Ii bob. Infeksion kasalliklar tasnifi va epidimiologiyasi
Download 163.09 Kb.
|
SURUNKALI VA INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA.................................................................................................30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................33
- Mavzuning dolzarbligi
- Kurs ishining maqsadi.
- Kurs ishining obekti.
SURUNKALI VA INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI MUNDARIJA: KIRISH...........................................................................................................2 II BOB. INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI 1.1.Aholi o`rtasida yuqumli kеlib chiqishi......................................................4 1.2.Epidеmiologik vaziyatlar..........................................................................6. ii bob. SURUNKALI va yuqumli KASALLIKLARni DAVOLASH2.1.Yuqumli kasalliklarni bartaraf etish va epidеmiya avj olib kеtishini tugatish choralari...................................................................................................16 2.2.Endemiya. Epidemiya. Pandemiya.....................................................26. XULOSA.................................................................................................30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................33 KIRISH Epidemiologiya (epidemiya va ...logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infeksion kasalliklarni kelib chiqish sabablari, tarqalishini oʻrganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadi. E. biol., mikrobiologiya, virusologiya, genetika, biokimyo, fizika va boshqalar fanlar bilan chambarchas bogʻliq. Umumiy va xususiy E. farqlanadi. Umumiy E. yuqumli kasalliklar tasnifining evolyutsion asoslari, epidemik jarayon, E.ning kategoriya va qonuniyatlarini oʻrganadi; xususiy E. har bir yuqumli kasallikning oʻziga xos tarixi, qoʻzgʻatuvchisi, epidemiologiyasi, infeksiya manbai, yuqish yoʻllari va vositalari, unga qarshi kurash va oldini olish usullarini oʻrganadi. E. tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda diniy va falsafiy masalalar bilan birga tibbiyotga, xususan, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga va ularning oldini olishga oid fikrlar bitilgan. Mavzuning dolzarbligi. Ayrim kasalliklarning hayvonlardan yuqishi, shuningdek, bemor bilan muloqotda boʻlganda kasallik yuqishi mumkinligi va uning qoʻzgʻatuvchisi organizmga turli yoʻllar — ogʻiz, burun va jinsiy aʼzolar orqali kirishi oʻsha davrdayoq maʼlum boʻlgan. Yuqumli kasalliklarni ilmiy jihatdan asoslashga urinishlar Gippokrat, oʻrta asrlarda Roziy, ibn Sino va boshqalarning asarlarida oʻz ifodasini topgan. Abu Ali ibn Sino oʻzining "Tib qonunlari" asarida kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar, ularni qoʻzgʻatuvchi omillar, kasallik alomatlari va ularning oldini olish haqida fikrlar bildirgan. Unda bir qancha xavfli yuqumli kasalliklar (vabo, oʻlat, chin chechak, sil va boshqalar)ning koʻzga koʻrinmas qoʻzgʻatuvchilari va ularning mexanizmi, shuningdek, yuqumli kasalliklarning vujudga kelishida ifloslangan suv, havo kabi tashqi omillar muhim rol oʻynashi haqida maʼlumotlar keltirilgan. ArRoziy chin chechak, koʻkyoʻtal kasalliklarini taʼriflab bergan. U oʻz asarlarida birinchilardan boʻlib chin chechak kasalligining oldini olish uchun sogʻlom kishilarni bemorlarning chechak (pustula) pufakchasidan olingan suyuklik bilan emlash toʻgʻrisida fikr yuritgan. Kurs ishining maqsadi. 17-asrga kelib ingliz vrachi E.D.Jenner chechak kasalligini davolash uchun chechakka qarshi emlash usulini taklif etdi. Fransuz olimi L. Paster, nemis olimi R. Aoxning yuqumli kasalliklar kelib chiqishida oʻziga xos qoʻzgʻatuvchi — mikroblarnnt rolini isbotlab bergan kashfiyotlari, immunitet haqidagi taʼlimotga ilmiy asos solgan. I.I. Mechnikov va shogirdlarining tadqiqotlari, ilk bor filtrlanuvchi viruslarni tavsiflab bergan D. I.Ivanovskiyning ishlari E.da katta ahamiyatga ega boʻldi. Tibbiyot va sogʻliqni saqlash ishining keyingi taraqqiyoti natijasida E. fani va amaliyotida muhim yutuqlarga erishildi. Koʻp mamlakatlarda, jumladan, Uzbekistonda yirik epidemiolog olimlar rahbarligida sanitariyaepidemiologiya xitchati tashkil etildi. Kurs ishining ob'ekti. Tibbiyot xodimlari ,aholi va kasakxonadagi davolanayotgan bemorlar. Download 163.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling