Ii bob. Infeksion kasalliklar tasnifi va epidimiologiyasi


Download 163.09 Kb.
bet7/19
Sana17.06.2023
Hajmi163.09 Kb.
#1519996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
SURUNKALI VA INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI

Epizootik vaziyatlar. Hayvonlar yuqumli kasalliklarining tarqalishi epizootiya, panzootiya va enzootiya shaklida yuz beradi.
Epizootiya – aniq bir hududda yoki ko’p turdagi qishloq hayvonlari o’rtasida kasallikning ushbu hududda qayd qilinadigan darajasidan anchagina katta bo’lgan darajada vaqt va fazoda bir vaqtda rivojlanadigan yuqumli kasallikning tarqalishi. Panzootiya – qishloq xo’jaligi hayvonlari yuqumli kasalligining katta hududdda butun bir mintaqa, bir necha mamlakat va materiklarni qamrab olgan holda bir vaqtda ommaviy tarqalishi.
Enzootiya – tabiiy va xo’jalik sharoitlari kasallikning hamma yoqqa tarqalishiga yo’l qo’ymaydigan aniq bir joy, xo’jalik yoki aholi yashash joylarida q/x hayvonlari o’rtasida bir vaqtda tarqalishi.
Hayvonlarning yuqumli kasalliklari 5 guruhga bo’linadi:
1.Alimentar infeksiyalar. Tuproq, yem, suv orqali o’tadi. Ovqat hazm qilish zararlanadi. Bunday infeksiyalarga kuydirgi, oqsim, brutsellez kiradi.
2.Respirator infeksiyalar. Nafas olish yo’llari shilliq pardalari va o’pkaning zararlanishi. Infeksiya , asosan, xavo-tomchi yo’li bilan yuqadi. Ushbu kasalliklarga paragripp, ekzotik zotiljam, qo’y va echki chechagi, go’shtxo’r hayvonlar vabosi kiradi.
3.Transmissiv infeksiyalar. Qon so’ruvchi bo’g’imoyoqlar yordamida o’tadi. Qo’zg’atuvchilarindoimo yoki alohida davrlarda qonda bo’ladi. Bu kasalliklarga entsefalomielit, tulyaremiya, щедфктштп yuqumli anemiyasi taalluqlidir.
4.Qo’zg’atuvchilari teri orqali vositachilar ishtirokisiz o’tadigan infeksiyalar. Qoqshol, quturish, sigir chechagiushbu kasalliklar sirasiga kiradi.
5.Aniqlanmagan yo’l bilan zararlaydigan infeksiyalar. O’ta xavfli kasalliklar epizootiyasining shakllanish manbalari sel oqimlari, suv toshqinlari, davlat veterinariya xizmati bilan kelishmay turib yer ishlarini olib boorish, chetdan olib kiriladigan hayvonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, yem va boshqa vositalar, chetdan uchib keluvchi yovvoyi parrandalar to’planadigan joylar, o’ta xavfli kasalliklar o’choqlari mavjud joylarda kemiruvchilar va hasharotlar sonining ortishi va biologik terrorizm bo’lishi mumkin.

Download 163.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling