Ii bob. Infeksion kasalliklar tasnifi va epidimiologiyasi


Odam organizmning immunitet xususiyatini mustah-kamlashga yo`naltirilgan tadbirlar


Download 163.09 Kb.
bet17/19
Sana17.06.2023
Hajmi163.09 Kb.
#1519996
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
SURUNKALI VA INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI

Odam organizmning immunitet xususiyatini mustah-kamlashga yo`naltirilgan tadbirlar.
Yuqoridan bayon etilgandek, biror yuqumli kasallik bilan xastalanib tuzalish natijasida shu kasallikni qo`zg`atuvchi mikroor-ganizmga qarshi organizmda spetsifik tabiiy faol immunitet paydo bo`ladi. Sog` bolalar va odamlarni vaksinatsiya qilish yo’li bilan ularda ba’zi kasalliklar, aniqrog’i hamma odamlarda 8 ta yuqumli kasallikka qarshi spetsifik sun`iy immunitetni hosil qilinadi. Sog` odam, ya`ni donorni vaksinatsiya qilish natijasida uning orga-nizmida sun`iy immunitet hosil qilinadi. Bu odamning qon plaz-masini yoki qonidan tayyorlangan gammaglobulinni davolash maq-sadida bemorga yuborish natijasida uning organizmida vaqtincha foyda beradigan passiv (nofaol) immunitet hosil qilinadi.
Bulardan tashqari odam organizmi immunitet xususiyatini, umuman tashqi muhitning hamma noqulay ta`sirlariga qarshi o`z-o`zini himoya qilish xususiyatini (chidamliligini) mustahkamlashga gigiyena qoida va talablariga asoslangan quyidagi tadbirlar asosida erishish mumkin;
- har bir odam o`zida sog`lom turmush tarzini shakllantirishi;
- gigiyena qoidalariga asoslangan kun tartibiga rioya qilish;
- oqilona ovqatlanish;
- jismoniy va aqliy mehnatni organizmning imkoniyatlarini hisobga olgan holda me`yorida bajarish;
- organizmni chiniqtirish;
- jismoniy tarbiya mashg`ulotlari bilan muntazam shug`ul-lanish;
- zararli odatlar (tamaki chekish, nos otish, giyohvandlik)ga berilmaslik;
- yuqumli kasalliklarning yuqish yo`llari, himoyalanish qoidalarini bilish va ularga amal qilish;
Kundalik ijtimoiy hayotda yuqorida bayon qilingan gigiyenik qoida va talablarga amal qilish, sanitariya madaniyatiga ega bo`lish kabilar odam organizmining kuch-quvatini, chidamliligini oshirib, nospetsifik immunitet xususiyatini mustahkamlaydi. Uning yuqumli va yuqumli bo`lmagan turli xil kasalliklardan o`zini-o`zi himoya qilishiga imkon yaratadi.


XULOSA
Sanitariya epidemiologiya markazi.
Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida sanitariya-epidemiologiya markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Ularda gigiyena, sanitariya, epidemiologiya bo‘limlari va laboratoriyalari mavjud. Ular gigiyena, sanitariya, epidemiologiya tadbirlarini ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi. Bu muassasa mazkur hududda yuqumli kasalliklarning paydo bo`lish sabablarini aniqlab, ularning tarqalishiga qarshi chora ko`radi. Shuningdek, yuqorida bayon etilgan endemiya, epidemiya jarayonlari yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va sog`liqni saqlash tizimi faoliyatiga tadbiq etadi.

Download 163.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling