yoshlari jahon maydonlarida javlon urib, nufuzli anjuman va chempionatlarida, keskin kurashlarda tengsiz, g‘alabaga erishib,ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislar ekanini qayta-qayta namoyon etmoqdalar. Аzamat barkamol avlodimizning niyatlari pok,maqsadlari ulug‘ va oliyjanob. Ular o‘z iqtidorlari bilan Ona-yurtimizni ulug‘lashga, Vatanimizning qudratini, shon-shavkatini yuksak cho‘qqilarga ko‘tarishga harakat qilmoqdalar. Zero, hamisha yaxshilikdan yaxshilik, buyuklikdan-buyuklik tug‘ilib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi.
Haqiqiy vatanparvar inson jahon madaniyati, ilm-fani, zamonaviy texnika va texnologiya, tarixiy saboq va tajribalaridan, iqtisodiy imkoniyatlaridan ijodiy foydalanib, Vatanining ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shmogʼi kerak. Bunday fazilat va tuyg‘ularni faqat yoshlarda emas, balki mamlakatimizning har bir fuqarosida shakllantirish kerak. Jamiyatimizning asosiy maqsadi ham Vatanga, xalqiga, millatiga fidokor mustaqil fikrlaydigan, har bir masalani ongli ravishda masʼuliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchan maʼnaviyatli barkamol farzandlar o‘stirish, ularni jismoniy ham maʼnaviy-axloqiy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash va bilimli, maʼrifatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iborat. Demak, ana shunday iqtidorli talabalar, maʼnaviyatli yoshlargina yurtimizning tayanchi bo‘lishi va porloq kelajagini yaratishini mumkin. O‘sib kelayotgan yosh avlodning Vatan va uning kelajagi haqidagi o‘y-fikrlari, Harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini sezishlari eng avvalo o‘z manfaatlarini Vatan manfaatlari bilan bog‘lay olishlarida, o‘z Vatandoshlarini qadr qimmatini bilishlari va shu yo‘lda mehnatlarini ayamay Vatan taraqqiyoti uchun faollik ko‘rsatishlarida ko‘rish mumkin. O‘z Vatani, o‘z xalqi tarixidan, madaniy merosi, milliy urf-odatlari, anʼanalari, udumlaridan haqli ravishda faxrlanish har bir millatga xos xislatdir.
Millatning, xalqning kuch-qudrati uning soni bilan o‘lchanmaydi, balki siyosiy yetukligi, milliy ongining o‘sganligi, o‘z-o‘zini anglab yetganligi, milliy uyushganligi bilan belgilanadi. Milliy g‘ururi, eʼtiqodi kuchli bo‘lgan millat vakili o‘zining maʼnaviy qiyofasi bilangina emas, balki, madaniy ehtiyoji nuqtai nazaridan boshqa millat vakillaridan ajralib turadi.
Harbiy islohotlar harbiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan harbiy vatanparvarlik tarbiyasini ham qamrab oladi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar ixcham, professional, Vatan mudofaasiga doimo shay turadigan armiyani shakllantirishga qaratilgan. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, birinchidan, maxsus harbiy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash, ikkinchidan, oliy o‘quv yurtlarida, mehnat jamoalari, turli ijtimoiy-siyosiy institutlar orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda yoshlar qatlami jamiyatning kelajagi uchun asos va ayni paytda Vatan himoyasi va taraqqiyoti uchun yuksak maʼnaviy masʼul kuchga aylanib bormoqda. Ularning ilg‘or tashabbuslari tufayli jamiyat rivojlanadi, inetellekti orqali Vatan ravnaq topadi. Bu jarayonda harbiy vatanparvarlik tuyg‘usining zaruriyati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham davlatimiz harbiy soha vakillariga alohida eʼtibor bilan qaramoqda.
Zero, harbiylik kasbiga sidqidildan eʼtiqodli munosabatgina ishonchli mudofaani taʼminlashi mumkin. Harbiy vataparvarlik tarbiyasida milliy g‘oya va axloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Chunki g‘oyaviy tarbiya, yoshlar ongi, dunyoqarashini shakllantirish orqaligina ularni Vatan himoyasiga doim tayyor turuvchi shaxslar sifatida shakllantirish mumkin.

Download 77.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling