Ii bob. Infeksion kasalliklar tasnifi va epidimiologiyasi


Download 163.09 Kb.
bet4/19
Sana17.06.2023
Hajmi163.09 Kb.
#1519996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
SURUNKALI VA INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI

1.2.Epidеmiologik vaziyatlar. 
Bu odamlarda uchraydigan o’ta xavfli yuqumli kasalliklar (o’lat, vabo, sarg’ayma isitma va boshq.), zoonos infеktsiyalar (sibir yarasi, qutirish va boshq.), virusli infеktsiyalar (OITS va aniqlanmagan etiologiya kasalliklari) tarqalishi hisoblanadi.
Toun (o’lat) – kuchli umumiy intoksikatsiya, limfa tugunlari, o‘pka va boshqa organlarning spetsifik jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Kasallik og‘ir kechishi, o‘lim hollari ko‘p uchraydi, keng tarqalishga moyilligi tufayli toun o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiradi. Bu kasallikni toun tayoqchasi qo‘zg‘atadi. U tuxum shaklini eslatadi. Bo‘yalganda qutblari yaxshi bo‘yaladi. Tashqi muhitda uzoq saqlanadi, past harorat va muzlatishga chidamli.
Epidemiologiyasi. Tabiatda yovvoyi kemiruvchilar: yumronqoziq, sug‘ur, sichqonlar, port shaharlarida kalamushlar infeksiya manbai hisoblanadi. Odamga kasallik aloqa yo‘li bilan yoki burga vositasida kemiruvchilardan yuqadi. Bemor odamdan sog‘lom odamga bubondan ajralgan yiring vositasida yoki nafas yo‘llari orqali (o‘pka tounida) yuqadi. Odamda toun kasalligi qayd qilinganda, darhol sog‘liqni saqlash organlariga ma’lum qilinadi. Bitta odam kasallansa ham karantin joriy etiladi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 10 kungacha, o‘rta hisobda 3-6 kun. Kasallikning bubonli, o‘pka va septik turlari ma’lum. Keyingi ikki formasi birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi va undan°mumkin. Hamma turlarida kasallik to‘satdan gavda haroratining 38-39 yuqori ko‘tarilishi, qattiq titrash, bosh og‘rishi, alahlash, qusish bilan boshlanadi. Tounning bubonli turida limfa tugunlari kattalashib, bubon hosil qiladi. Keyinroq chov bezlarining buboni kuzatiladi. Bubon 4-5 kundan so‘ng yumshab teshiladi va yiring ajralib turadi. Tounning o‘pka formasi juda og‘ir kechadi. U qattiq gacha) bo‘lishi,°yo‘tal, ko‘krakdagi og‘riq, gavda haroratining juda yuqori (41 balg‘am ajralishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning septik turi organizmning kuchli umumiy intoksikatsiyasi bilan namoyon bo‘ladigan juda og‘ir formasidir. Bemor alahlaydi, harorati juda yuqori bo‘ladi, nafasi qisadi, rangi ko‘karib ketadi, pulsi ipsimon bo‘ladi. Teri va shiliq qavatlarga qon quyiladi. Qon qusish, ichakdan qon ketishi, qon aralash siydik ajralishi kuzatiladi.

Download 163.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling